387
9.2.Turlarni rejalashtirish va shartnomali reja.
Yangi mo‘ljallangan joyga turlarni tashkil etish to‘g‘risida
qaror
qilishdan oldin turistik firma marketing tadqiqotlarini o‘tkazadi.
Iste’molchilar nimani afzal ko‘rishi va talab ehtiyojlar, tendensiyasini
aniqlash zarur. Bu haridor (turist)ni barcha ehtiyojlariini yanada to‘liq
qondirish uchun turpaketni shakllantirishga yordam beradi. Bu tadqiqotlar
turlarni rejalashtirish jarayonini to‘g‘ri yo‘naltirishga
va xizmatlar yetkazib
beruvchilari bilan kompaniyani shartnomalar yuritishga yordam beradi.
Xizmatlarni sherik-yetkazuvchilari bilan o‘zaro munosabatlar
shartnoma shaklida (shartnomalar tuzish yo‘li bilan) rasmiylashtiriladi. Har
bir ish (mehnat faoliyati) yilida (yoki boshqa ish davrida) shartnoma
tuzilayotgan vaqtda shartnoma kompaniyasi ilgari turadi.
Shartnoma kompaniyasidan oldin odatda qo‘yidagi bo‘limlardan iborat
bo‘lgan shartnoma rejasi tuziladi:
-
sherikning nomi;
Ishlarni aniq turlari ko‘rnishlari:
•
Shartnomaga amal qilish muddati;
•
Shartnomalarni tuzish muddati;
•
O‘ta o‘ziga hos muhim ma’lumotlar;
9.3.Sayohatlarni loyihalashtirish.
«Turistik-ekskursion
xizmat
ko‘rsatish.
Turistik
xizmatlarni
loyihalashtirish» 28681.1-95 GOST iga muvofiq sayohatni loyihalashtirish
turistlar talablari bilan bu loyihalashtirishni
amalga oshiradigan korxona
imkoniyatlarining o‘zaro muvofiqlashuvini ko‘zda tutadi.
Mazkur GOSTda ko‘rsatiladiki, loyiha hujjatlari «Iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi» Qonunga muvofiq turistlar hayoti,
mulki va sog‘ligi ya’ni, atrof-muhitni himoya qilishni ta’minlaydigan
havfsizlik talablarini o‘zida mujassamlashtirishi lozim.
Xizmatlarni loyihalashtirish asosi bo‘lib verbal model (yoki qisqacha
ta’rifi), ya’ni xizmatlar bozorini o‘rganish natijasida aniqlangan, buyurtmachi
bilan kelishilgan va xizmatlarni bajaruvchi imkoniyatlarini hisobga oladigan
talablar to‘plamidir.
Xizmatlar tavsifi tegishli xizmatlar turiga to‘lgan davlat standarti
talablaridan past bo‘lmasligi lozim. Loyihaga xizmatlar xavfsizligini
ta’minlash bo‘yicha, xizmatlar iste’molchilari
va ularning mulklari, xizmat
ko‘rsatuvchi personallar, atrof-muhit uchun xavfli minimallashtirish bo‘yicha
aniq talablarni qo‘shish kerak.
Turistlarga istalgan xizmat ko‘rsatish turiga bo‘lgan talablarni aks
ettiradigan hujjatlarda quyidagilar bo‘lishi lozim:
•
turistlarga xizmat ko‘rsatish usullari,
shakllari va jarayonlarning
tasvirlanishi;
388
•
turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari tavsifnomalari;
•
foydalaniladigan jihoz (uskuna)larning qabul qilish qobiliyati va
miqdori, turga talablar;
•
personallarning zarur miqdori va ularning professional
tayyorgarlik darajasi;
•
xizmat ko‘rsatishning shartnoma ta’minoti;
•
turistlarga xizmat ko‘rsatish kafolatlari;
•
rekreatsion resurslar egalari, sanitariya-epidemiologiya
nazorati
organlari. Yong‘in xavfsizligi nazorati va boshqa tashkilotlar bilan
kelishilganlik.
Turistlarga xizmat ko‘rsatishning aniq talablari amaldagi me’yoriy
hujjatlardagidan past bo‘lmasligi lozim.
Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini loyihalashtirish xizmatlar
ko‘rsatilishining alohida bosqichlari bo‘yicha amalga oshiriladi va ularning
bir-biriga texnologik kartalar tuziladi. Turistik xizmatlarni loyihalashtirish
natijasi texnologik hujjatlar (texnologik
haritalar, instruksiyalar, qoidalar,
reglament va h.k.) hisoblanadi.
«Turistik sayohat» xizmatini loyihalashtirish ikki bosqichni ko‘zda
tutadi:
1)"turistik sayohat" xizmatiga kiradigan har bir xizmatni turistlarga
xizmat ko‘rsatish dasturiga muvofiq ravishda loyihalashtirish.
2) "turistik sayohat" xizmatini bir butun holda loyihalashtirish. Turist
talabiga binoan xizmatlarni loyihalashtirishda xizmatlarni
bajaruvchi-korxona imkoniyatlarini hisobga olish lozim.
"Turistik sayohat" xizmatining qisqacha ta’rifi aholining talablari va
to‘lov qobiliyatini, turistik sayohatlarga bo‘lgan talabini, shuningdek, ma’lum
regionnning rekreatsion resurslari imkoniyatlarini o‘rganish asosida tuziladi.
U turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturi loyihasida yanada aniqlashtiriladi.
Xizmat ko‘rsatish dasturini ishlab chiqishda quyidagilar aniqlanadi:
•
sayohat yo‘nalishi;
•
xizmatlarni bajaruvchi turistik korxonalar ro‘yxati;
•
har bir xizmatlarni bajaruvchi korxonaning xizmatlar ko‘rsatish
davri;
•
ekskursiyalar va diqqatga sazovor ob’ektlar tarkibi;
•
turistik safarlar, sayrlar ro‘yxati;
•
hordiq chiqarish tadbirlari kompleksi;
•
yo‘nalishning har bir punktida bo‘lish davomiyligi;
•
sayohatga chiqadigan turistlar soni;
•
ichki tashuvlar uchun transport turlari;
•
gidlar, ekskursovodlar, xorijiy vakillar, instruktorlar, tarjimonlar va
boshqalarga, shuningdek, ularni tayyorlashga bo‘lgan ehtiyoj;
•
transport vositalarining zarur soni;
389
•
turistik yo‘llanmalarning ma’lumot varaqalari uchun sayohatni
tasvirlash shakli, reklama va ma’lumot materiallarini tayyorlash
tartibi, ularning soni va h.k.
Turizmni loyihalashtirish natijasida quyidagilar to‘g‘ri tarkib topishi
lozim:
a)turistik sayohatlarning texnologik haritalari ( 1-ilova);
b) xizmatlar yetkazib beruvchi korxona bandligi grafikasi (2-ilova);
v) turistik yo‘llanmadagi ma’lumot varaqasi (4-ilova);
g) turistlarga xizmat ko‘rsatish dasturlari.
Do'stlaringiz bilan baham: