553
ataladigan, ya’ni firmaning mavjud hisob raqami, uning taxminiy hajmi va harakati
to‘g‘risidagi bankdan olinadigan ma’lumotnomani taqdim qilishga moyildirlar.
Biroq bu kabi ma’lumotnomalar nafaqat kredit qobiliyatini aniqlash uchun asos
bo‘la oladi, balki tuzilgan bitimlar bo‘yicha to‘liq va o‘z vaqtida hisob-kitoblar qila
olishiga ham kafolat bo‘la olmaydi.
Turistik firmaning kredit qobiliyatini bank kafolati tasdiqlashi mumkin.
Biroq banklar mustaqil ravishda, firmaning bunga alohida roziligisiz bunday
kafolatni berish huquqiga ega emas, chunki bunday hollarda bank firma
faoliyatining barcha moddiy majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan bo‘ladi. Bank
kafolat berishida firmaning joriy hisob raqamidan tegishli summani olib qoladi va
kafolat depoziti sifatida ushlab turadi. Bu esa
firma uchun ahamiyatli pul
mablag‘larining muomaladan olib qo‘yilishini bildiradi va firma bu yo‘lni uncha
ham xushlamay qabul qilishi mumkin. Shuning uchun firma tomonidan bank
kafolatini taqdim qilish yuzasidan muzokaralarda bu shartni tegishli tarzda
tushuntirish lozim.
Firma bilan hisob-kitoblar bo‘yicha manfaatlarni ta’minlashning nisbatan
real yo‘li undan avans to‘lovlarini olish hisoblanadi. Erishilgan bitimga qarab avans
to‘lovlari depozit yoki naq ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Depozit umumiy bitim narxining kelishilgan qismi bo‘lib, sotishlar bo‘yicha
hamkor shu qism pulni butunlay hisob-kitob qilish kafolati sifatida kelishilgan
muddatga, mazkur bitim boshlangunga qadar turistik firma hisobiga o‘tkazib
beradi. To‘liq hisob-kitob qilib bo‘linganda depozit bitim narxining umumiy to‘lovi
hisobiga kiritiladi. Bitim buzilgan hollarda depozit amaldagi me’yorlar asosida
qaytariladi.
Xorijiy turistik firmalar bilan hamkorlik amaliyotida
depozitning ikki xil
shakli amal qiladi. Birinchisi - turistik xizmatlar to‘lovi hisobiga kiritiladigan, yil
davomida turistlarga beriladigan depozitdir. Bunday depozit yil boshida kiritiladi.
Uning hajmi shartnoma tuzadigan tomonlar kelishuviga qarab aniqlanadi. Yil
oxirida u oxirgi operatsiyalar to‘lovi sifati hisoblanishi yoki keyingi yil uchun yangi
depozit sifatida o‘tkazilishi mumkin.
Ikkinchi depozit shakli har bir ma’lum turistik xizmatlar sotuvi bo‘yicha
hisob-kitoblarda, ko‘pincha turistik guruhlarni qabul qilishda qo‘llaniladi; bu holda
depozit har bir keladigan guruh uchun belgilangan muddatlarda va belgilangan
hajmlarda kiritiladi.
Hamkorlar bilan depozit shaklida hisob-kitob qilishda turoperator doimiy
ravishda turagentning joriy qarzlari kiritilgan depozit summasidan oshib
ketmasligini kuzatib borishi zarur.
Faoliyat qobiliyati
. Bu tushuncha ostida turistik firmaning tuzilgan bitimdan
kelib chiqadigan majburiyat va huquqlarini bajara olish qobiliyati tushuniladi.
Turistik firma faoliyat qobiliyati qandaydir doimiy ko‘rsatkichlar bilan cheklanib
qolmaydi. Firmaning ko‘p qirrali faoliyati,
uning mulki, bozordagi holati, ish
aloqalari orqali tasniflanadi. Firmaning bu sifatlarini baholashda bizning diqqat
markazimizda yaxshi joyda joylashgan va jihozlangan savdo binolari mavjudligi,
reklama hajmi va sifati, transport va mehmonxona kompaniyalari bilan aloqalari,
milliy, regional turistik tashkilotlarga a’zoligi, personal malakasi va soni,
kontragent tarmog‘i va firmada kompyuter tizimlari mavjudligi bo‘lishi lozim. Bu
hali firma faoliyat qobiliyatini bildiradigan ko‘rsatkichlar ro‘yxatining
hammasi
emas. Shuni qayd etish lozimki, bularning hammasi kompleks tarzda va tez
554
sur’atlarda ko‘rib chiqilishi lozim. Natijada esa o‘rganilayotgan firmaning ish
sifatlari haqida obektiv tasavurga ega bo‘lishimiz mumkin.
Turoperator turagentni diqqat bilan tanlashi kerak, uning ishonchliligiga
ishonch hosil qilganidan keyingina u bilan agentlik bitimini tuzish mumkin.
Agentlarni turmahsulot xususiyatlaridan va oldiga qo‘yilgan realizatsiya
masalalaridan kelib chiqib tanlaydilar.
Turagentlarni tanlashda e’tiborga olinadigan omillar:
- turlarning predmet yo‘nalishi;
- huquq va majburiyatlar hajmi;
- korxonalar guruhining ma’lum hududi mavjudligi;
- potensial turistlar guruhlarining ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa kriteriylari;
- sotish usullari va texnologiyasining turlichaligi;
- o‘zaro hisob-kitoblar ko‘rinishi;
- ish tajribasi va turizm sohasidagi mavqei (imidji);
- mazkur faoliyat ko‘rinishi uchun litsenziyaning mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: