439
imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu korxonalarni ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha
turoperator lobbisi ta’minotchi – korxona ya’ni
turistik xizmatlarni taklif
etuvchilardir.
Turoperatorlarning qarorlari va irodasi nafaqat aviyakompaniyalarni
faoliyatida, balki aviyaquruvchi konsernlar va kelajakdagi fraxt xizmatini
ko‘rsatuvchi kuchlar uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Analogik vaziyatga
avtotransportlar va temir yo‘l korxonalari faoliyati taaluqlidir. Haqiqatni aytish
kerakkki turoperator lobbilari faqat postindustrial iqtisodiyotga xos, yuqori
daromadli turist potensialini mujassamlashtirgan,
yuqori darajadagi raqobatni
taqozo etuvchi tizimga xos va mosdir.
Shunday qilib, turoperator zamonaviy dunyoda ko‘pgina infra va
suptuzilmali turistik industriya korxonalariga potinsial mijozlar taklif etishda
kafolat ramziga aylandi, bu o‘z navbatida uni haqiqiy kuch salohiyatini qulga
kiritishga olib keldiki, oxir oqibatda u funksiyalangan tobe korxonalargagina o‘z
ta’sirini o‘tkazib qolmasdan, boshqa sohalarda ham o‘z ustivorlik tomonlarini
namoyon eta boshladi.
Mamlakat va mintaqalarda turistlarning tutgan o‘rni,
iqtisodiy tizimga
ta’sirini keng tus ola boshlaganidan tuooperatorlar xususida dunyo davlatlari
o‘rtasida o‘zaro rioya etiladigan tartiblar ishlab chiqilgan. Birinchi o‘rinda
turopereytingga oid faoliyat uchun ruxsatnoma, davlat organini aniqlash
ruxsatnoma vakolatlari talab etiladi. Talab etiladigan ruxsatnomani (litsenziya)
davlat qonunchiligiga muofiq va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib uch guruhga
bo‘lish mumkin:
- mustaqil faoliyat yurituvchi huquqini beruvchi turoperator ruxsatnomasini
(litsenziyani) yuridik shaxs sifatida qonuniy shakllanganligini tasdiqlovchi hujjatlar
taqdimoti, eng avvolo yuridik shaxslarni ta’sischilari haqida ma’lumot, uning
tashkiliy-huquqiy shakli, ustav kapitalini o‘lchami, ishtirokchi firmasining mulki
to‘g‘risida ma’lumot;
- turizm sohasida tajribaga ega bo‘lgan ishchilar guruhining,
shtatlarning
mavjudligi yoki ma’lumoti muofiq keladigan, ya’ni kelajakda sifatli turoperator
xizmatlari ko‘rsata olish mumkinligi isbotlovchi holatlarni talab etilishi;
- kelajakda turoperatorlik faoliyati istiqbollari uchun shartnomalar (yuk
tashuvchilar, boshqa turoperatorlar bilan shartnoma munosabatlari) mavjudligi.
Turoperator tavakkalchilik darajasini hisobga olib operator ishi bilan bog‘liq
yuk tashuvchilar, konsullik xizmatlari, fors-mojor holatlari va turistlar xuquqlarini
buzilishi ehtimollari, ularga ma’naviy zarar yetkazishlarni hisobga olib jahon
turoperator reytingi tomonidan turoperatorlar uchun moliyaviy kafolatlar ishlab
chiqilgan. Bu pul ko‘rinishida banka depozit sifatida qo‘yiladi, u albatta ma’lum
summa qiymati ifodalaydi. Bu chora turizm bozorida kichik va o‘rta darajali
turoperatorlarni faoliyatini qisqarish va cheklanishga olib keldikim, bu o‘z o‘rnida
yirik turoperatorlarga raqobatda yengillik hosil qiladi. Moliyaviy kafolat naqdligi
turoperator uchun kutilmagan muammolarni bartaraf
etishda imkoniyat yaratadi,
turistlar huquqlarini himoyasini kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: