576
21x 10,5 sm qilib buklangan (kichik kitobcha) buklet ko‘rinishida 21x21 sm
o‘lchamli nashr chiqarilsa, nom bukilishlarda joylashib qolmasligi kerak.
Milliy va xorijiy bozorlar uchun alohida nashrlar chiqarish maqsadga
muvofiqdir. Bunda suratlar o‘zgartirilmasdan faqat matn turlicha bo‘lishi mumkin.
Tarjima yetuk mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Nashrning turli davlatlardagi o‘quvchilarga moslashtirilishda tarjimaga
ijodiy yondashish kerak. Katalog tarqatilishi rejalashtirilayotgan mamlakat
qanchalik yaqin bo‘lsa, katalogda shuncha ko‘p batafsil yoritilgan ma’lumot
bo‘lishi kerak. Agarda mamlakat iste’molchilardan uzoqda joylashgan bo‘lsa,
ma’lumotlarda shaharlar va yodgorliklar xususiyatlarining
batafsil yoritilishi talab
etilmaydi, ammo iqlimi, umumiy turistik ob’ekti, bu joyga qanday borish
mumkinligi to‘g‘risidagi maiumotlarga ko‘proq joy ajratish maqsadga muvofiq.
Turli davlatlar turistlariga xos qiziqishlarning milliy xususiyatlarini hamma
vaqt hisobga olish kerak. Masalan, oilaviy dam olishni tashkil qilish bo‘yicha
mutaxassis E. Lou shunday yozadi:
britaniyaliklar, albatta, boriladigan joylardagi
narxlar va havo haroratini bilishni istaydilar, fransuzlar - qayerdan va qanday
ovqatlanish
mumkinligi bilan, italiyaliklar menyuda nima borligi bilan,
amerikaliklar esa bino yoki inshootning qurilishi necha pulga tushganligi bilan
qiziqadilar.
Milliy madaniyatimizga tegishli va mamlakat ichida reklama sifatida
foydalanilayotgan dalillarimiz xorijda foydalanish uchun hech qanday qiymatga ega
bo‘lmasligi mumkin. Tarjimada ko‘p mazmunini yo‘qotadigan
badiiy iqtiboslar
haqida ham xuddi shu fikrni bildirsa bo‘ladi. Ba’zi hollarda mijozlarni jalb qilishi
lozim bo‘lgan ma’lumotlar, aksincha, ularga teskari ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Nashrning o‘lchami va boshqa jihatlari, birinchi navbatda, uning tarqatilishi
shartlariga qarab aniqlanadi, chunki pochta jo‘natmalari usullari shunga bog‘liq
hisoblanadi. Ko‘rgazmaga qo‘yish uchun doimiy moslamalardan foydalanish
standart bo‘yicha zaruriyatini tug‘diradi. Xalqaro standart o‘lchami (bukilgan holda
21x10,5 sm) pochta orqali jo‘natish uchun to‘g‘ri keladi. Maxsus o‘lchamli
broshyuralar uchun konvertlarni tayyorlash qimmat hisoblanadi. Ko‘pincha,
mohirona tayyorlangan bukletlarning ko‘pchiligi agentlik papkalarida qolib ketadi.
Nisbatan ko‘p qo‘llaniladigan o‘lchamlar: 21x10,5 sm, 21x21 sm va A4 (21x27,9
sm).
Kataloglarning asosiy tarkibi - bu narxlar keltirilgan jadvallardir. Bu
jadvallarni tayyorlash uchun yagona talablar va standartlar mavjud emas. Biroq ikki
nisbatan tipik variantlarga ajratish mumkin.
Birinchisi - an’anaviy variant turpaketning oxirgi narxi ko‘rsatilgan
jadvallarni o‘z ichiga oladi (bir yoki bir necha kishiga).
Bunday jadvallar bilan ishlashda o‘ziga xos kamchiliklar mavjud. Masalan,
mijozlar bilan ishlay boshlashdan oldin menejer hisob-kitob usulini egallashi, har
doim qo‘li ostida kalkulyator bo‘lishi va kim davomida ko‘pgina
hisob-kitoblarni
qilishga tayyor bo‘lishi zarur. Har safar tur qiymatini hisoblash zaruriyati ko‘p vaqt
talab qiladi. Narxni tushirishning har ikkala usuli teng darajada amal qilish
huquqiga egadir, Asosiysi, ma’lumot to‘liq, tushunarli va ishonchli bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: