316
317
Agar zangni ketkazish uchun tayyor tarkib bo‘lmasa, unj
tayyorlash mumkin. Buning uchun shisha bankaga 40–50 g
kartoshka kraxmali va shuncha suv solinib,
massa yaxshilab
aralashtiriladi. Olingan aralashmani aralashtirib turgan holda
asta-sekin 100 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Pasta
quyulib, tiniq holatga o‘tadi. Ishlov beriladigan sirtga tarkib
cho‘tka bilan surtiladi va 2–3 daqiqadan so‘ng olib tashlanadi.
Tozalangan metall sirt kuchsiz ishqor bilan, masalan, ichimlik
sodaning 3 foizli eritmasi bilan neytrallanadi va quriguncha
artiladi.
Zangni ketkazuvchi barcha
vositalar tarkibida zaharli
moddalar bo‘ladi. Shuning uchun ulardan ehtiyotkorlik bilan,
yaxshisi, ochiq havoda shamol esayotgan tomonda turib, rezina
qo‘lqop kiyib foydalanish zarur.
Sirtlarni bo‘yashga tayyorlashda bajariladigan eng so‘nggi
ope ratsiya yog‘sizlantirishdir. Bu maqsadda uayt-spirit yoki
benzin-eri tuvchidan foydalanish mumkin. Yuvish vositalari
tarkibidagi moddalar yog‘ qatlamlarini yaxshi ketkazadi. 11
suvga 1g kaustik soda (o‘yuvchi natriy), 5–10 g kalsiylangan
soda, 15–25 g trinatriyfosfat, 1 g suyuq shisha qo‘shib
tayyorlangan yog‘sizlantirgichni tavsiya etish mumkin. Sintetik
yuvish vositalari MC (MC–6, MC–5)dan
foydalanish ham
yaxshi natija beradi. Yaxshi yog‘sizlantiradigan sirtda suv
tomchilari to‘planmaydi, balki oqib tushib ketadi.
Oldindan tayyorlangan sirtga lok-bo‘yoq materiallari bo‘yoq
purkagich yoki cho‘tka bilan 2–3 qatlam qilib surtiladi. Agar
purkagichdan foydalanilsa, bo‘yoq oqimi sirtga perpendikular
tarzda yo‘nalishi kerak. Material avval vertikal polosalar tarzida,
so‘ngra gorizontal polosalar tarzda surtiladi. Faqat shundagina
bir tekis qoplam hosil qilish mumkin. Bo‘yashni chang va suv
tushmasligi uchun xona ichida yoki bostirma tagida 10°C dan
past bo‘lmagan haroratda bajarish lozim.
Lok-bo‘yoq qoplama quriganidan so‘ng nam o‘tkazmaydigan
qattiq parda hosil qiladi. Barcha tayyorgarlik operatsiyalari baja-
rilsa, asosiy lok-bo‘yoq materiallari (shpaklovka, gruntovka,
emal) to‘g‘ri tanlansa va ularni surtish qoidalariga amal
qilinsa, ta’mirlanganidan keyin
zavodnikidan qolishmaydigan
qoplama hosil bo‘ladi. Ammo barcha operatsiyalarga to‘la
amal qilinganda ham lok va bo‘yoqlar faqat bir necha yilgina
xizmat qilishi mumkin. Shu sababli materiallarni himoya
qilish uchun hozir tarkibida korroziyalanishni sekinlatkichlar
(ingibitorlar) bo‘lgan zangni ketkazuvchi vositalar,
ingibitor
qo‘shilgan sovuqlayin fosfatlash eritmalari ishlatilmoqda. Ular
bo‘yashdan oldin avtomobillar, qishloq xo‘jaligi mashinalari va
turli uskunalarning sirtlariga ishlov berish uchun tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, sun’iy alif asosida ingibi torli bo‘yoqlar ishlab
chiqarilgan. Bu vositalardan foydalanilsa, zangni ketkazish
va bo‘yashdan oldin sirtni yog‘sizlantirishga hojat qolmaydi.
Ingibitor qo‘shilgan 1- va 2- raqamli bo‘yoqlar, masalan, neft
mahsulotlarini saqlash hamda haydash uchun mo‘ljallangan
po‘lat quvur va rezervuarlarni korroziyalanishdan saqlaydi.
Fosfat bo‘yoq qoplamlarning narxi odatdagisidan 2–3 barobar
arzon, ammo undan 3 barobar uzoq xizmat qiladi.
11.8.
Do'stlaringiz bilan baham: