A. Y. Pentin Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholash Tabiiy yo‘nalishdagi fan



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/53
Sana20.07.2022
Hajmi10,95 Mb.
#828632
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
“Xalqaro-tadqiqotlarda-o‘quvchilarning-tabiiy-fanlar-bo‘yicha-savodxonligini-baholash”-nomli-metodik-qo‘llanma

Mazkur savol o‘quvchilarning ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish 
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.
4-savol
Quyidagi ma’lumotlarga qanchalik darajada qiziqasiz?
Har bir qatorda faqat bitta katakchani belgilang.
Juda 
qiziq
Qiziq
Unchalik 
qiziq 
emas
Qiziq 
emas
a)
Avtomobil yoqilg‘ilari ulardan hosil 
bo‘la 
digan toksik tutunlar miqdoriga 
ko‘ra qanday farq qilishini bilish
1
2
3
4
b) Katalitik konverter ichida nima sodir 
bo‘lishi haqida ko‘proq bilish
1
2
3
4
c)
Toksik chiqindi gazlarni ajratib chiqar-
maydigan transport vositalari haqida 
bilish
1
2
3
4
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning tabiiy fanlarga bo‘lgan munosabati, ya’ni fanga
qiziqishini aniqlashga qaratilgan.
T
amaki sigaret, sigar va va chekish naychalari ko‘rinishida chekiladi. Tadqiqotlar-
dan ko‘rinadiki, butun dunyoda har kuni 13 500 ga yaqin odam tamaki chekish 
bilan bog‘liq kasalliklardan o‘ladi. 2020-yilga kelib, dunyodagi barcha o‘limlar-
ning 12 % iga tamaki chekish bilan bog‘liq kasalliklar sabab bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Tamaki tutuni tarkibiga ko‘plab zararli moddalar kiradi. Eng ko‘p zarar yetkazadigan 
moddalar: smola, nikotin va uglerod monoksidi. 
2.26.
TAMAKI CHEKISH


– 108 –
1-savol
Tamaki tutuni o‘pkalarga yutiladi. Tutundagi 
smola o‘pkalarga yig‘iladi va bu o‘pkalarning nor-
mal faoliyatiga to‘sqinlik qiladi. Quyidagilarning 
qaysi biri o‘pkalarning funksiyasidir?
A Kislorodga to‘yingan qonni tanangizning barcha qismlariga yetkazib 
berish
B Siz nafas olayotgan kislorodning bir qismini qoningizga o‘tkazib berish
C Karbonat angidrid miqdori nolga tushgunga qadar qoningizni tozalash
D Karbonat angidrid molekulalarini kislorod molekulalariga aylantirish
 
Baholash mezoni
Mazkur savolga javob berish uchun o‘quvchilar nafas olish a’zosi o‘pkaning funksiyasiga 
oid bilimlarni yodga olishlari kerak. Agar o‘quvchilar “B Siz nafas olayotgan kislorodning 
bir qismini qoningizga o‘tkazib berish” javob variantini tanlashsa, javob to‘liq qabul qilinadi 
(1 ball). Javob yo‘q yoki boshqa javoblar bo‘lsa, qabul qilinmaydi (0 ball). 
 
Mazkur savol o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasini 
baholashga qaratilgan. 
2-savol
Tamaki chekish o‘pka saratoni va ba’zi bir boshqa kasalliklarga chalinish 
ehtimolligini oshiradi. 
Tamaki chekkanda quyidagi kasalliklarga chalinish ehtimolligi ortadimi? 
Har bir qatorda “Ha” yoki “Yo‘q”ni aylanaga oling.
Tamaki chekkanda quyidagi kasalliklarga 
chalinish ehtimolligi ortadimi?
Ha yoki Yo‘q?
Bronxit
Ha / Yo‘q
OITV yoki OITS
Ha / Yo‘q
Suvchechak
Ha / Yo‘q
 
Baholash mezoni
Agar quyidagi ketma-ketlikda uchta to‘g‘ri javob belgilansa, javob to‘liq qabul qilinadi 
(1 ball): Ha, Yo‘q, Yo‘q. Javob yo‘q yoki boshqa javoblar qabul qilinmaydi (0 ball). 
Mazkur savol o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasini 
baholashga qaratilgan. 


– 109 –
3-savol
Ba’zi odamlar chekishni tashlashga o‘ziga yordam berishi uchun nikotinli 
plastirlardan foydalanishadi. Plastir teriga yopishtiriladi va qonga nikotin ajralib 
chiqadi. Odamlar chekishni to‘xtatganlarida yuzaga keladigan kuchli xohishni 
so‘ndirish va simptomlarni yo‘qotishga yordam beradi. 
Nikotinli plastirlarning samaradorligini o‘rganish maqsadida tasodifiy tanlash yo‘li bi-
lan chekishni tashlashni xohlovchilardan 100 kishilik guruh shakllantirildi. Ushbu guruh 
olti oy davomida tadqiq etildi. Nikotinli plastirlarning samaradorligi guruhdagi necha nafar 
odam tadqiqot oxiriga qadar chekishni qaytadan boshlamaganliklari bilan aniqlandi. 
Quiydagilarining qaysi biri 
eng yaxshi
tajriba rejasidir?
A Guruhdagi barcha odamlar plastirlardan foydalanishadi.
B Hamma plastirlardan foydalanadi, faqat bitta odam undan foydalanmasdan turib, 
chekishni tashlashga harakat qiladi.
C Chekishni tashlashga yordam berishi uchun plastirlardan foydalanish yoki 
foydalanmaslikni odamlarning o‘zlari tanlashadi.
D Tasodifiy yo‘l bilan tanlanganlarning yarmi plastirlardan foydalanishadi va qolgan 
yarmi esa ulardan foydalanishmaydi.
Baholash mezoni
Agar “D Tasodifiy yo‘l bilan tanlanganlarning yarmi plastirlardan foydalanishadi va 
qolgan yarmi ulardan foydalanishmaydi” degan javob tanlangan bo‘lsa, javob to‘liq qabul 
qilinadi (1 ball). Javob yo‘q yoki boshqa javoblar qabul qilinmaydi (0 ball). 

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish