354
355
harorat, neft mahsulotlari va suv ta’siriga chidamli bo‘lishi
lozim. Salnik tayyorlanadigan materiallar yemirilishga ham
chidamli bo‘lishi lozim.
Qistirmabop materiallar sifatida turli xil kimyoviy ishlov
berilgan qog‘ozlar (pergament, karton, fibra – ish harorati
150°C gacha), namat (75°C gacha haroratda ishlatishga
yaroqli), asbest (350°C gacha haroratda ishlatishga yaroqli),
turli xil markadagi paronitlar (asbest, kauchuklar, to‘ldirgichlar
aralashmasining vulkanizatsiyalangan listlari), moy va benzin
ta’siriga chidamli paronit ÌÁÏ–5 (250°C haroratgacha
ishonchli ishlaydi), ferronit 1001 (parronit metalli to‘r bilan
armirlangan, 400°C gacha haroratlarda ishlatish mumkin) va
boshqalardan foydalaniladi.
Rux xlorid bilan ishlov berilgan, presslangan qog‘oz yoki
kartonfibraning mexanik mustahkamligi va neft mahsulotlari
ta’siriga chidamliligi yuqoridir. Undan qistirmalar (qistirmabop
fibra ÊÃÔ), elektr apparatlar detallari (elektrotexnik fibra ÔÅ)
tayyorlanadi. Qog‘oz materiallarining maksimal ish harorati
140–150°C dan oshmaydi. Bunday yuqori haroratda ular
kuyib, egiluvchanligi yo‘qoladi.
Salniklar qistirmalar tayyorlash uchun moy, benzinga
chidamli rezinadan tashqari, texnik namatdan ham foy-
da laniladi. Bu namat jundan tayyorlangan g‘ovakli list
materiallardir. Uning issiqdan va tovushdan izolatsiyalashgan
xossalari, amortizatsiyalash xususiyati yuqoridir.
Po‘kak daraxtning uvoqlari presslanib, po‘kak material
olinadi. Ular suv, neft mahsulotlari muhitida, kichik mexanik
yuklamalar ostida hamda ko‘pi bilan 100–120°Ñ gacha
qiziydigan birikmalarni (klapanlar qutisi, yonilg‘i baklari,
qalqovichli kameralarning qopqoqlar, filtrlar stakani, dvigatellar
karteri, faralar oynasi va hokazolar) zichlashda ishlatiladi.
Yuqori haroratda ishlovchi detallarni issiqlikdan izolatsiyalash
hamda zichlash uchun asbestdan keng foydalaniladi (kiritish
va chiqarish kollektorlari, dvigatel silindrlari, kallagi va
boshqalardagi qistirmalar). Asbest tabiiy tolali material bo‘lib,
uni yupqa, egiluv chan va mustahkam tolalarga ajratish mumkin.
Asbest elektr va issiqlikdan izolatsiyalash xossalariga ega,
yonmaydi, 350°C gacha haroratda ishlay oladi, lekin bundan
yuqori haroratda uning mustahkamligi va egiluvchanligi
yo‘qoladi. Ta’mirlash ishlarida karton, qog‘oz to‘qima, tasma,
chilvir va ip ko‘rinishidagi asbestdan, shuningdek, maydalangan
asbestdan foydalaniladi.
Asbest (60–70 foiz), vulkanizatsiyalashgan rezina (12–
13 foiz) va to‘ldirgich (tuproq, talk) aralashmasidan neft
mahsulotlari ta’siriga chidamli, 450°C haroratga chidash
beradigan list material – paronit olinadi. Paronitdan yonilg‘i
va moy tegib turadigan detallar uchun zichlamalar (taqsimlash
shesternalarining qopqoqlari, moy qabul qilgichlar flaneslari,
suv nasosi, yonilg‘i tindirgich va boshqalarning qistirmalari)
tayyorlanadi.
Grafit, rezina, surik va ba’zi boshqa moddalarning
aralashmasi presslanib list material qistirmabop klingerit
olinadi. Undan tayyorlangan qistirmalar 180–200°C haroratda
ishlay oladi.
Avtomobillar kabinalarida shovqinni kamaytirish uchun
maxsus mastikalardan foydalaniladi. Qora rangli bir jinsli
suyuq massa ko‘rinishida bo‘lgan ÁÌÈ–1 mastikasi mana
shunday xossaga ega. U metall sirtga yoki ÔË–93, ÝÔ–093
gruntovkalari surtilgan sirtlarga purkab qoplanadi. Mastike,
100–110 °C haroratda 30 minut ichida quriydi, qoplama
metallarni korroziyalanishdan ham saqlaydi.
12.5.
Do'stlaringiz bilan baham: