– 8 –
ba’zi savollarga berilgan javoblar 1 ball, ba’zilari esa 2
ball ball
bilan baholanadi. Baholash mezonlarida javoblarga ball qo‘yilishi,
har bir savolning javobi, mazkur savol orqali o‘quvchining qaysi
kompetensiyasi baholanishi, topshiriqni bajarish yuzasidan metodik
tavsiyalar berilgan.
Qo‘llanmada keltirilgan PISA topshiriqlari namunalaridan dars
mavzusini mustahkamlash, takrorlashda hamda darsdan tashqari to‘garak
va fakultativ mashg‘ulotlarda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ta’kidlash
lozimki, PISA dasturining o‘ziga
xosligi shundaki, u hech bir ishtirokchi
mamlakat o‘quv dasturlarini takrorlamaydi, shu sababli PISA topshiriqlarini
aynan bitta sinf va bitta mavzuga bog‘lash mushkul: bitta topshiriqning bir savoli
qaysidir sinfning qaysidir mavzusiga tegishli bo‘lsa, ikkinchi savoli boshqa sinfning
qaysidir mavzusiga tegishli yoki ko‘p
hollarda, integratsiyalashgan bo‘lishi mumkin.
Shundan kelib chiqib, o‘qituvchilar PISA topshiriqlarining har bir savolini tegishli
mavzuga bog‘lashlari tavsiya etiladi.
PISA tadqiqotlarining ochiq topshiriqlarini atroflicha o‘rganish, shu topshiriqlarga
o‘xshash yoki ularni bajarishga yordam beradigan topshiriqlarni ishlab chiqishga qiziqqan
o‘qituvchilar uchun mazkur qo‘llanma munosib manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuni e’tiborga
olish kerakki, PISA topshiriqlari tajribali xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan
bo‘lib, unga o‘xshash topshiriqlarni tuzish uchun tizimli va maxsus bilim talab etiladi.
Mazkur qo‘llanma mamlakatimizda xalqaro tadqiqotlarga
tayyorgarlik yuzasidan
yaratilgan ilk qo‘llanma bo‘lib, undagi materiallar PISA xalqaro tadqiqot dasturi
manbalaridan olinganligi sababli ayrim juz’iy kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi mumkin.
Qo‘llanmani takomillashtirish bo‘yicha takliflaringizni ushbu manzilga
yuborishingiz mumkin: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi 21-uy.
e-mail: markaz@tdi.uz
– 9 –
P
ISA
o‘quvchilarning o‘qish (matn ni tushunish), matematika va tabiiy fan-
lardan savodxonligini baholashga qa
ra
tilgan xalqaro baholash dasturi
bo‘lib, o‘quvchilarning maktabda egallagan bilim va ko‘nikmalarini
hayotiy
vaziyatlarda qo‘llay olish larini aniqlashga mo‘ljallangan.
Shuningdek, PISA xalqaro baholash dasturi o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan
munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar to‘playdi hamda ularning
muammoni hal qila olish ko‘nikmalarini ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega
masalalarni hal etishda o‘quvchi-yoshlarning fikr-mulohazalari va ular bergan taklif va
yechimlarni baholaydi.
PISA hech qanday o‘quv dasturini belgilamaydi yoki targ‘ib qilmaydi, yoki umumiy
e’tirof etishni taqozo etmaydi.
Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilari o‘quvchilarda
tabiiy fanlardan
bilim, ko‘nikmalar shakllanishi hamda mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi
muvaffaqiyati uchun dastlabki muhim qadam deb e’tirof etadi.
1.
PISA – O‘QUVCHILARNING SAVOD XON LIGINI
BAHOLASH XALQARO DASTURI
1.1.
UMUMIY TUSHUNCHALAR
– 10 –
PISA tadqiqoti
Iqtisodiy
hamkorlik
va taraqqiyot tashkiloti
(IHTT (OECD)– Orga-
nisation for Economic
Cooperation and Deve lopment) tomonidan
amalga oshiriladi.
Tadqiqot ilk bor 2000-yilda o‘tkazilgan
bo‘lib, har uch yilda bir marotaba amalga
oshiriladi.
PISA tadqiqoti quyidagi o‘ziga xos
xususiyatlarga ega:
►
ta’lim sohasidagi eng yirik, keng ko‘lamli
xalqaro monitoring
tadqiqotlaridan biri sanaladi;
►
tadqiqotda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 15 yoshli
o‘quvchilar ishtirok etadi;
►
o‘quvchilarning “hayotga tayyorlik” darajasi, ya’ni ularning maktabda egal-
lagan bilim va ko‘nikmalaridan hayot faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan
muammolarni hal etishda qay darajada
foydalana olishlari baholanadi;
►
o‘quvchilarning matematika, o‘qish (matnni tushunish), tabiiy fanlar yo‘nalishlari
va global muammolarni hal etish borasidagi funksional savodxonligi
1
baholanadi;
►
tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o‘ziga xosligi bo‘yicha
ma’lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to‘planadi.
O‘zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi quyidagilarga imkon yaratadi:
►
umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim olishni davom ettirishga qay
darajada tayyor ekanini aniqlash;
►
mamlakatda umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlash;
►
o‘quvchilarning ta’lim
sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlar ta’lim
tizimlari haqida qiyosiy ma’lumotlar olish.
Do'stlaringiz bilan baham: