Avtomobil indd


Dizel yonilg‘isi xossalarining qurum



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

 Dizel yonilg‘isi xossalarining qurum
hosil bo‘lishiga ta’siri
Dizel yonilg‘isi yonganida, yonish kamerasi detallarida, 
klapanlarda porshen halqalarida, forsunkaning ignasi va 
korpusida qurum hosil bo‘lmasligi kerak. Klapanlarda 
hosil bo‘lgan qurum ularning osilib qolishiga sabab bo‘ladi, 
yonish kamerasidan issiqlik uzati lishini yomonlashtiradi, 
forsunkalardagi 
qurumlar 
yonilg‘ini 
purkash 
sifatini 
yomonlashishiga olib keladi. Porshen halqalarida hosil bo‘lgan 
qurum koksga aylanib, silindrda kompressiyaning buzi lishiga 
olib keladi. Gazlarning karterga o‘tib ketishiga yo‘l ochib 
beradi, motor moyining kuyishi tezlashadi. 
Qurum hosil bo‘lish jarayoniga yonilg‘ining quyidagi 
xususiyatlari ta’sir ko‘rsatadi: yonilg‘ining og‘ir fraksiyaliligi 
va yuqori qovushoqligi hisobiga to‘la yonmaganligi; 
yonilg‘i tarkibida yuqori molekular smola-asfalt birikmalar, 
to‘yinmagan uglevodorodlar, oltingugurt birikmalari va mexanik 
aralashmalar borligi; kul hosil qilish xususiyatining yuqoriligi. 
Shuning uchun dvigatellarda qurum hosil bo‘lishining oldini 
olish uchun yonilg‘ini kerakmas qo‘shimchalardan butunlay 
tozalash yoki ularning miqdorini se zilarli darajada kamaytirish 
lozim. 
Standartlarda qurum hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
qator sifat ko‘rsatkichlari me’yorlanadi. Qurum to‘planish 
tezligi yonilg‘ining koks soniga (kokslanuvchanligi), undagi 
oltingugurt, haqiqiy smolalar miqdoriga, uning kul hosil 
3.4- rasm. 
Dizel yonilg‘isining tozaligini tekshirish:
a
)
 
mexanik aralashmalar yo‘q; 
b
)
 
ishlatishga yaroqli (aralashmalar 
bor); 
d
) anchagina ifloslangan (mexanik aralashmalar miqdori 0,01%); 
e
) ishlatishga yaroqli (mexanik aralashmalar miqdori 0,055%). 


90
91
qiluvchanligi hamda mexanik aralashmalar miqdoriga, 
shuningdek, yonilg‘ining lok hosil bo‘lishiga moyilligiga 
bog‘liq. 
Koks soni deganda, yonilg‘ining havosiz, yuqori haroratda 
(800–900°C) parchalanib, ko‘mirsimon qoldiq hosil qilish 
xususiyati tushuniladi. Bu ko‘rsatkich dizel yonilg‘ilari uchun 
0,05 foizdan oshmasligi kerak. 
Detallarda qurumdan tashqari loksimon quyqumlar ham 
hosil bo‘ladi. Bular to‘yinmagan uglevodorodlar va boshqa 
birikmalar ning yuqori haroratlaridagi oksidlanish muhsulotidir. 
Bu xususiyatni aniqlash uchun tekshirilayotgan 1 ml yonilg‘i 
namunasi aluminiy idishchaga solinadi va 250°C haroratda 
termostat-lok hosil qilgichda bug‘latiladi. Bug‘lanishdan keyin 
idishchada lok pardasi qoladi. Hosil qilingan lok pardasi 
sovitilib, tarozida tortiladi. Hisob 10 sm
3
yonilg‘iga nisbatan 
bajariladi. Yonilg‘ining fraksion tarkibi qanchalik yengil bo‘lsa, 
shunchalik kam lok hosil bo‘ladi. 
Yonilg‘ining kul hosil qilish xususiyati uning yonmaydigan 
qoldig‘i miqdorini xarakterlaydi. Kul yonilg‘ini 800–850°C 
haroratda havoda yondirilganida qoladigan mineral qoldiqdir. 
Dizel yonilg‘ilari uchun kul hosil bo‘lishi miqdori 0,01 
foizdan oshmasligi kerak. Yonilg‘ining kul hosil qilish xususiyati 
yuqori bo‘lishi yonilg‘i apparaturasi va silindr-porshen guruhi 
detallari ning yeyilish darajasini sezilarli darajada oshiradi. 
Yonilg‘i tarkibidagi oltingugurtli birikmalar detallarda hosil 
bo‘lgan qurum va o‘tirib qolgan yopishqoq jinslarni qotiradi, 
mustahkamlaydi va ularning ko‘chishini qiyinlashtiradi. 
Masalan, tarkibida 0,08 foiz miqdorda oltingugurt bo‘lganida 
yonilg‘i ishlatilganida hosil bo‘ladigan qurum tarkibida 1 foiz 
oltingugurt bo‘ladi va chiqindining zichligi 0,03 g/sm
3
bo‘lsa, 
yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdori 1,5 foiz bo‘lganida bu 
ko‘rsatkichlar mos ra vishda 9 foiz va 0,5 g/sm
3
ni tashkil etadi. 
3.10.

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish