Tarixiy dostonlar.
Xalq og‘zaki ijodidagi qo‘shiq, ertak janrlarida
tarixiy voqealar o ‘z ifodasini topgani kabi dostonlarda ham o‘tmish
muhrlangan asarlar bor. Bunday asarlar folklorshunoslikda tarixiy dos
tonlar deb yuritiladi. Qizig‘i shundaki, tarixiy
dostonlaming mumtoz na-
munasi “Oysuluv” yurtimizda ikki yarim ming yil oldin ro‘y bergan mus-
taqillik uchun olib borilgan kurashning badiiy ifodasi bo‘lib chiqdi. Hero-
dotning “Tarix” kitobidagi To‘maris voqeasi “Oysuluv” dostonidagiga
juda o'xshaydi. To‘g ‘risini aytsak, agar “To‘maris” haqidagi rivoyat mat-
ni saqlanmaganida “Oysuluv”ning yaratilishida tarixiy voqea asos bo‘lga-
nini aniqlash juda mushkul kechardi. Taniqli olimlar T.Mirzaev va
B.Sarimsoqov “Oysuluv” dostonining vujudga kelishida To‘maris nomi
bilan mashhur tarix asos bo‘lganini ilmiy dalillab berganlar76. Tarixiy
dostonlar repertuari keyinchalik yaratilgan “Tulumbiy”, “Shayboniyxon”,
“Oychinor” kabi asarlar bilan boyidi. XX asr boshlarida esa “Namoz”,
“Mamatkarim polvon”, “Jizzax qo‘zg‘aloni” kabi dostonlar paydo bo‘ldi.
Shunday qilib, dostonlar og'zaki ijod
merosidagi murakkab janr
hisoblanadi. Ularda xalqning xalq sifatida shakllanish jarayonidan tortib,
tarixiy hayoti, rasm-rusumlari,
odatlari, ijtimoiy hayot haqidagi falsafiy
qarashlari keng ko‘lamda aks etgan. Baxshilar o ‘z ijrolari bilan bevosita
xalq ommasining estetik saviyasini oshirishga hissa qo‘shdilar. Xalq
pedagogikasining talablarini keng ommaga ma’lum qilib bordilar. 0 ‘zbek
dostonlari ijro an’anasiga ko‘ra
xilma-xilligi, mavzulari rang-barangligi
bilan shuhrat topdi.
Xalq epik ijodining shoh asarlari dostonlar misolida o ‘zbek
millatining jahon xalqlari ma’naviy va madaniy xazinasiga qo‘shgan
munosib hissasi haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Mazkur merosni
o ‘rganishda H.Zarifov, M.Alaviya, M.Afzalov, T.G‘oziboev, O.Sobirov,
Z.Husainova, M.Saidov, J.Qobulniyozov, M.Murodov, B.Sarimsoqov,
A.Qahhorov kabi marhum olimlar va T.Mirzaev
boshchiligida bugungi
kunda tinimsiz mehnat olib borayotgan S.Ro‘zimboev, O.Safarov,
A.Musaqulov, M.Jo‘raev, U.Jumanazarov, Sh.Turdimov, J.Eshonqul,
A.Ergashev kabi tadqiqotchilar xalq oldidagi burchlarini ado etish yo‘lida
xizmat qilmoqdalar.
76 Мирзаев Т., Саримсоков Б. Достон, унинг турлари ва тарихий таракхисти / Узбек
фолышорининг эпик жанрлари. - Т.: Фан, 1981. - Б. 32.
Do'stlaringiz bilan baham: