Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Absolut namlik
deganda, 
yog‘och tarkibidagi suv miqdorining foizlarda (yog‘och 
massasiga nisbatan) ifodalangan ulushi tushuniladi. Yangi 
kesilgan daraxtlarning namligi 50–60 foizgacha yetadi. 
Avtomobil detallari tayyorlanadigan yog‘och materiallarning 
namligi 12–18 foiz oralig‘ida bo‘ladi. 
Kichik o‘lchamli detallar namligi 15 foizdan oshmaydigan 
yog‘ochdan tayyorlanishi lozim, aks holda, bu detallardan 
foydalanish davomida uning o‘lchamlari o‘zgaradi. Yelimlab 
tayyorlanadigan detallar uchun yana-da quruqroq (namligi 
10–12 foizdan yuqori bo‘lmagan) yog‘och kerak bo‘ladi. 
Ma’lum sharoitda ishlatiladigan detallarni tayyorlash uchun 
yog‘och tanlashda uning qattiqligini hisobga olish zarur. 
Eng ko‘p tarqalgan daraxt turlari qattiqligining pasayish 
darajasiga ko‘ra quyidagi tartibda joylashadi: grab–shumtol–
eman–qoraqayin–zarangqayin–tilog‘och–olxa–qarag‘ay–
qoraqarag‘ay–oqqarag‘ay–arg‘ivon. Qattiq yog‘ochlardan 
yuklanish ostida ishlaydigan detallar, yumshoq yog‘ochlardan 
yuklanish tushmaydigan detallar tayyorlanadi, shuningdek, 
turli pardozlash ishlarida foydalaniladi. Ignabargli daraxtlardan 
olingan yog‘och materiallar eng ko‘p ishlatiladi, chunki ular 
bargli daraxt larga qaraganda ancha mustahkam, kamroq 
chiriydi (tarkibida chirishning oldini oladigan smolali 
moddalar ko‘p). Ulardan yuk avtomobillarining poli va borti, 
kuzovining ko‘ndalang balkalari tayyorlanadi. Tilog‘och va 
eman yog‘ochining eks-pluatatsion xossalari, ya’ni qattiqligi 
va mustahkamligi yuqori, chirishga chidamliroq. 
Detallar tayyorlash, avtomobillarni ishlatish va tamirlash, 
shu ningdek, avtotransport korxonalarida xo‘jalik ishlari maq-
sadida turli xil shakldagi yog‘och materiallaridan foydalaniladi 
(12.2- rasm).
Uzunligi bo‘yicha eng kichik ko‘ndalang kesimining diametri 
150 mm dan kam bo‘lmagan yog‘och 
xoda
 
deb yuritiladi. Xodani 
bo‘ylama o‘qi bo‘ylab arralaganda plastinalar, choraktaliklar 
hosil bo‘ladi. 


358
359
Yog‘och materiallari ko‘ndalang kesimi o‘lchamlariga qarab 
bruslarga (eni va qalinligi 100 mm dan oshadi), bruschalarga 
(eni qalinligidan ikki barobardan ortiq emas) va taxtalarga 
(eni qalinligidan ikki barobardan ortiq) bo‘linadi. Reyka va 
plankalar kichik o‘lchamli taxtalarning bir turi hisoblanadi. 
Qanday ishlov berilga niga ko‘ra yog‘och materiallar to‘rt 
tomoni arralangan va qirralari arralanmagan yoki qisman 
arralangan xillarga bo‘linadi. 
Yog‘och buyumlar yoki yog‘och buyumli mashinalar ochiq 
havoda saqlanganida, ularning namligi ortib, tob tashlashi 
va chi rishi mumkin. Chirigan yog‘ochdan foydalanishga 
ruxsat etilmaydi. Hasharotlar shikastlagan yog‘ochdan ham 
foydalanish mumkin emas, chunki ularning mustahkamligi 
keskin pasaygan bo‘ladi. Yog‘ochning chirishi va hasharotlar 
shikastlashining oldini olish uchun ko‘pincha yog‘och detallar 
lok-bo‘yoq bilan qoplanadi. Ko‘pincha yog‘och buyumlarga 
chirishning oldini oluvchi maxsus tarkiblar –antiseptiklar (rux 
xlorid, ftorli natriy aralashmasi) shimdiriladi. 
Yog‘ochning o‘tga chidamliligini oshirish uchun unga maxsus 
tarkiblar shimdiriladi yoki o‘tdan himoya qiluvchi bo‘yoqlar 
bilan bo‘yaladi. Bu moddalar qiziganida yog‘och sirtida havo 
kirishiga to‘sqinlik qiluvchi parda hosil qiladi. Bunday ishlov 
berilgan yog‘ochlar olov ta’sirida faqat tutaydi, olov manbayi 
uzoqlashtiri lishi bilan, tezda o‘chib qoladi. Bu qoplamalar 
yog‘ochga uzil-kesil ishlov berilganidan so‘ng surtiladi. 
Qayin, olxa, eman, qoraqayin va ba’zi boshqa yog‘ochlardan 
shpon – qalinligi 0,5–1,5 mm li keng silliq payraha 
tayyorlanadi; shpon aylanayotgan yog‘och bo‘lagidan qirqib 
olinadi. Shpondan faner, yog‘och qatlamli plastiklar, yelimlab 
yopishtirilgan egik detallar tayyorlanadi; eman, qoraqayin, 
yong‘oq daraxtlaridan tayyorlangan shponlar qimmatbaho 
daraxt ko‘rinishida qoplama hosil qilish uchun ishlatiladi; olxa 
va kedrdan olingan shpondan avtomobillar akkumulatorlari 
batareyasining separatori tayyorlanadi. 
Yog‘och tolalarini o‘zaro perpendikular joylashtirgan holda 
uch va undan ortiq shpon qatlamlarini yelimlab yopishtirish yo‘li 
bilan fanerlar olinadi; ular 1,5–15 mm qalinlikda, 725–1525 
mm kenglikda va 1220–2440 mm uzunlikda ishlab chiqariladi. 
Fanerlarning turli markalari bir-biridan ularda ishlatilgan 
yelim xili bilan farq qiladi: ÔÑÔ
 
– suvga chidamliligi yuqori 
bo‘lgan, fenolformaldegid yelim vositasida tayyorlangan; 
ÔÊ – suvga chidamliligi o‘r tacha bo‘lgan karbamid yelimi 
bilan tayyorlangan. Oqsil (kazein) yelim bilan tayyorlangan 
ÔÁÀ fanerining suvga chidamliligi past bo‘ladi. 
Qayindan tayyorlangan shponlarni fenol smolalar yoki 
krezolformaldegid smolalar yordamida yelimlab yopishtirish 
yo‘li bilan bakelitlangan ÔÁÑ faneri olinadi. Uning suvga 
chidamliligi yuqori. Undan mexanik usulda biriktiriladigan, 
shuningdek, sovuqlayin yelimlab yopishtiriladigan kons-
truksiyalarda foydalanish mumkin. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish