556
foydalanish va iste’molchilarga zarar yetkazish ish haqining minimal miqdori yoki
to‘liq ish haqi miqdori yoki sudlanuvchining ikki oydan besh oygacha boshqa
daromadlari miqdorida jarima to‘lash; yoxud 80 soatdan 240
soatgacha majburiy
mehnat yoxud 3 oydan 6 oygacha qamoqqa olish yoki 2 yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
3.O‘zbekiston
Respublikasining
"Ommaviy
axborot
vositalari
to‘g‘risida"gi Qonunida shunday deyiladi: "OAVda, reklama axborotlari va
materiallariga maxsuslashtirilgan sifatida ro‘yxatga olinmagan reklama tarqatish
hajmi davriy bosma nashrning alohida nomeri hajmining 40
foizidan; radio va
teledasturlar uchun - 25 foizdan oshmasligi lozim. Tahririyat ma’lumot, tahririyat
va mualliflik materiallari ko‘rinishda joylashtirilgan reklama uchun haq olish
huquqiga ega emas".
4.O‘zbekiston Respublikasining "Mahsulotlar va
xizmatlar sertifikatsiyasi
to‘g‘risida"gi Qonunida majburiy sertifikatsiyadan o‘tishi lozim bo‘lgan, ammo
muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan mahsulotlarni reklama qilish ta’qiqlanadi.
Turoperator turlar sotish bilan bog‘liq kataloglar, reklama varaqalari va
e’lonlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgar hisoblanadi.
Turmahsulot reklamasining murakkabligi shundaki,
u bir vaqtning o‘zida
qator turli xil jihatlarni aks ettirishi lozim:
•
talabning bozor segmentlari bo‘yicha takliflarning
turli-tumanligi
(masalan, yosh bolalardan boshlab, o‘rta sinf vakillariga qadar va VIP-
turistlar uchun);
•
sayohat va safarlar joylarining farqlari (masalan, an’anaviy yo‘nalishlar -
Turkiya, Kipr, Italiya, Ispaniya, Marokko, Bali,
Keniya va hokazo kabi
yangi yo‘nalishlar);
•
turizmning turli ko‘rinishlari (sport, tarixiy, sog‘lomlashtirish va
boshqalar).
Ko‘pincha, bir reklama axborotida mahsulotni harakatlantiruvchi har uchala
tashkil qiluvchini ham hisobga olish talab qilinadi (yo‘nalish, safarlar ko‘rinishlari
va iste’molchilar kategoriyalari bo‘yicha ajratilgan takliflar).
Bunda reklamaning quyidagi asosiy prinsiplarini hisobga olish zarur:
•
reklama qisqa bo‘lishi lozim, aks holda u oxirigacha qabul qilinmaydi;
•
reklama mijozlarga tushunarli bo‘lishi kerak, chunki ongli qabul qilingan
narsalar odatda xotirada ko‘proq saqlanib qoladi;
•
axborotning boshidagi va oxiridagi xabarlar axborotning o‘rtasida
keltiriladigan ma’lumotlarga qaraganda yaxshi esda qoladi. Reklama
axboroti maketi va matnini tuzishda asosiy ma’lumot bilan boshlab, u bilan
tugatish uchun uni oldindan ajratib olish lozim;
•
ma’lumotlar odatiy tushunchalarga, ishonchlar, fikrlarga zid bo‘lmasa,
yengil qabul qilinadi va yaxshi eslab qolinadi;
•
jamiyat hayotining asosiy tendensiyalari ruhiyatini
ham hisobga olish
zarur. Buning uchun aholi ichida ijtimoiy so‘rovlar, ya’ni marketing
tadqiqotlarini o‘tkazish kerak. Faqat shu orqali mijozlarga nima yoqishini
bilib olish mumkin.
Turistik firmadagi reklama bo‘yicha taktik qarorlar
o‘z ichiga 3 blok
savollarni oladi:
•
reklama vositalari yoki reklama tashuvchilarni tanlash;
•
reklama e’lonlariga to‘lovlar va harajatlarni nazorat qilish;