Referat 2015-2016 o’quv yili Fan o’qituvchisi Murodqosimov Y. Keniya



Download 133 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi133 Kb.
#427117
TuriReferat
Bog'liq
Keniya




3-umumta’lim maktabining
8- “B” sinf o’quvchisi Shokirova Sevinchning geografiya fanidan tayyorlagan


REFERAT




2015-2016 o’quv yili
Fan o’qituvchisi
Murodqosimov Y.
Keniya
K eniya (Kenya), Keniya Respublikasi (Republic of Kenya) — Sharqiy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi. Mayd. 582,6 ming km2. Axrlisi 30,7 mln. kishi (2001). Poytaxti Nairobi shahri. Maʼmuriy jihatdan 7 viloyat (province)ra va poytaxt okrugiga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
K. — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1969 y.da qabul kilingan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1978 y.dan Daniel arap Moi). U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli b-n 5 y.ga saylanadi va qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va Millat majlisi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident, vitse-prezident va hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
K. Sharqiy Afrika yassitogʻligi (sharkda bal. 500 m va gʻarbda bal. 1500 m) shim.-sharqiy chekkasida joy-lashgan. Hind okeani sohili uzilma togʻlardan iborat, tik va kam parchalangan. Jan.dan shim.ga tomon kengayib (50–200 km) boradigan tekislik bor. Unga tutash botiqning atrofi togʻ tizmalari (sharkda Aberder, bal. 400 m gacha, gʻarbda May va Elgeyo, bal. 3000 m gacha) va soʻngan vulkanlar (Keniya togʻi, 5199 m — K.dagi eng baland choʻqqi), Viktoriya koʻli boʻylari kambar tekislik b-n oʻralgan. Trona, oltin, kianit, diatomit, ohaqtosh, grafit, polimetall ruda konlari topilgan. K. ekvator iqlim mintaqasidajoylashgan. Sohilda harorat issiq (iyulda oʻrtacha t-ra 24—25°, yanv.da 27°), yassitogʻlikda salqinroq. Yillik yogʻin miqdori shim.-sharkda 250 mm dan jan.-gʻarbda 1500–2000 mm gacha. Ekvator yaqinida seryomgʻir mavsum: mart—apr. va noyabr—dek. Daryolari kam suvli, qisqa, ayrimlaridagina kema qatnaydi. Yiriklari: Tana, Galana. Oqmas koʻl koʻp (eng kattasi — Rudolf). Mamlakatning sharqi va shim.-sharqi jigarrang-qizil lateritlashgan, toshloq, kamhosil, aksar shoʻr tuproqli. Shim.-gʻarbi va jan.-sharqi qizil-qoʻngʻir, Viktoriya koʻli boʻylari oʻtloqi qizil-qoʻngʻir, Hind okeani sohili qora va boʻz tuproqli. K. shim.da tikanli oʻrmonlar va butazorlar, choʻlga aylanayozgan savannalar, gʻarbida boʻydor oʻtli savannalar, togʻ etaklarida sernam tropik oʻrmonlar, togʻlarda oʻtloqlar bor. Yovvoyi hayvonlardan fil, karkidon, zebra, buyvol, jirafa, arslon, maymunlar, daryolarda timsoh, begemotlar uchraydi. K.da qoʻriqxona va milliy bogʻlar (Savo, Sibilon, Maun-Keniya, Meru, Aberder va b.) koʻp.
Aholisining 66% ni benue-kongo tillarida soʻzlashuvchi xalqlar tashkil etadi. Ularning yiriklari: kikuyyu, luxya, kamba, kisii, meru va b. K.da hindlar, yevropaliklar, arablar va b. ham yashaydi. Rasmiy tillar — suaxili va ingliz tillari; aholining 1/2 qismi mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi, qolganlari xristianlar, musulmonlar va b. Jami aholining 25,3% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Nayrobi, Mombasa, Nakuru, Kisumu.
Tarixi
K. hududida ilk paleolit davrida manzilgohlar boʻlgani maʼlum. Ayrim tadqiqotchilar dastlabki odamzot shu yerda paydo boʻlgan, deb hisoblaydilar. Hoz. aholisining koʻpchiligi 14—19-a.larda Afrikaning turli joylaridan kelgan bantu va nilot qabilalaridan tarqalgan. Mil. av 5—6a.larda K.ga yunon, misr, xitoy, arab dengiz sayyohlari va savdogarlar kelib ketib turgan. 7—8-a.larda qishloqlar, 11 — 15-a.larda shahar-davlatlar paydo boʻldi. 16-a.da portugallar K.ning sharqiy qismini bosib oldi. 18-a.da bir necha arab sultonliklari vujudga keldi va qul savdosi rivojlandi. Buyuk Britaniya qul savdosiga qarshi kurash bahonasi b-n K.ga suqilib kela boshladi. 19-a. oxirida K. Buyuk Britaniya qoʻl ostiga oʻtdi. Mustamlakachilar mahalliy aholidan unumdor yerlarni tortib oldi. Afrikaliklar maxsus ajratilgan joylarda yashashga majbur etildi, irqiy kamsitildi. 1920 y.da K. Buyuk Britaniya mustamlakasi deb eʼlon qilindi. Shundan keyin mustamlakachilikka qarshi harakat qiluvchi siyosiy tashkilotlar (Kikuyyu tashkiloti va b.) tuzilib, ular majburiy mehnat bekor qilinishi, soliqlar qisqartirilishini, maorif tizimi yaxshilanishi va tortib olingan yerlar qaytarib berilishini talab qildi. 2-jahon urushi davrida K. oziq-ovqat va q.x. xom ashyosi yetkazib beruvchi manbaga aylantirildi, keniyalik askarlar Buyuk Britaniya mustamlaka qoʻshinlari safida Yaqin Sharq va Birma (hoz. Myanma)dagi urushda qatnashdilar. 40-y.lar oxirida ozodlik harakati yanada kuchaydi. 1952 y.da qurolli qoʻzgʻolon boshlandi. Qoʻzgʻolon 4 y. davom etdi. Mustamlakachilar qoʻzgʻolonni bostirib, vatanparvarlardan 11 ming kishini oʻldirdi, 100 mingga yaqin kishini qamoqqa oldi. 1960 y. tuzilgan K. afrikaliklar milliy ittifoqi (KANU) K. mustaqilligini talab qildi. 1961 y. Krnun chiqaruvchi kengashga oʻtkazilgan saylovda KANU 67% ovoz oldi. 1963 y. mayda yangi Millat majlisiga oʻtkazilgan saylovda ham KANU gʻolib chiqib, J. Keniata boshchiligida birinchi milliy hukumat tuzildi. 1963 y. 12 dek.da K. mustaqil davlat, 1964 y. 12 dek.da esa respublika deb eʼlon qilindi K. — 1966 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 dek. — Mustaqillik kuni (1963).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
Demokratik partiya, 1992 y.da tuzilgan; K. afrikaliklar milliy ittifoqi (KANU), 1960 y.da asos solingan; Milliy rivojlanish partiyasi, 1994 y.da tuzilgan; Sotsial-demokratik partiya, 1992 y.da asos solingan; Ford-Asili va Ford-K. partiyalari, 1992 y. okt.da tuzilgan. K. kasaba uyushmalari markaziy tashkiloti, 1965 y. da tuzilgan.
Xoʻjaligi
K. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi — 24%, sanoatning ulushi — 10%gayaqin. Iktisodiyotining asosi - q.h., uning mahsuloti mamlakat eksportining 3/4 qismini tashkil etadi. K. mustaqillikka erishgach, yalpi ichki mahsulot tarkibida q.x.ning ulushi tobora pasayib, sanoat va savdoning ulushi oshib, natural i.ch. ulushi kamaydi.
Qishloq xoʻjaligida aholining 70% band. Asosiy ekinlari — kofe, choy, sizal, piretrum, paxta, sholi, bugʻdoy, shakarqamish; ichki ehtiyojlar uchun makkajoʻxori, maniok, tariq, joʻxori, arpa yetishtiriladi. Sut chorvachiligi, parrandachilik, choʻchqachilik rivojlangan. Qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Baliq ovlanadi va yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoati, asosan, q.x. xom ashyosini qayta ishlovchi korxonalar va hunarmandchilik ustaxonalaridan iborat. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, avtomobil yigʻuv, koʻnchilik, kimyo, neftni qayta ishlash, taxta tilish va metallsozlik, qogoz sanoati korxonalari, sement z-dlari ham bor. Konchilik sanoatida flyuorit, tabiiy soda, diatomit, kaolin, gips, kianit, asbest, osh tuzi qazib chiqarish ustun. Birmuncha miqdorda mis, qoʻrgʻoshin, kumush qazib olinadi. Yirik sanoat markazlari: Nayrobi, Mombasa, Kisumu, Nakuru, Tika, Eldoret sh. Energetika soxasida gidroelektr st-yalariningsalmogʻi katta. Tana daryosi boʻyida Gitaru, Kamburu, Kindaruma GESlari qurilgan. Yiliga oʻrtacha 3,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.
Transporti
3 ming km t. y., 62 ming km avtomobil yoʻli bor (shundan 4,5 ming km asfaltlangan). Asosiy dengiz porti — Mombasa. Nayrobi va Mombasada xalqaro aeroportlar bor.
K. chetga kofe, choy, neft mahsulotlari, tamaki, piretrum, sizal, meva va sabzavot, kalsinirlangan soda, goʻsht, teri, sement va h.k. chiqaradi. Chetdan sanoat va transport uskunalari, oziq-ovqat va kimyo mahsulotlari, qora va rangli metall, neft, dori-darmon va h.k. oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlar — Buyuk Britaniya, Gemaniya, AQSH, Yaponiya, Niderlan-diya. Tashqi sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — Keniya shillingi.
Tibbiy xizmat. Sogʻliqni saqlash tizimiga davlat rahbarlik qiladi. Yuqumli kasalliklar (bezgak, ichburugʻ, yuqumli gepatit, ich terlama va b.) keng tarqalgan. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar Nayrobi universitetida, oʻrta malakali tibbiy xodimlar Tibbiy tayyorgarlik markazi va tibbiyot maktablarida tayyorlanadi.
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. K.da boshlangʻich maktab 7 y.lik va bepul. Bolalar 6 yoshdan ingliz tilida oʻqitiladi. 4-sinfdan boshlab suaxili tili.oʻrgatiladi. Oʻrta maktab 6 y.lik. Mamlakatda 16 ming boshlangʻich, 2,5 ming oʻrta maktab bor. . Ilk hunar-texnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida 2—6 y.lik savdo, tijorat, hunarmandchilik, q.x., oʻrmon va veterinariya hunar bilim yurtlari va maktablarida, shuningdek, korxonalarda amalga oshiriladi. Oʻrta texnika taʼlimi kichik oʻrta maktab negizida kollejlarda tashkil etilgan. Oliy oʻquv yurtlari: Nayrobidagi Milliy universitet, Egerton universiteti, Nayrobidagi universitet kolleji. Yirik kutubxonalari: Milliy universitet kutubxonasi, Nayrobidagi Yodgorlik kutubxonasi, universitet kolleji kutubxonasi, Mombasadagi ommaviy kutubxona; muzeylari: Nayrobidagi K. milliy muzeyi, Kitale sh.dagi Gʻarbiy K. milliy muzeyi, Mombasadagi muzey va b.
K.da 20 ga yaqin ilmiy muassasa, jumladan, Nayrobida K. industrial tadqiqot instituti, Milliy q.x. lab., Tibbiyot tadqiqotlari lab., Sil kasalliklari tadqiqot markazi, Q.x. tadqiqot markazi, Tibbiy tadqiqot instituti, Sharqiy Afrika instituti, Afrika tarixini oʻrganuvchi xalqaro institut, Nyanza viloyatida paxta tadqiqoti st-yasi, Ru-iruda kofe tadqiqoti markazi, Kerichoda choy tadqiqoti inti va b. bor.
Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish