Temperatura
(
0
C)
O‘zgarmas
kattaliklar
Qum
qatlami
qalinligi
(cm)
Oziq-ovqat
miqdori
(kg)
Qum
namligi
Havo temp
Namlik
38
0
C 20%
Ma’lumotlarni qayd etish
Nam Quruq
Ma’lumotlarni o‘chirish
– 27 –
T
abiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik kompeten siyalarini baholashda uch turdagi
topshi riqlardan foydalaniladi:
bitta to‘g‘ri javob tanlanadigan topshiriqlar:
to‘rtta javob variantidan bittasini tanlash;
matn yoki grafikdan “qaynoq nuqta”ni topish.
bir nechta to‘g‘ri javob tanlanadigan topshiriqlar:
“Ha/Yo‘q”
javobli topshiriqlar (javoblar soni ko‘p
bo‘lishiga qaramasdan, baholashda ularga yaxlit bitta javob
sifatida qaraladi);
bir nechta javob variantlari orasidan bittadan ortiq to‘g‘ri
javobni tanlash;
“ochiladigan menyu”dan foydalanib, jumlaning bir qancha ochiq qolgan joylarini
to‘ldirish;
“siljitish va joylashtirish” usulidan foydalanib, ekrandagi elementlarni siljitish orqali
taqqoslash, tartib bilan joylashtirish, klassifikatsiyalashga oid topshiriqlar.
ochiq javobli topshiriqlar:
bunday topshiriqlarning javobi yoziladi yoki chiziladi. Yozma javob qisqa iboradan
tortib, 2–4 tagacha jumladan iborat bo‘lishi mumkin. Ochiq javobli ba’zi topshiriqlarda
chizish talab etiladi (masalan, grafik, diagrammalar). Kom pyuterga asoslangan baho lashda
bunday topshiriqlarni bajarish uchun oddiy
rasm muhar rirlaridan foydalaniladi.
2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda
o‘quvchilar interfaol topshiriqlarni baja-
rishda ilmiy tadqiqotlarning si mulatsiyadan
foydalangan holda o‘zgaruvchi kattaliklar bilan
ishlashgan. Bunday interfaol topshiriqlar bir
nechta to‘g‘ri javob tanlanadigan topshiriqlar
sifatida ba
ho
langan. Interfaol topshi-
riqlarning ayrimlari esa ochiq javobli bo‘lgan.
PISA 2000, PISA 2006 topshiriqlarining
murakkablik darajasiga ko‘ra, ba’zi savollarga
berilgan javoblar 1 ball, ba’zilari esa 2 ball ball
bilan baholanadi. PISA 2015 topshiriqlarida
esa bunday emas.
Agar o‘quvchi 1 ballik topshiriqda berilgan savolga to‘g‘ri javob bersa, javob to‘liq
qabul qilinadi (1 ball), aks holda, javob qabul qilinmaydi (0 ball); agar o‘quvchi 2 ballik
topshiriqqa to‘g‘ri javob bersa, javob to‘liq qabul qilinadi (2 ball), qisman to‘g‘ri javob bersa,
javob qisman qabul qilinadi (1 ball), javob yo‘q yoki noto‘g‘ri bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi
(0 ball).
1.8.
PISA TOPSHIRIQLARI
JAVOBLARINING FORMATI
– 28 –
1.9.
TADQIQOT TUZILMASI
P
ISA tadqiqoti ishtirokchi mamlakat ixtiyoriga ko‘ra qog‘oz
yoki kompyuter variantda o‘tkaziladi. PISA
–
2015 tadqiqoti
uchun tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlikni baholash maqsadida
yaratilgan barcha yangi topshiriqlar faqat kompyuterda bajariladi. Tadqiqotni
qog‘oz variantda o‘tkazishni tanlagan ishtirokchi mamlakat o‘quvchilarini
baholashda faqat trend topshiriqlar (avvalgi tadqiqotlarda foydalanilgan topshi-
riqlar)dan foydalaniladi.
PISA
–
2015 tadqiqotida tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlikni baholashga qaratilgan
topshiriqlar “klaster” deb nomlangan 30 daqiqalik qismlarga birlashtirildi. Har bir
klaster faqat yangi yoki trend topshiriqlarni o‘z ichiga olgan. 2015
-
yilgi asosiy tadqiqotda
klasterlar soni quyidagicha bo‘lgan:
trend topshiriqlarni o‘z ichiga olgan oltita klaster;
yangi topshiriqlarni o‘z ichiga olgan oltita klaster.
Test topshirish uchun har bir o‘quvchiga ikki soat vaqt ajratiladi. Testda to‘rtta klaster
bo‘lib, uning har biri 30 daqiqa davom etadi.
Har bir o‘quvchi tadqiqotning tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha bir soat, qolgan bir soat
esa boshqa yo‘nalishlardan bittasi yoki ikkitasiga tegishli bo‘lgan topshiriqlarni bajaradi.
Qog‘ozga asoslangan baholash vositalari faqat trend topshiriqlardan, kompyuterga
asoslanganlari esa yangi hamda trend topshiriqlardan iborat bo‘ladi.
PISA
–
2015 tadqiqotida topshiriq kontekstlari shaxsiy, mahalliy/milliy, global darajada
bo‘lib, ular taxminan 1:2:1 nisbatda bo‘lgan.
PISA tadqiqotining tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik yo‘nalishiga oid ayrim topshi-
riqlar ochiq manba sifatida ko‘pchilik tanishishi uchun taqdim etiladi. Quyida ochiq
manbalardan olingan topshiriqlardan namunalar keltirilgan. Ular o‘quvchilarni PISA
topshiriqlarining mazmun-mohiyati, ularning formati bilan tanishtirishga imkon beradi.
– 29 –
B
utun dunyodagi asalari oilalariga xavfli hodisa tahdid
solmoqda. Ushbu hodisa asalari oilalarining nobud
bo‘lish sindromi deb ataladi. Bu hodisa asalarilar o‘z
uyalarini tark etishi bilan ifodalanadi. Uyadan ajralib chiqqan
arilar o‘ladi, shunday qilib, asalari oilalarining nobud bo‘lish
sindromi o‘n milliardlab asalarilarning o‘limiga sababchi bo‘ldi.
Tadqiqotchilarning fikricha, asalari oilalari nobud bo‘lishining bir nechta sabablari bor.
1-savol
Do'stlaringiz bilan baham: |