340
341
qotadigan yelimlar bor (sovuqlayin qotadigan yelimlarning
issiqqa chidamliligi past) BK–8, BK–15 yelimlari bilan
hosil qilingan birikmalarni qisqa muddat 1000–1200C
gacha
qizdirish mumkin. Ular yordamida istalgan materiallarni
o‘zaro va boshqa materialga mustahkam biriktiriladi. Ular
bilan sovuqlayin ham, issiq holda ham biriktirish mumkin.
Kauchuk asosidagi yelimlar.
Rezinalarni o‘zaro (masalan,
avtomobil kameralarini ta’mirlashda), shuningdek, rezinani
shisha, metall va boshqa materiallarga biriktirishda sovuqlayin
qotadigan rezina yelimlaridan (BKP–15, 16, 17, ÊËÌ–1,
4508 va boshqalar) foydalaniladi. Ular tabiiy yoki sintetik
kauchuklarni organik erituv chilarda, ko‘pincha «Ãàëîøà»
benzinida (benzinning 80–120°C haroratlar oralig‘ida qaynab
bug‘lanadigan tor fraksiyasi) eritib tayyorlanadi. Xona
haroratida yelimlab biriktirish uchun 24 soat kifoya. Lekin
sovuqlayin yopishtirilgan
birikmaning mustah kamligi, issiqqa
chidamliligi past (60–80°C) bo‘ladi (BKP–16, 17 yelimlarniki
150°C). Qaynoq holda vulkanizatsiyalash jarayoni 140–
150°C haroratda bajariladi. Bunda olinadigan birikmalar ning
mustahkamligi ko‘pincha asosiy materialnikidan qolishmaydi.
Vulkanizatsiyalanmaydigan
kauchukdan
tayyorlangan
buyumlarni po‘lat, aluminiy, jezga mustahkam yopishtirish
uchun qaynoq leykonat yelimidan foydalaniladi. Birikma
150°C gacha haroratda ishlay oladi. Tayyor yelimni 1,5 yil
saqlash mumkin. Bu yelim elastik, neft mahsulotlari ta’siriga
chidamli birikma hosil qiladi.
O‘z-o‘zidan vulkanizatsiyalanadigan 88H va 88ÍÏ yelim-
laridan amalda foydalanish qulay (yelim tarkibida vulka
-
nizatsiyalani shni tezlatgich va faollashtirgich bo‘lgani
sababli
u xona haroratida bir sutka davomida vulkanizatsiyalanadi)
olingan birikma ancha mustahkam chiqadi. Agar biriktirish
yelimini 50°C gacha qizdirib bajarilsa, birikmaning mexanik
mustahkamligi yana-da ortadi. Neft mahsulotlari ta’siriga
chidamaliligining pastligi bu yelimlarning kamchiligidir. Agar
kremniyorganik kauchukdan olingan issiqqa chidamli rezinalarni
metallarga biriktirish lozim bo‘lsa, KT–25, KT–30 va boshqa
yelimlarni ishlatish mumkin. Bu yelimlar kremniyorganik
smolalar asosida tayyorlanadi, 200°C haroratgacha bardosh
beradi.
Yelimlab biriktirish jarayoni sirtlarni ma’lum darajada
tayyorlashni talab qiladi. Mustahkam
birikma olish uchun
sirtlar bir xil g‘adir-budurlikka ega bo‘lishi kerak. Buning uchun
aluminiy, qalay, keramika, chinni, rezina kartonga jilvir qog‘oz
bilan, qora metallar, qattiq qotishmalar, ba’zi plastmassalarga
pitra bilan ishiov beriladi. Yog‘och buyumlar egov bilan
tozalanadi. Ba’zi metall va qotishmalar (aluminiy, magniy,
mis, xromlangan buyumlar) uchun sirtlarni kislota yoki ishqorli
vannalarda xurushlashga va boshqa operatsiyalarni bajarishga
to‘g‘ri keladi. Polietilen va ba’zi boshqa plastmassalardan
tayyorlangan buyumlarga sulfat kislota eritmasi bilan ishiov
beriladi. Yopishtirishdan oldin detallar benzin, aseton, yuvish
vositalari bilan yog‘sizlantiriladi. Yelimlab biriktirilgan detallar
ta’mirlanayotganda ulardagi eski yelimni qirib tashlash zarur.
Bo‘yalgan sirtlar yuvish vositalari bilan yuviladi va
jilvir qog‘oz bilan ishqalanadi (kuch tushmaydigan konst-
ruksiyalarning sirtlari) yoki bo‘yoq qatlami butunlay qirib
tashlanadi.
Tayyorlangan sirtga yelim, odatda, cho‘tka bilan
kamdan kam hollarda pulverizator yoki shpatel bilan yelim
pastalari surtiladi. Bu jarayonni me xanizatsiyalashtirish uchun
ko‘pincha yelim surtadigan jihozlardan foydalaniladi. Hajmiy
detallarga elimlar eletrostastik maydonda surtiladi.
Odatda, biriktiriladigan sirtlar va yelim pardasining issiqdan
chiziqli kengayish koeffitsiyenti turlicha bo‘ladi. Shu sababli
yelimni sirtga mumkin qadar yupqa qilib surtish zarur. Faqat
shundagina birikma mustahkam chiqadi. Yelim pardasining
qalinligi 0,25 mm dan oshmasligi kerak.
Yopishqoq lentalardan foydalanish sohasi ancha kengayadi:
ular izolatsiyalarni ta’mirlashda, metallarni korroziyalanishdan
saqlash da, sirtlarni bo‘yash yoki galvanik qoplamalar hosil
qilishda ishlatiladi. Bundan tashqari, ular buyumlarni
markalashda, o‘rashda ham ishlatiladi. Lentalar qog‘oz,
sellofan, polietilen. lavsan, polivinil xloriddan
tayyorlanadi va