580
[G‘ITUR].
O‘zbekistonda oxirgi yillarda yangidan-yangi ko‘rgazma
va yarmarkalar
paydo bo‘lmoqda. 1994 yildan boshlab Toshkentda har yili oktabr oxirlarida
Toshkent Xalqaro turistik Yarmarkasi (TITG‘) o‘tkaziladi. Bu tadbirlarning farqli
jihati turizm industriyasining professional xodimlarga yo‘naltirilganligi va keng
matbuot doirasida amalga oshirilishidir. Bu kabi tadbirlar
qatnashchilari milliy
turistik tashkilotlar va uyushmalar, turoperator va turagentlar, mehmonxonalar,
transport, sug‘urta, avtomobil
ijarasi kompaniyalari, maxsuslashgan nashriyotlar,
ilmiy tashkilotlar, turizm bo‘yicha o‘quv yurtlari hisoblanadilar.
Maxsuslashgan ko‘rgazmalarda qatnashish turmahsulotni harakatlantirish
ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Ko‘rgazma faoliyatining asosiy maqsadi - bir
tomondan, iste’molchi va sotuvchi firmalarga ulkan miqdordagi
turistik takliflar
orasida yo‘nalish topa olishiga yordam berish, ikkinchi tomondan, turoperatorga
sotish bo‘yicha talablarini sifat va miqdoriy jihatdan
qondira oladigan boshqa
mamlakat va regionlarda hamkor topishga yordam berishdir.
Shuning uchun bu yerdagi reklamalar ko‘rinishi va tarkibi bo‘yicha katta
tijorat harakteriga ega - narx, bron qilish shartlari, mavsumiylik, xizmat ko‘rsatish
klassi, kutiladiganxizmadar haqidaxabar qiladi, mehmonxonalar tasvirini beradi va
hokazo.
Ko‘rgazmalarda qatnashish hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha
istiqbolli faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rgazmalarda qatnashish to‘lov
asosida amalga oshiriladi. Qatnashchilar va tashrif buyuruvchilarning ko‘pchiligi
har yili o‘tkaziladigan bunday tadbirlar turistik korxonalarning muvaffaqiyatli
ishlashi uchun ahamiyatli ekanligini bildiradi.
Ko‘rgazma tadbirlari quyidagi belgilariga ko‘ra klassifikatsiya qilinadi:
- o‘tkazilish maqsadlari bo‘yicha (savdo va ma’lumot, tanishuv);
- o‘tkazilish chastotasi bo‘yicha (davriy, har yili, mavsumiy);
-eksponatlar taklifi harakteri bo‘yicha (universal, tarmoqli, maxsuslashgan)
- qatnashchilar tarkibi bo‘yicha (hududiy, hududlararo, milliy, xalqaro).
Savdo ko‘rgazmasi tadbirlari mavsumiy hisoblanib, birjalar harakteriga ega
(masalan, navbatdagi mavsum boshida o‘tkaziladigan "Turinfo" birjasi,
turoperatorlar turagentlar va iste’molchilarga turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z
mahsulotlarini taklif etadilar). Bu birja davriy ravishda "Aerostar" mehmonxonada
(Moskvada) o‘tkaziladi, unda kelayotgan mavsum uchun
shakllantirilgan tayyor
turpaketlar taklif qilinadi. Bunday ko‘rgazmalar, odatda, hududiy hisoblanadi.
Universal va ko‘p tarmoqli ko‘rgazmalar muntazam harakterga ega bo‘lib,
har yili o‘tkaziladi va milliy hamda xalqaro darajadagi tadbirlar hisoblanadi.
Masalan, Moskvada o‘tkaziladigan MITT xalqaro ko‘rgazmasi, har yili mart oyida
o‘tkaziladi. Unda tarmoq korxonalari (mehmonxonalar, transport kompaniyalari),
shuningdek, Rossiya turizm bozoridan manfaatdor mamlakatlar vakillari
qatnashadilar.
Ko‘rgazmalarda qatnashishdan foyda va unga qilinadigan harajatlar
ko‘rgazma uchun qo‘yilgan kapitalga foyda matritsasida namoyish qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: