18-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing



Download 54 Kb.
Sana23.03.2022
Hajmi54 Kb.
#506479
Bog'liq
18-Mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing


18-MAVZU. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATDA MARKETING
1.Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing: asosiy holatlar.
2.Marketing tushunchasi va mohiyati.
3.Xalqaro marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari.

Dunyo yanada integratsiyalashgan tizimga aylanib, turli xil davlat strukturalarining siyosiy integratsiyasi intensivlik bo‘yicha iqtisodiy integratsiyadan ortda bormoqda.


Hozirgi kunda jahon hamjamiyati uchun xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro mehnat taqsimoti asosida rivojlanish jarayoni juda xos bo‘lib, ayrim mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhlari o‘rtasida ob'ektiv, barqaror tijorat munosabatlarini aks ettiradi. Rivojlanib borayotgan jahon hamjamiyati iqtisodiy jarayonlarni baynalminallashtirish tendensiyasini kuchaytiradi, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyasiga ko‘maklashadi, savdo va ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik ishlari bilan almashinishga xizmat qiladi. Bu jarayon sotuv bozorini kengaytirishning barcha omillarini hisobga olish, xalqaro tijorat-xo‘jalik aloqalarining barcha zamonaviy shakllarini rivojlantirishni talab qiladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi eksport va importda, xalqaro auksion va savdolarda, chet el korxonalariga kiritiluvchi investitsiyalarda va nihoyat tovar va xizmatlar jahon bozorida namoyon bo‘lib, ko‘plab mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi hamda chet eldagi ishlab chiqarish va sotuv bo‘linmalaridan foydalanuvchi transmilliy korporatsiyalar amalda butun jahon uchun ishlaydi. Bularning barchasi tovar va xizmatlarni mamlakat hududidan tashqarida sotish bo‘yicha maxsus tadbirlar majmuasi - xalqaro marketing zaruratini yuzaga keltiradi. Bu yerda gap xalqaro firmalar haqida boradi. Bu firmalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati xorijiy mamlakatlarda ham tarqaladi hamda ular sho‘ba korxonalarning mavjudligi, texnologik kooperatsiya va ixtisoslashuv, resurslar bazasining umumiyligi, boshqaruv va nazoratning markazlashuvi bilan tavsiflanadi.
Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish uchun xalqaro marketing usullaridan – ishlab chiqarishni tashkil etish va tovar mahsulotlarini sotish kompleks tizimi, xalqaro bozor tadqiqotlari va prognozlash asosida muayyan xorijiy iste'molchilarning talab va ehtiyojlari, hohish-istaklari va odatlarini qondirish uchun xizmat ko‘rsatishdan unumli foydalanish zarur.
O‘zbekistonda bozor munoasabatlarining rivojlanishi va u bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab korxonalar iqtisodiy faoliyatidagi o‘zgarishlar tobora o‘z mahsulotlarini eksport qilishga yo‘naltiradi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan tovarlarni import qilishga ixtisoslashgan savdo tashkilolarining paydo bo‘lishi, mamlakatimizdagi xo‘jalik strukturalarining xalqaro mehnat taqsimotiga jalb etilishi – bularning barchasi, ayniqsa, korxona, tashkilot, bank va sug‘urta kompaniyalarining ishlab chiqarish, sotuv va boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida xalqaro marketing funksiyalari va usullarini yaxshi bilishni talab qiladi.
Xalqaro marketing tushunchasi va mohiyati. Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing tamoyillari va usullaridan foydalanish tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Chet el mamlakatlarida marketing sohasidagi tashqi iqtisodiy faoliyat xalqaro marketing nomini olgan. Uning yuzaga kelishiga o‘tgan asrning 60-yillarida xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish sharoitlarining jadallashuvi va turli mamlakatlarda tovar iste'mol qilishning chuqurlashuv jarayoni asosiy sabab bo‘ldi. Xalqaro marketing sohasida yevropa marketing jamiyati (yeSOMAR), Xalqaro marketing federatsiyasi (IFM), shuningdek, ko‘pchilikka ma'lum bo‘lgan Amerika marketing assotsiatsiyasi (American Marketing Association –AMA) kabi xalqaro tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xalqaro marketing ko‘pincha mamlakatlar chegarasidan tashqaridagi tovar va xizmatlar marketingi yoki mahsulot va xizmatlarni ikki yoki undan ortiq mamlakatda ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi xalqaro kompaniya tomonidan amalga oshiriluvchi marketing sifatida ta'riflanadi. Xalqaro marketing konsepsiyasining mazmuni va uning rivojlanish yo‘nalishlari tovar va xizmatlar jahon bozori bilan aloqasi xarakteri va kengligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bu aloqalarni quyidagilar yordamida tavsiflash mumkin:
1. Korxona mahsulot eksportchisi ham, importchisi ham bo‘lmaydi va xalqaro mehnat taqsimotining boshqa hech qanday shakllarida ishtirok etmaydi.
2. Korxona vaqti-vaqti bilan tayyor mahsulotlarni eksport qiladi hamda chet eldan tovar va xizmatlarni import qiladi.
3. Korxona xalqaro mehnat taqsimotida import materiallar yoki tarkibiy qismlar, nou-xauni iste'mol qilish orqali ishtirok etadi yoki aksincha, u yetkazib beruvchi material va yarim tayor mahsulotlar yakuniy mahsulot tarkibida eksport qilinadi.
4. Korxona shartnomaviy ishlab chiqarish yoki qo‘shma korxona shaklida xalqaro sanoat va ilmiy-texnik hamkorliklarda ishtirok etadi.
Korxonalarning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishiga quyidagilar sabab bo‘ladi:
 mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘laroqfoydalanishga intilish;
 eksport hisobiga ishlab chiqarish apparatini modernizatsiyalash uchun o‘z moliyaviy ahvolini yaxshilash;
 mamlakat ichkarisida eksortchi sifatida mashhur bo‘lishga intilish;
 mamlakatda raqobatchilik ustunligiga ega bo‘lishni ta'minlash;
 chet el valyutasini olish imkoniyati;
 xorijiy bozorlarda aylanmalarning rentabelligi yuqori bo‘lishini ta'minlash;
 chet eldan qimmatli nou-xaularni olish.
Xorijiy bozorga chiqish yoki chiqmaslik uchun o‘z motivlarini aniqlash korxona uchun muhim ahamiyat kasb etib, jiddiy marketing ishlarini boshlashga turtki vazifasini bajarishi mumkin. Bundan tashqari, motivlar ro‘yxatini ishlab chiqish va taqsimlash korxonaning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish shakllari va muayyan maqsadlarini aniqlashga imkon beradi.
Shu tariqa, milliy kompaniyalarni xalqaro biznesni amalga oshirish, xalqaro marketing faoliyatiga kirishishga chorlovchi uchta asosiy jihatni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • sotuvni kengaytirish;

  • resurslarni sotib olish;

  • ta'minot manbalarini diversifikatsiyalash.

Xalqaro sotuv milliy kompaniyalarning xalqaro marketing faoliyatida ishtirok etishining asosiy motivi hisoblanadi. Biroq xalqaro marketing faoliyati faqatgina kompaniyalarning milliy sotuv bozorlarini kengaytirishga qaratilgan hattiharakatlaridan iborat emas. Jahon iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarishni baynalminallashtirish va buning natijasida marketingni bayonalminallashtirish ham xarakterlidir. Baynalminallashtirish bosqichlarini quyidagi ko‘rinishda aks ettirish mumkin:
1-bosqich. Mahalliy rivojlanish bosqichi – mahalliy ishlab chiqarish bilan tavsiflanadi.
2-bosqich. Baynalminallashtirishning boshlang‘ich bosqichi chet ellik diler va agentlar bilan hamkorlikni boshlashdan avval chet el mamlakatalri bilan aloqalarning mavjudligi bilan ajralib turadi.
3-bosqich. Ushbu bosqich chet elda ishlab chiqarish korxonalari tuzishdan avval chet ellik kontragentlar bilan turli xil shartnomalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi.
4-bosqich. O‘sish bosqichi chet elda 6 tadan ortiq bo‘lmagan mamlakatlarda joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining mavjud bo‘lishini nazarja tutadi.
5-bosqich. Baynalminallashtirishning ko‘p millatli bosqichi 6 dan ortiq mamlakatlarda ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilishni ko‘zda tutadi (mazkur bosqich transmilliy korporatsiyalar uchun xosdir).
Hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq tovar va xizmatlarning jahon xarakteri ko‘zga tashlanib turibdi. Biroq axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi bilan deyarli barcha bozorlar global bozorga aylanmoqda. Mamlakatlar o‘z hududlari bilan cheklanib qolmay, birgalikda jahon bozori segmentlarini tashkil etmoqda. Iqtisodiy agentlar endi faqat sotuvchi, xaridor yoki savdo vositachisi sifatidagina ishtirok eta olmaydilar. O‘zaro aloqalar omili xalqaro marketingning muhim jihatlaridan biriga aylanib bormoqda. «Ichki» (mamlakatning ichki bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi) va xalqaro marketing o‘rtasida katta farq mavjud emas. Ikkala holda ham marketing faoliyatining bir xil tamoyillari qo‘llanadi. Shu bilan birga, tashqi bozorlarning faoliyat ko‘rsatishi va ularda ishlar sharoitlari yuzaga keltiruvchi o‘ziga xos xususiyatlar xalqaro marketingga alohida e'tiborga olish zarur bo‘lgan jihatlarni baxsh etadi.
Xalqaro bozorda korxonaning marketing faoliyati markazida quyidagi vazifalarni hal qilishga imkon beruvchi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish turadi: Xalqaro bozorga chiqish kerakmi? Bunda qanday maqsadlarni belgilash lozim? Korxona oldida qanday istiqbollar ochilishi va qanday xavf-xatarlar yuzaga kelishi mumkin? Mamlakatning qaysi bozoriga chiqish lozim? Bu bozorda iste'molchilarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni taklif qilish lozimmi yoki yangi tovarlarnimi? Tanlangan bozorga qanday kirib borish, iste'molchilarni qanday topish va ularga o‘z mahsulotini qay tariqa taklif qilish kerak? Bozorga importchi yoki eksportchi sifatida mustaqil chiqish kerakmi yoki boshqa tajribali hamkor bilan birgalikdami? Tanlangan bozorga tayyor mahsulot yetkazish kerakmi yoki yarim tayyor mahsulotlarmi? Tanlangan bozorda qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun qanday marketing chora-tadbirlari majmuasi dasturini ishlab chiqish zarur? Boshqacha qilib aytganda, xalqaro bozorga chiqishdan avval korxona o‘zining xalqaro marketing konsepsiyasining hyech bo‘lmasa umumiy qoidalarini ishlab chiqishi lozim.
Xalqaro marketing muhiti O‘z mahsulotlarini chet elda sotish uchun firma xalqaro marketing muhiti xususiyatlarini aniqlab olishi lozim. Eng muhim o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • jahon iqtisodiyotining baynalminallashuvi – xalqaro savdoning jadal suratlar bilan o‘sishi, chet elda kapital joylashtirishning o‘sishi;

  • xalqaro moliya tizimining shakllanishi;

  • turli mamlakatlarda talab shartlari va iste'mol xususiyatlarini tenglashtirish tendensiyasining o‘sishi;

  • jahon bozorlarida raqobatning kuchayishi; xaridorlarning mamlakatga import qilinuvchi tovarlarning sifati, dizayni, yangiligi va boshqa ko‘rsatkichlariga bo‘lgan talabining o‘sishi sababli tashqi bozorga yetkazib beriluvchi tovarlar sifatida sezilarli o‘zgarishlarning yuz berishi;

  • XXR, MDH, Arab mamlakatlari va boshqa mamlakatlarning yirik bozorlariga asta-sekinlik bilan kirib borish.

Xalqaro marketing muhitini o‘rganish xalqaro savdo va kooperatsiya tizimi, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy muhit, tovar va xizmatlar xalqaro bozorini o‘rganish, xalqaro raqobat va xalqaro marketingni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishni o‘z ichiga kiritadi. Xalqaro savdo tizimi dunyoning barcha mamlakatlari tashqi savdosi yig‘indisini aks ettiradi – u mamlakatlar o‘rtasidagi savdo bo‘lib, tovar va xizmatlar importi va eksportidan iborat bo‘ladi. Mamlakatning tashqi savdosini davlat tartibga solib boradi. Bunda har bir mamlakat o‘ziga xos tashqi savdo siyosatini yuritadi. Buning uchun tarifli va notarif tartibga solish vositalaridan foydalaniladi. Masalan, import 7 boji muayyan mamlakatga nisbatan qaysi tarif qo‘llanishiga (masalan, Kanadada AQSh bilan savdoda maxsus tariflarning olti xil turi mavjud) bog‘liq bo‘ladi. Boshqa mamlakatlarda mahsulotni sotishni tashkil etishda firma turli xil cheklovlarga duch kelishi mumkinligi sababli xalqaro marketing muhitini sinchiklab o‘rganish zarur.
Davlatning tashqi savdo strategiyasining to‘rt turini ajratib ko‘rsatish mumkin:
izolyasiya strategiyasi (siyosiy va mafkuraviy qoida-jihatlarga asoslanadi);
proteksionizm strategiyasi (o‘z tovar va xizmatlar bozorini himoya qilishga asoslanadi);
erkin savdo strategiyasi (tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirishga asoslanadi);
defitsitli bozorni himoya qilish yoki «teskari proteksionizm» strategiyasi (defitsit bozorni to‘ldirishga asoslanadi).
Davlatning tashqi savdo siyosati siyosiy, iqtisodiy, tarixiy, jug‘rofiy, madaniy va boshqa xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Nazorat uchun savollar:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyatda marketing: asosiy holatlar?
2.Marketing tushunchasi va mohiyati?
3.Xalqaro marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari?
4.Tovar va xizmatlarning jahon bozorida raqobat?
5.Tashqi iqtisodiy faoliyat strategiyasi?
6. Xalqaro marketing rivojlantirish yo‘nalishlari?
Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish