Avtomobil indd


Lok-bo‘yoq materiallarini ishlatishda



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

 Lok-bo‘yoq materiallarini ishlatishda
xavfsizlik choralari
Avtomobil detallarini bo‘yashda bo‘yash mintaqasining 
havosi bo‘yoqlarning mayda zarralari va bo‘yoq tarkibidagi 
erituvchilar ning bug‘lari bilan ifloslanadi. Buning natijasida 
bo‘yash mintaqasida mehnat qiluvchi ishchilar organizmiga 
zararli ta’sir etuvchi va yong‘in jihatdan xavfli bo‘lgan bo‘yash 
materiali tumani hosil bo‘ladi. Shuning uchun bo‘yash ishlarini 
boshlashdan oldin barcha ishchilar bo‘yash jarayonidagi 
texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha 
yo‘riqnomadan o‘tkazilishlari lozim. 
Lok-bo‘yoq materiallarini ishlatishda xavfsizlik choralari 
O‘z be kiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qi lish vazirligining 2013- yil 24- apreldagi 23-B sonli buyrug‘i 
bilan tasdiqlangan «Lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlashda 
mehnatni muhofaza qilish qoidalari» asosida belgilanadi. 
Lok-bo‘yoq materiallari bilan bajariladigan ishlar maxsus 
jihoz langan xonalarda yoki bu xonalarga o‘rnatilgan maxsus 
kame ralarda bajarilishi kerak. Bo‘yash ishlari bajariladigan lok-
bo‘yoq materiallari tayyorlanadigan va saqlanadigan xonalarda 
chekish, pay vandlash ishlarini va, shuningdek, uchqun chiqishi 
xavfi bo‘l gan boshqa ishlarni bajarish qat’iyan taqiqlanadi. 
Xonalarga ki rish da «Yong‘indan xavfli», «Chekilmasin», 
«Begonalar kirishi taqiqlanadi» degan xavfsizlik belgilari osib 
qo‘yilishi shart. 
Lok-bo‘yoq materiallarini transport vositalarida tashishda 
yuk tashish qoidalariga rioya qilishlari lozim. 
Lok-bo‘yoq materiallarini tashish uchun mo‘ljallangan 
idishlar soz holda va germetik zich yopiladigan bo‘lishi va 
nuqsonlari bo‘lmasligi shart. 
11. 3- rasm. 
Elastilikni
aniqlovchi har xil
tipli asboblar.


324
325
Shisha, chinni va polimer materiallardan yasalgan nozik, 
mo‘rt va tez sinuvchan idishlarga quyilgan lok-bo‘yoq 
materiallari maxsus taralar (yog‘och yashiklar yoki savatlar)ga 
o‘rnatilib, bo‘sh joylari qistirma materiallar bilan zichlangan 
holda tashilishi kerak. 
Har bir idish o‘rni lok-bo‘yoq materiallarining nomi yozilgan 
yorliqqa va tegishli ogohlantiruvchi yozuvga ega bo‘lishi kerak. 
Lok-bo‘yoq materiallarini tushirishdan oldin ularni 
to‘kilmaganligiga ishonch hosil qilish lozim. Agar lok-bo‘yoq 
materiallari to‘kilgan bo‘lsa, ularni darhol tozalab olish kerak. 
Lok-bo‘yoq materiallarini tashishda ag‘darilib ketishining 
oldini olish uchun har bir idish o‘rni mahkamlanishi zarur. 
Lok-bo‘yoq materiallarini oziq-ovqat, kiyim-kechak va 
odamlar bilan birga tashish taqiqlanadi. 
Tashkilotga keltirilgan lok-bo‘yoq materiallari zudlik bilan 
omborxonaga topshirilishi zarur. 
Lok-bo‘yoq 
materiallarini 
qabul 
qilish 
to‘g‘risida 
dalolatnoma 
tuzilishi 
lozim. 
Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxonalar 
alo hida yopiq va shamollatiladigan binolarda joylashtirilishi 
zarur. 
Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxonalarni 
tashkilot hududidagi omborxona binolaridagi to‘silgan 
seksiyalarda yoki alohida turgan binolarda, shuningdek, 
saqlash sharoitlarini hisobga olgan holda tabiiy shamollatishni 
ta’minlovchi va ochiq saqlash maydonlaridagi bostirmalarda 
joylashtirish lozim. 
Ochiq saqlash maydonlari atrof hududiga nisbatan 0,2 m 
dan kam bo‘lmagan holda baland bo‘lishi va atrofi 0,5 m dan 
kam bo‘lmagan balandlikka ega yonmaydigan devor bilan 
o‘ralgan bo‘lishi kerak. 
Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxona 
poli ning yuzasi tekis, silliq, oson yuviluvchi va suv oqishi 
uchun qiya holda bo‘lishi kerak. 
Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxona 
binosi majburiy havo so‘rish va havo almashishi uchun tabiiy 
shamollatish tizimlariga ega bo‘lishi lozim. 
Materiallar va xomashyoga aloqasi bo‘lmagan boshqa ishlarni 
lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxonada 
baja rish taqiqlanadi. 
Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxonada 
ularning navlari va guruhlari bo‘yicha joylashtirilishi kerak. 
Lok-bo‘yoq materiallarini nosoz va germetik zich yopilmagan 
idishlarda yoki rezervuarlarda qoldirish taqiqlanadi. 
Butilka, banka va idishlardagi lok-bo‘yoq materiallari tirab 
qo‘yiladigan polkalarda va stellajlarda saqlanishi kerak. 
Butilka, banka va idishlar eniga ikkitadan ko‘p bo‘lmagan, 
uzunasiga o‘n beshtadan ko‘p bo‘lmagan va balandligi 
stellajlarda bittadan ko‘p bo‘lmagan qatorda, shtabellar orasiga 
qistirma qo‘yib ikki qatordan ko‘p bo‘lmagan holda terilishi 
lozim. 
Butilka, banka va idishlardagi lok-bo‘yoq materiallari 
ularning ag‘darilishini yoki buzilib ketishining oldini oluvchi 
idishlarga joylashtirilgan bo‘lishi kerak. 
Og‘zi tor bo‘lgan bochkalarning og‘zini tepaga qilib, 
gardishlarga terilishi lozim. 
Lok-bo‘yoq materiallarini omborxona ichida tashishda 
ularning joydan joyga xavfsiz ko‘chirilishini ta’minlovchi arava 
va boshqa vositalardan foydalanish zarur. 
Lok-bo‘yoq materiallari uchun mo‘ljallangan omborxona 
va yuk saqlash maydonchalarida og‘ir va o‘ta og‘ir 
yuklarni ortish va tushirish hamda harakatlantirish jarayoni 
mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. 
Lok-bo‘yoq materiallarini joylashtirishdagi oraliq masofa 
quyi dagicha bo‘lishi lozim: bino devoridan 70 sm; isitish 
tizimidan 20–50 sm; yoritish tizimidan 50 sm; poldan 15–
30 sm. 
Gorizontal holatda taxlanayotgan bochkalarning balandligi 
uch qatorgacha bo‘lishi, qatorlar oralig‘iga to‘siqlar qo‘yish 


326
327
sharti bilan bochkalar vertikal holatda taxlanayotganida 
ularning balandligi ikki qatordan oshmasligi kerak. 
Tez yonuvchi suyuqliklar gorizontal va bir qatorda joylashtiri-
lishi lozim. 
Bo‘sh taralarning og‘zi doimo berk holda bo‘lishi va lok-
bo‘yoq materiallari omboridan tashqarida, ishlab chiqarish 
binosidan kamida 20 m uzoqlikda saqlanishi lozim. 
Taralarni lok-bo‘yoq materiallaridan to‘liq bo‘shatilganligini 
nazorat qilishda gugurt yordamida yoritish qat’iyan taqiqlanadi. 
Taralar erituvchi bug‘laridan obdan tozalanganidan keyingina 
ularni ta’mirlashga ruxsat etiladi. Aluminiy kukunini nam 
tegmaydigan xonada saqlash lozim, chunki aluminiy kukuniga 
nam tekkanida u o‘z-o‘zidan alangalanishi mumkin. Lok-
bo‘yoq materiallari bilan ishlashda ishlatilgan yordamchi 
materiallar (salfetkalar, lattalar va boshqalar) yopiladigan va 
yonmaydigan maxsus idishga yig‘ilishi kerak. 
Ishlab chiqarish chiqindilari uchun mo‘ljallangan idish 
maxsus ajratilgan joyda bo‘lishi va ish tugaganidan so‘ng 
zararsizlantirish uchun maxsus jihozlangan maydonga qo‘yilishi 
kerak. 
Ishlab chiqarish chiqindilarini yig‘ish joyi sexlardan kamida 
50 m uzoqlikda bo‘lishi lozim. Chiqindilarni ruxsat etilmagan 
joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mish taqiqlanadi. 
Bo‘yash, lok-bo‘yoq materiallarini tayyorlash xonalari 
va omborxonalar yong‘inga qarshi jihoz va asboblar bilan 
ta’minlani shi lozim. Bo‘yash mintaqasining egallagan 
maydoni 50 m
2
gacha bo‘lsa, bitta ÎÓ–2, ÎÓ–5 yoki ÎÓ–8 
markali uglekislotali o‘t o‘chirgich, ikkita ko‘pikli kimyoviy 
o‘t o‘chirgich, hajmi 0,5 m
3
dan kichik bo‘lmagan qum 
to‘ldirilgan quti, belkurak, kigiz, 1,5 
×
1,5 o‘lchamli to‘shama 
bilan ta’minlanishi lozim. 
Lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlovchi ishchilar maxsus 
kiyim, maxsus poyabzal, boshqa yakka tartibdagi himoyalanish 
vositalari bilan belgilangan tartibda bepul ta’minlanishi lozim. 
Lok-bo‘yoq materiallarini bo‘yoq sepuvchi jihozlar yordamida 
sepishda hosil bo‘ladigan lok-bo‘yoq materiallari tumanidan 
nafas olish organla rini himoyalash uchun ishchilar ÐÌÏ–62, 
ÐÓ–60 va boshqa turdagi respiratorlar bilan ta’minla nishlari 
zarur. 
Bo‘yash jarayonida bo‘yoq yoki erituvchilar bilan 
ishlayotganda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik 
pasta va mazlar (ÈÅЖ1, ÕÈÎÒ–6, ÏÌ–1 pastalaridan, ÈÄÌ 
sovunidan, biologik va himoya qo‘l qoplari)dan foydalanish 
lozim. 
Bo‘yash jarayonida bo‘yoq yoki erituvchilarning qo‘lga 
tegishi xavfi bo‘lganligi uchun qo‘l terisini himoyalashda 
ÈÅЖ1, ÕÈÎÒ–6, ÏÌ–1 pastalaridan, ÈÄÌ sovunidan, 
biologik va himoya qo‘l qoplaridan foydalaniladi. 
Biologik qo‘lqop kazein (13 foiz massasiga ko‘ra), 
ammiakning 25 foizli eritmasi (2 foiz), glitserin (13 foiz), 96 
foizli etil spirti (36 foiz), distillangan suvlardan (36 foiz) iborat 
bo‘lib, bu aralashma cho‘tka yordamida qo‘lga surtilganida 
30–40 sekunddan so‘ng himoya pardasi hosil qiladi. Himoya 
pardasi organik erituvchilar ta’siriga chidamli, ammo issiq 
suvda sovunlab yuvilganida osongina yuvilib ketadi. 
Lok-bo‘yoq materiallari qo‘l terisiga tekkanida, terini 
«Ðàëëè», «ÐÅÌ», «Ôëîðà» kabi pastalar bilan tozalash tavsiya 
etiladi. 
Qo‘l terisini tozalash uchun maxsus pastalar bo‘lmaganida 
esa, bo‘yoq tekkan qo‘l terisini avval yumshoq quruq latta 
yordamida yaxshilab artish, so‘ngra lattani erituvchida namlab, 
terining bo‘yoq tekkan qismlarini artish, shundan keyin issiq 
suvda sovunlab yuvish zarur. Qo‘l artib quritilganidan so‘ng 
qo‘lga panolinli krem surtish tavsiya etiladi. Qo‘l terisiga tekkan 
bo‘yoqlarni tozalashda zaharlilik darajasi yuqori bo‘lmagan 
erituvchilar: uayt-spirit, ski pidar (moyli bo‘yoqlar uchun), 
etil spirti, asetondan (epoksidli va nitrosellulozali bo‘yoqlar 
uchun) foydalaniladi. Qo‘lni tozalash va yuvishda benzol va 
boshqa zaharli erituvchilardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. 
18 yoshga to‘lmagan shaxslar, homilador va emizikli ayollar-
ning lok-bo‘yoq materiallari bilan ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydilar. 


328
329
Bo‘yash bo‘limi xonalari yorug‘, toza va changsiz 
bo‘lishi lozim. Bo‘yash xonasining konstruktiv elementlari 
va to‘siqlari (devorlari, shifti, poli va boshqalar) yong‘in 
ta’siriga chidamli bo‘lishi lozim. Xona devorining ichki 
yuzasiga 2,4 m balandlikkacha maxsus plitka yopishtirilishi, 
poli esa mustahkam, yonmaydigan va sirpanchiq bo‘lmasigi, 
shuningdek, iflosliklardan oson tozalanadigan materialdan 
bo‘lishi kerak. Xona harorati 15–16°C dan past bo‘lmasligi, 
havoning solishtirma namligi esa 60 foizdan ortiq bo‘lmasligi 
lozim. Xona past bosimli havo yoki suv yordamida isitilishi 
lozim. Suv yordamida isitishda isitish asboblarining sirtqi 
yuzalari harorati 90°C dan yuqori bo‘lmasligi lozim. 
Ishchilarning ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida bo‘yash 
xonalari so‘ruvchi ventilatsiya bilan ta’minlanishi lozim. 
Bo‘yash uchastkasini yoritishda tabiiy va sun’iy yoritishdan 
foydalaniladi. Bo‘yash uchastkasining yoritilganligi 75 lk dan 
kam bo‘lmasligi lozim. 
Bo‘yoq tayyorlashda ishlatiladigan bo‘yoq, lok va 
erituvchilar ning uchastkadagi miqdori kunlik ehtiyojdan ortiq 
bo‘lmasligi lozim. Bu materiallarning qolgan qismi maxsus 
omborxonalarda saqlanadi. 
Bo‘yash uchastkasida, bo‘yoq tayyorlash bo‘limlarida va lok-
bo‘yoq materiallari omborxonalarida oziq-ovqat mahsulotlarini 
saqlash va ovqatlanish taqiqlanadi. 
Elektr jihozlari bilan ishlanganida juda ham ehtiyot bo‘lish 
lozim. Tanaffus paytlarida, jihoz bir joydan ikkinchi joyga 
siljitil ganida, shuningdek, jihoz ozginagina nosozlikka ega 
bo‘lganida ham elektr tarmog‘idan uzilishi lozim. Elektr 
jihozlarini ish paytida o‘zgartirish yoki sozlash taqiqlanadi. 
Avtobus saloni ichini bo‘yashda uning eshiklari, oynalari va 
luklari ochiq holda bo‘lishi lozim. 
«Bo‘yash sexlari uchun texnika xavfsizligi va ishlab chiqa rish 
sanitariyasi qoidalari va me’yorlari»ga binoan, bitta bo‘yash 
kamerasida nitroselluloza va alkidli materiallarni ishlatish 
taqiqlanadi. Agar ulardan birin-ketin ishlatish zarurati paydo 
bo‘lsa, avvalo, kamera ishlatilgan bo‘yoq qoldiqlari va havodagi 
aralashmala ridan yaxshilab tozalanishi lozim. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish