Korxona iqtisodiyoti



Download 42,91 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi42,91 Kb.
#746651
Bog'liq
Korxona iqt 1-or


“Korxona iqtisodiyoti” fanidan 1-oraliq nazorat uchun test savollari

1. Korxona deganda nimani tushunasiz?


J: Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, mulkchilikling barcha shakllari teng huquqli sharoitda amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshiradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt.
2. “Korxona iqtisodiyoti” fanining predmeti nimadan iborat?
J: Korxonalar faoliyatida yuz berayotgan jarayonlardir. Xo‘jalik mexanizmidir.
3. “Korxona iqtisodiyoti” fani o‘z predmetini o‘rganishda qanday usullardan foydalanadi?
J: 1. Ilmiy abstraksiya usuli. 2. Induksiya va deduksiya usullari. 3. Taqqoslama tahlil usuli. 4. Eksperiment usuli. 5. Hisob-kitob usuli. 6. Monografik usul. 7. Iqtisodiy-matematik usul.
4. Korxonalarda boshqaruvning mohiyati nimadan iborat?
J: Ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining obektiv qonunlari asosida yo‘naltirilgan tarzda tasir o‘tkazish tizimi, har bir ishchining yoki butin jamoaning mehnatini bir vaqtning o‘zida nazorat qilish.
5. Korxonalarda boshqaruv tizimi deganda nima tushuniladi?
J: Butun bir iqtisodiy tizimni tarkibiga kiruvchi tarmoqlar, korxonalar, birlashmalar, v aboshqalarni boshqarishni tushunamiz.
6. Korxonalarda boshqaruv faoliyatining mohiyati nimadan iborat?
J: Boshqaruvchi shaxs yoki organ tomonidan boshqaruv amallarini bevosita yoki bilvosita shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir.
7. Korxonalarda boshqaruv subyektining mohiyati nimadan iborat?
J: boshqaruv subyektida – korxona rahbari yoki xizmat rahbari
8. Korxonalarda boshqaruv obyektining mohiyati nimadan iborat?
J: boshqaruv obyektida – turli miqyosdagi mehnat kooperatsiyasi
9. Korxonalarda boshqarishning maqsadlari amalga oshirish muddatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
J: Joriy va istiqbolli
10. Korxonalarda boshqarishning maqsadlari ahamiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
J: asosiy va ikkinchi darajali.
11. Korxonalarda boshqarishning maqsadlari boshqaruv obyektiga munosabatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
J: xususiy va umumiy
12. Korxonalarda boshqarishning maqsadlari natijaga erishish darajasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
J: yakuniy va oraliq

13. Korxonalarda boshqaruv qarorining mohiyati nimadan iborat?


J: boshqaruv faoliyati texnologiyasidagi muhim bo‘gindir.
14. Korxonalarda boshqaruv qarorlari kompetentlik va mas’uliyat bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi?
J: yakka tarzda yoki kollegial
15. Korxonalarda bоshqаrishning ijtimоiy-psiхоlоgik usuli mohiyati nimadan iborat?
J: mehnat jamoalari va ayrim xodimlarga turli psixologik mexanizmlar orqali ta'sir ko‘rsatish orqali boshqarishni amalga oshirish
16. Korxonalarda bоshqаrishning iqtisodiy usuli mohiyati nimadan iborat?
J: iqtisodiy usub iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish obyektiga ta'sir ko‘rsatish manosini anglatadi.
17. Korxonalarda bоshqаrishning ma’muriy-tаshkiliy usuli mohiyati nimadan iborat?
J: boshqarish obyektiga bevosita buyruq farmon asosida ta'sir o‘tkazishga asoslangan
18. Korxonada boshqaruvning tashkiliy tuzilmаsi dеgаndа nimani tushunasiz?
J: Korxona boshqaruvi funksiyalarini bajaruvchi turli xil bo‘lim o‘zaro munosabatlari va bir biriga bo‘ysunishini tushunamiz.
19. Korxonada boshqaruvning qanday tashkiliy tuzilmаlari mavjud?
J: 1. Chiziqli 2. Funksional 3. Aralash 4. Matritsali
20. Korxonada chiziqli boshqaruv tuzilmasining mohiyati nimadan iborat?
J: boshqaruvning har bir bo‘g‘ini o‘zidan yuqori turuvchi faqat bitta boshqarmaga ega bo‘ladi va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali hal bo‘ladi.
21. Korxonada funksional boshqaruv tuzilmasining mohiyati nimadan iborat?
J: boshqaruvning funksional tuzilmasi boshqaruv va obyekt funksiyalari bo‘yicha boshqaruv yacheykalarini yaratish dir
22. Korxonada aralash boshqaruv tuzilmasining mohiyati nimadan iborat?
J: boshqaruvning har bir bo‘g‘inida shtablar tuzilib uning tarkibiga malakali mutaxasislar jalb etiladi.
23. Korxonada matritsali boshqaruv tuzilmasining mohiyati nimadan iborat?
J: ishlab chiqatishni vertikal va gorizontal boshqarishda boshqaruv funksiyalarini tashkiliy tuzilmalar o‘rtasida qayta taqsimlash asosida yaratilgan
24. Korxonalarning rejalashtirish tizimini nimalar tashkil etadi?
J: Rejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki ma’lumotlar hamda istiqbol, joriy, operativ va biznes-rejalarni ishlab chiqish – rejalashtirish tizimini tashkil etadi.
25. Korxonalarda rejalashtirishning me’yoriy usulining mohiyati nimadan iborat?
J: korxonaning ishlab chiqarish resurslariga bo‘lgan ehtiyojlari: barcha iqtisodiy texnik iqtisodiy va balans hisob kitoblari rejalarning asoslovchi ko‘rsatkichlari ilmiy tadqiqot va loyiha insitutlari tomonidan ishlab chiqilgan meyorlarga asoslanadi

26. Korxonalarda rejalashtirishning iqtisodiy-matematik usulining mohiyati nimadan iborat?


J: reja iqtisodiy malumotlarni qayta ishlash reja topshiriqlarni optimal variantlarni aniqlashda foydalaniladi
27. Korxonalarda rejalashtirishning hisob-variantli usulining mohiyati nimadan iborat?
J: Bu usulning mohiyati shundan iboratki, rejaning turli bo’limlarini ishlab chiqishda ishlab chiqarish tarmoqlarini bog’lashning, ekin maydonlari tarkibining, chorva mollarini oziqlantirish ratsionining, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalshtirishning turli variantlari ishlab chiqiladi. Reja variantlarni talashda ikki guruh ko’rsatkichlardan foydalaniladi: birinchisi – mahsulot miqdori va sotish hajmi; ikkinchisi –ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi (mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, rentabellik darajasi va hokazo). Ishlab chiqilgan reja variantlari orasidan eng maqbuli tanlab olinadi.
28. Korxonalarda rejalashtirishning dasturiy-maqsadli usulining mohiyati nimadan iborat?
J: Ushbu usul muhim ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish bo’yicha kompleks dasturlar ishlab chiqish hamda ularning asoslanganligini va yakuniy natijaga yo’naltirilganligini oshirishda ishlatiladi. Bu usul uzoq muddatli istiqbol rejalarni ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lad.
29. Rejalashtirilayotgan davrning davomiyligidan kelib chiqib korxonalarda qo‘llaniladigan rejalashtirish shakllari qaysilar?
J: qisqa muddatli (joriy, operativ), o‘rta muddatli va uzoq muddatli (istiqbolli) rejalar.
30. Korxona faoliyatining yo‘nalishi jihatidan qo‘llaniladigan rejalashtirish shakllari qaysilar?
J: tashkiliy reja, ishlab chiqarish rejasi, marketing rejasi, moddiy ta’minot rejasi va moliyaviy reja.
31. Mo‘ljallanishi jihatidan korxonalarda qo‘llaniladigan rejalashtirish shakllari qaysilar?
J: korxona boshqaruvchilariga, statistik organlar va yuqori tashkilotlarga, tashqi investorlarga taqdim etiladigan rejalar.
32. Korxonalar faoliyatini bashoratlashning mohiyati nimadan iborat?
J: Basharotlash – bu, korxona, obyekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to’g’risidagi ilmiy jihatdan asoslangan ko’rsatkichlardir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya’ni kelajakni hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko’ra bilish deb ataladi. Korxona hamda butun iqtisodiyot miqyosida bashorat qilishning obyektlari sifatida iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika va boshqa jarayon va hodisalarni ko’rsatish mumkin. Korxonalar faoliyatida iqtisodiy bashoratlar alohida va yetakchi o’rin egallaydi.
33. Marketing so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
J: Marketing inglizcha “market” so’zidan olingan bo’lib, bozor bilan bog’liq faoliyat ma’nosini anglatadi.
34. Marketingning mohiyati nimadan iborat?
J: Marketing – bu bozor talabini o’rganish va korxonaning faoliyatini unga moslashtirish bilan bog’liq faoliyatdir.
35. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida qachon va qayerda paydo bo’lgan?
J: XX asrning boshlarida AQShda
36. Mahsulotga moʻljal olingan marketingning mohiyati nimadan iborat?
J: Korxona faoliyati yangi mahsulot yaratishga yoki chiqarilayotganini takomillashtirishga yo’naltirilganda qo’llaniladi.
37. Iste’molchiga mo‘ljal olingan marketingning mohiyati nimadan iborat?
J: korxona faoliyati bozordan kelib chiqadigan talablarni qondirishga yonaltirilgan hollarda qo’llaniladi. Bunda marketingning bosh vazifasi – potensial talablarni o’rganish, bozor “tirqishi”ni izlash. Korxonalarning faoliyatida marketingning ikkala turini bir vaqtning o’zida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Mana shunday kombinatsiyalashgan marketing faoliyati integrallangan marketing deb ataladi.
38. Demarketingning mohiyati nimadan iborat?
J: ishlab chiqarish quvvatlarining yetarli darajada emasligi, tovar resurslari va xomashyoning cheklanganligi tufayli tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabni kamaytirishga yo’naltirilgan marketing turi. Demarketing asosan kamyob tovarlar va xizmatlar bo’yicha qo’llaniladi. Talabni pasaytirish uchun narxlarni ko’tarish, reklamadan voz kechish va boshqa usullar qo’llanilishi mumkin.
39. Konsentratsiyalangan marketingning mohiyati nimadan iborat?
J: marketing harakatlarini bir yoki bir nechta kichik bozorda jamlashni ko’zda tutadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi marketingning ham zamonaviy turlari paydo bo’lishiga olib keldi. Jumladan, internet-marketing, SMM, PR-marketing va boshqalar. Ular umumlashtirilgan holda “raqamli marketing” deb atalmoqda.
40. Korxonalarning marketing konsepsiyasining mohiyati nimadan iborat?
J: Marketing konsepsiyasiga muvofiq biznesda uzoq muddatli rentabellik asosiy ahamiyatga ega. Marketing konsepsiyasi maqsadli bozorlarning talab va ehtiyojlarini aniqlash hamda ularning istagi qondirilishi raqobatchilarga qaraganda samaraliroq va sifatliroq tarzda ta’minlash korxonaning maqsadlariga erishishining garovi ekanligini tasdiqlamoqda.
41. Marketing konsepsiyasining mohiyatini quyidagi qaysi ibora bilan ifodalash mumkin?
J: talablarni izlab topish va ularni qondirish”, “nima ishlab chiqarilayotgan bo’lsa, shuni sotishga harakat qilish emas, nima sotilayotgan bo’lsa, shuni ishlab chiqarish” kabi iboralar bilan ifodalash mumkin.
42. Korxona marketing konsepsiyasining asosida turuvchi obyekt nima?
J: Marketing faoliyatida bozorni o‘rganishning asosiy elementlaridan biri bozor konyunkturasini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladi.
43. Bozor konyunkturasining mohiyati nimadan iborat?
J: Bozor konyunkturasi – bu aniq vaqt davomida bozorda yuzaga keladigan iqtisodiy vaziyat bo‘lib, u talab va taklif orasidagi nisbatni, narxlar darajasini, tovar zahiralari va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tavsiflaydi.
44. “Sotuvchi bozori”ning ma’nosi nima?
J: talab taklifdan ko‘p bo‘lgan holatda kuzatiladi. Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol ishtirokchi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
45. “Xaridor bozori”ning ma’nosi nima?
J: bunday bozorda taklif talabdan ko‘p, shuning uchun xaridorlar (iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar orasidan xohlaganini tanlash imkoniyatiga ega.
46. “Muvozanatli bozor”ning ma’nosi nima?
J: Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishini “muvozanatli bozor” deb yuritiladi.
47. Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi ilk bor kim tomonidan ta’riflangan edi?
J: Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi ilk bor amerikalik marketolog T.Levitt tomonidan 1965-yilda ta’riflangan edi.
48. Korxonalarda tovarning hayotiy davri necha bosqichdan iborat?
J: A)Korxona uchun tovarni yaratishning mazkur bosqichi – bu faqat xarajat va kelajakda kutiladigan daromadlardir.B) 4 bosqich.
49. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi marketingning qanday turlari paydo bo’lishiga olib keldi?
J: internet-marketing, SMM, PR-marketing va boshqalar.
50. SMMning mohiyati nimadan iborat?
J: SMM (Social Media Marketing) – brendni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilishdir.
51. Korxonalarda asosiy fondlarning mohiyati nimadan iborat?
J: Asosiy fondlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ko‘p muddat davomida qatnashib, qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, bajarilayotgan xizmatlarga yillar davomida qisman o‘tkazib boradi. Ularga mashinalar, binolar, inshootlar, transport vositalari, qurilmalar, mexanizmlar va boshqalar kiradi.
52. Aylanma fondlarning mohiyati nimadan iborat?
J: Aylanma fondlar – mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlarni bajarish jarayonida bir marta qatnashib, qiymatini shu mahsulotlarga to‘liq o‘tkazib, o‘z shaklini ham o‘zgartiradigan vositalardir. Ularga yoqilg‘i, yog‘lovchi materiallar, kimyoviy vositalar, kam qiymatli, tez to‘zuvchi materiallar, joriy va valyuta hisob raqamlaridagi, kassadagi mablag‘lar va boshqa shu kabilar kiradi.
53. Asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi qanday aniqlanadi?
J: korxonalarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasini yaxshilash, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, ya’ni qishloq xo‘jalik texnikasi uchun zarur bo‘lgan barcha mexanizmlar bo‘lishiga erishish;
asosiy vositalarning holatini, ishga yaroqliligini yaxshilash;
zarur bino va inshootlar bilan yetarli darajada ta’minlanishga erishish, bunda mahalliy qurilish materiallaridan oqilona foydalanish;
ta’minotchilardan asosiy vositalarni qulay usullarda sotib olishni tashkil etish; korxonalar faoliyatiga fan-texnika yutuqlari, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va hokazo.
Aylanma fondlardan samarali foydalanish orqali korxonalar iqtisodiyoti yuksalishiga erishish lozim.
Aylanma fondlardan samarali foydalanishda quyidagi tadbirlarga e’tibor berish kerak: korxonalar faoliyatida foydalaniladigan aylanma fondlardan tejamkorlik bilan samarali foydalanish;
aylanma fondlarni sotib olish tartibini takomillashtirish;
aylanma fondlarning optimal tarkibini ta’minlash;
aylanma fondlarning aylanish davrini qisqartirish;
debitorlik qarzlari ko‘payishining oldini olish;
mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish va rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish.
Yuqoridagi tadbirlarga e’tibor berish kelajakda korxonalardagi asosiy va aylanma fondlardan yil davomida samarali foydalanilishini ta’minlaydi.
54. Asosiy fondlarning amortizatsiya summasi qanday aniqlanadi?
Javob.
55. Korxonalarda asosiy fondlar bilan qurollanganlik darajasi qanday aniqlanadi?
Javob.
56. Korxonalarning asosiy fondlari tarkibiga nimalar kiradi?
Javob. Ularga mashinalar, binolar, inshootlar, transport vositalari, qurilmalar, mexanizmlar va boshqalar kiradi.
57. Asosiy fondlarning o‘sish koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?
Javob.
58. Fondlar rentabelligi darajasi qanday aniqlanadi?
Javob.
59. Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?
Javob.
60. Asosiy fondlarning hisobdan chiqish koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?
Javob.

Korxona iqtisodiyoti” fanidan 2-oraliq nazorat uchun test savollari

1.Korxonalarda xarajatlar qanday turkumlanadi?
Nizomga muvofiq mahsulotlarni yetishtirishda qilinadigan Ushbu xarajatlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar
davr xarajatlari
moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar
favqulodda xarajat va zararlar

2. Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiluvchi xarajatlar nechta xarajat elementidan tashkil topadi?


ishlab chiqarish moddiy xarajatlari;
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
ijtimoiy soliq;
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.

3. Davr xarajatlari tarkibiga qanday xarajatlar kiritiladi?


Davr xarajatlari mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoniga bevosita bog‘liq bo‘lmay, balki xo‘jalikning faoliyatini sohalar bo‘yicha tashkil etish, ularni boshqarish, mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan iboratdir.
Davr xarajatlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
- mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar;
- ma’muriy xarajatlar, ularga tarmoqni, korxonani boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar;
- boshqa operatsion xarajatlar, jumladan, loyihalarni tuzish bilan bog‘liq xarajatlar va hokazo.

4. Korxonada boshqaruv apparati xodimlarining ish haqi xarajatlari qanday xarajatlar tarkibiga kiritiladi?


DAVR XARAJATlari
5. Korxonalarda moliyaviy faoliyat xarajatlariga qanday xarajatlar kiritiladi?
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga barcha turdagi kreditlar bo‘yicha, mol-mulkning ijara haqi to‘lovlari hamda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, sotish, tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi.

6. Tannarxning qanday turlari bor?


Korxonalarda mahsulotlar tannarxining quyidagi turlari aniqlanadi:
- reja tannarxi;
- ishlab chiqarish tannarxi;
- to‘liq tannarxi.

7. Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi qanday aniqlanadi?


Korxonalarda tannarx quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bunda: T – mahsulot, ish yoki xizmatning
tannarxi;
(X – qilingan xarajatlarning summasi;
(YM – yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami
bajarilgan ish, ko‘rsatilgan
xizmatlar miqdori.

8. To’liq tannarx qanday aniqlanadi?


Uni aniqlash uchun xarajatlarning umumiy summasi shu xarajatlar yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga taqsimlanadi.
9. Korxonalarda reja tannarxi qachon hisoblanadi?
Reja tannarxi korxonalarda tuziladigan turli rejalarda aks ettiriladi. Bunda, odatda korxonada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan xarajatlar summasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulot miqdoriga bo’linadi.
10. “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qachon qabul qilingan?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
11. Korxonalarda qanday xarajatlar doimiy xarajatlar tarkibiga kiradi? Doimiy xarajatlar ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshiriladi. Masalan, ijaraga olingan asosiy vositalarga to‘lanadigan ijara haqi, asosiy vositalarning amortizatsiya summasi va boshqalar doimiy xarajatlar tarkibiga kiradi.

12. Korxonalarda o‘zgaruvchan xarajatlar tarkibiga qanday xarajatlar kiradi?


‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liqdir. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorining ko‘payishi o‘zgaruvchan xarajatlar ko‘proq sarflanishini taqozo etadi. Ularga xomashyo, mehnatga to‘lanadigan ish haqi, elektroenergiya xarajatlari va boshqa xarajatlar kiradi
13. Investitsiya so’zi qanday ma’noni anglatadi?
Investitsiya” atamasi lotincha “invest” so‘zidan olingan bo‘lib, “pul sarf qilmoq”, “pul qo‘ymoq” kabi ma’nolarni anglatadi
14. Korxonalar faoliyatiga jalb qilingan real investitsiyaga nimalar kiradi?
Investitsiyalarni real va moliyaviy investitsiyalarga ham bo‘lish mumkin. Moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga sarflangan mablag‘lar real investitsiyalarni tashkil etadi. Real investitsiyalar kapital qo‘yilmalar deb ham
15. Korxonalar faoliyatiga jalb qilingan moliyaviy investitsiyaga nimalar kiradi?
Qimmatli qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya, sertifikat va hokazo) shakllantirishga sarflangan mablag‘lar esa moliyaviy investitsiyalar hisoblanadi.

16. Korxonalar faoliyatiga jalb etiladigan investitsiyalar maqsad va vazifasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?


Investitsiyalar maqsad va vazifalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
kapital investitsiyalar;
innovatsion investitsiyalar;
ijtimoiy investitsiyalar
17. Korxonalarda sarflanayotgan kapital investitsiyalarga nimalar kiradi?
Asosiy va aylanma fondlarni barpo etishga va ularni takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirishga sarflangan investitsiyalar kapital investitsiyalar deb ataladi.

18. Korxonalarda sarflanayotgan ijtimoiy investitsiyalarga nimalar kiradi?


Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga sarflanadigan mablag‘lar ijtimoiy investitsiyalar deb ataladi
19. Korxonalarda sarflanayotgan innovatsion investitsiyalarga nimalar kiradi?
Texnika va texnologiyalarning yangi avlodini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish va ularni o‘zlashtirishga sarflangan investitsiyalar innovatsion investitsiyalardir.

20. Korxonalarda investitsiyalarning qoplash muddati qanday aniqlanadi?


investitsiyaning qoplanish muddati. Bu ko‘rsatkich sarflangan investitsiya summasini olingan sof foydaning o‘sgan summasiga taqsimlash orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:

Investitsiyalarning qoplanish muddati imkon qadar qisqa bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

21. Korxonalar faoliyatiga jalb etiladigan investitsiyalarning o‘z manbalariga nimalar kiradi?


Korxonaning investitsiyalarni shakllantirishda qo‘llaniladigan o‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:
- korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablag‘lar;
- amortizatsiya fondidagi mablag‘lar;
- asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mablag‘lar;
- asosiy vositalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar;
- korxonalarning boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlarini sotib olishi natijasida oladigan dividendlardan ajratilayotgan mablag‘lar va boshqa shu kabilar.

22. Korxonalar faoliyatiga jalb etiladigan investitsiyalarning chetdan jalb etiladigan manbalariga nimalar kiradi?


Investitsiyalarni shakllantirishda chetdan jalb qilinadigan mablag‘larga quyidagilar kiradi:
- davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
- tijorat banklaridan olinadigan kreditlar;
- hamkorlardan olinadigan mablag‘lar;
- qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotish orqali jalb etiladigan mahalliy va xorijiy korxonalar hamda fuqarolarning bo‘sh turgan mablag‘lari;
- xayriya fondlaridan, homiylar tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar va boshqalar.

23. Innovatsiya so‘zining ma’nosi nima? Innovatsiya inglizcha so’z bo’lib, “innovation” – “yangiliklarni joriy etish” degan ma‘noni bildiradi


24. Innovatsiya tushunchasi iqtisodiyotga qachon kirib kelgan?
Innovatsiya tushunchasi iqtisodiyotga XX asr boshlarida kirib kelgan. Chexiyada tug’ilib, Avstriya va AQShda faoliyat olib borgan iqtisodchi olim Y.Shumpeter birinchilardan bo’lib innovatsiyaga oid masalalarni tadqiq etgan va innovatsion jarayonga ta’rif bergan
25. Innovatsiya tushunchasi fanga kim tomonidan kiritilgan?
Chexiyada tug’ilib, Avstriya va AQShda faoliyat olib borgan iqtisodchi olim Y.Shumpeter birinchilardan bo’lib innovatsiyaga oid masalalarni tadqiq etgan va innovatsion jarayonga ta’rif bergan.
26. Innovatsiyaning mohiyati nimadan iborat?
Innovatsiya - bu texnika, texnologiya, ishni tashkil etish yoki boshqaruvdagi samaradorlikni oshiradigan yangilikdir tadbirkorlik innovatsiyasi iqtisodiy o’sishni ta’minlab, yangi muvozanatni keltirib chiqarishi, bu esa hayot darajasini yanada yuqori standartlarga chiqishini ta’kidlagan. U innovatsiyaga iqtisodiyotni rivojlantiruvchi kuch sifatida ta’rif bergan.

27. O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilingan?


2020-yil 24-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonunida innovatsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: innovatsiya – fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanmadir.

28. Innovatsiyaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Innovatsion faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:


- innovatsion faoliyatning erkinligi;
- innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdan teng foydalanilishini ta’minlash;
- innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning oshkoraligi va aniq yo‘naltirilganligi;
- raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish;
- axborotni erkin almashish;
- innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish;
- fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik.
Innovatsiyalarning quyidagi turlari mavjud:
mahsulotga oid innovatsiyalar;
jarayonga oid innovatsiyalar;
marketingga oid innovatsiyalar;
tashkiliy innovatsiyalar.

29. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning qanday yo’llari mavjud?


kredit va soliq siyosatini rag'batlantirish;
innovatsion faoliyat subyektlari va investorlar uchun iqtisodiy manfaatlar tizimi;
yangi mahsulot ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash.

30. Mahsulotga oid innovatsiyalarning mohiyati nimadan iborat?


Mahsulotga oid innovatsiyalar - texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni (ishlarni va xizmatlarni) ishlab chiqishga hamda joriy etishga qaratilgan innovatsiyalar.

31. Jarayonga oid innovatsiyalarning mohiyati nimadan iborat?


Jarayonga oid innovatsiyalar - texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan ishlab chiqarish yoxud ta’lim usullarini ishlab chiqish va joriy etishga, shuningdek texnologiyalar transferini amalga oshirishga qaratilgan innovatsiyalar
32. Marketingga oid innovatsiyalarning mohiyati nimadan iborat?
Marketingga oid innovatsiyalar - mahsulotlarning dizayni va qadoqlaridagi o‘zgarishlarni qamrab oluvchi yangi yoki takomillashtirilgan usullarni joriy etishga, mahsulotni (ishlarni va xizmatlarni) sotish va taqdim etishning yangi usullaridan foydalanishga, yangi narxlash strategiyalarini shakllantirishga qaratilgan innovatsiyalar.

33. Tashkiliy innovatsiyalarning mohiyati nimadan iborat?


Tashkiliy innovatsiyalar - biznesni tashkil etish va yuritish, ish o‘rinlarini tashkil etish va tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yishning yangi yoki takomillashtirilgan usullarini joriy etishga qaratilgan innovatsiyalar
34. Korxonalarda tadqiqot va rivojlanish (R&D) bo’limlarining asosiy vazifasi nimadan iborat?
Tadqiqot va rivojlanish (R&D) korxonalarda innovatsiyalar va yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etish bo'yicha faoliyatni o'z ichiga oladi. Ko'pincha bu rivojlanish jarayonining birinchi bosqichidir. Maqsad, odatda yangi mahsulot va xizmatlarni bozorga chiqarish va kompaniyaning daromadini oshirishdir.
35. Korxonalarni joylashtirish deganda nima tushuniladi?
Ishlab chiqarishni joylashtirish - bu korxonada mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mamlakat tumanlarining tabiiy-iqtisodiy va ekologik omillarini hisobga olgan holda, ularda u yoki bu turdagi mahsulotni hamda ularga ko‘rsatiladigan xizmatni mos holda joylashtirishdir. Korxonada ishlab chiqarishni joylashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotini miqdor tomondan ko‘rsatib, mamlakat hududlarida joylashgan har bir korxona biror turdagi mahsulot yetishtirishini va ularga mos bo‘lgan xizmatni ko‘rsatishini aniqlab beradi.
36 Korxonalarni ixtisoslashtirish deganda nima tushuniladi?
Korxonalarda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatlarini, talab va taklifdan kelib chiqqan holda, mavjud resurslardan samarali foydalanib, mahsulotlarni yetishtirishga yo‘naltirishdan iboratdir. Korxonaning u yoki bu turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdagi ishtirokini belgilab beradi.

37. Ixtisoslashuviga ko‘ra korxonalardagi tarmoqlar qanday turlarga bo‘linadi?


Ixtisoslashuviga ko‘ra korxonalardagi tarmoqlar asosiy, qo‘shimcha va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarga bo‘linadi.
38. Korxonalarning tarmoq tarkibi qanday aniqlanadi?
Korxonaning tarmoq tarkibi yalpi va tovar mahsuloti tarkibida alohida tarmoqlarning salmog‘i bilan tavsiflanadi va quyidagicha hisoblanadi:

Bunda: TT - tarmoq tarkibi, foizda;


TYMQ – korxona tarmoqlarida yetishtirilgan mahsulot qiymati;
KYaM – korxonaning yalpi mahsuloti qiymati.

39. Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra korxonalar qanday guruhlarga bo‘linadi?


Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra korxonalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
tor ixtisosli korxonalar;
ixtisoslashgan korxonalar;
ko‘p ixtisosli (tarmoqli) korxonalar.

40. Korxonalarni ixtisoslashtirish qanday guruhlarga bo‘linadi?


Qishloq xo‘jaligi korxonasini ixtisoslashtirish ikkita guruhga bo‘linadi:
xo‘jalik ixtisoslashuvi;
tarmoq ixtisoslashuvi.

41. Xo‘jalik ixtisoslashuvi qanday turlarga bo‘linadi?


Xo‘jalik ixtisoslashuvi o‘z navbatida xo‘jaliklararo ixtisoslashuv va ichki xo‘jalik ixtisoslashuviga bo‘linadi. Xo‘jaliklararo ixtisoslashuvda bir necha mustaqil korxonalar o‘z mablag‘larini, yetarli samara bermayotgan sohani birgalikda birlashtirish orqali ishni maqsadga muvofiq tashkil etishi tushuniladi. Bunday ixtisoslashuv xo‘jaliklararo korxona sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday korxona mas’uliyati cheklangan jamiyat, kooperativlar, hissadorlik korxonasi kabi shakllarda tashkil etilishi mumkin.

42. Korxonaning ixtisoslashuv darajasi qanday aniqlanadi?


Ixtisoslashuv darajasi tovar mahsulotlarining salmog‘i bilan tavsiflanadi va quyidagicha hisoblanadi:

Bunda: Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda;


ATTMQ – asosiy tarmoqning tovar mahsuloti qiymati, ming so‘m;
YTMQ – yalpi tovar mahsuloti qiymati, ming so‘m.
Yalpi tovar mahsuloti qiymatinini aniqlash uchun bu barcha tarmoqlar tovar mahsulotlari qiymatlarining yig‘indisini hisoblash lozim.

43. Agar ixtisoslashuv koeffitsiyenti 0,35 dan past bo‘lsa, bu ixtisoslashuvning qanday darajasini anglatadi?


Agar ixtisoslashtirish koeffitsiyenti 0,35 dan past bo‘lsa – past darajadagi ixtisoslashuv;
44. Korxonalar faoliyatida tavakkalchilikning mohiyati nimadan iborat?
Tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda
pirovard natija yaxshi bo‘lishiga umid bog‘lab, mol-mulk yoki foydadan
(to‘liq yoki qisman) mahrum bo‘lish xavfini o‘z zimmasiga olib amalga
oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir.

45. Korxonalar o’z faoliyati davomida duch keladigan ichki xavf-xatarlarga nimalar kiradi?


Ichki xavf-xatarlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- avariyalar, yong’inlar;
- tashkiliy-texnologik xavf-xatarlar: ishlab chiqarish rejasining miqdori va muddati bo’yicha bajarilmasligi, mahsulot sifatining standart talablariga javob bermaslik (sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish) xavfi;
- ish tashlashlar;
- xodimlarning o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan
yondoshuvi;
- korxonadagi talon-tarojlik va o’g’irliklar;
- boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va
boshqa sohalarda noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishi;
- xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi xatoliklar;
- subyektni rivojlantirish strategiyasi va biznes rejasini noto‘g‘ri
shakllantirish;
- o‘zini qoplamaydigan va aniq hisob-kitob qilinmagan loyihalarga qo‘l urish;
- daromadlar va xarajatlarni doimiy nazorat ostiga olmaslik;
- biznesdagi tashqi sheriklarni tanlashga mas’uliyatsizlik bilan yondoshuv;
- buxgalteriya hisobini to‘g‘ri va aniq yuritmaslik;
- hisobot shakllarini to‘g‘ri va aniq to‘ldirmaslik;
- bozor konyunkturasini, raqobat muhitini, talab va taklif nisbatini, iste’molchilarning hatti-harakatini va boshqa omillarni doimiy kuzatib bormaslik.

46. Korxonalar o’z faoliyati davomida duch keladigan tashqi xavf-xatarlarga nimalar kiradi? - bozor konyunkturasi bilan bog’liq xavf-xatarlar: valyuta kursi o’zgarishi, narx o’zgarishi bilan bog’liq xavf-xatarlar, talabning pasayib ketishi xavfi, raqobatning kuchayib ketish xavfi;


- hamkorlarning faoliyati bilan bog’liq xavf-xatarlar: to’lovga qobiliyatsizlik yoki bankrotlik holatiga tushib qolishi xavfi, tovarlarni o’z vaqtida yetkazib bermaslik, yetkazib berilgan mahsulot uchun to’lovning o’z vaqtida amalga oshirilmasligi va boshqa shu kabi hamkorlarning o’z majburiyatlarini bajarmaslik xavfi;
- siyosiy xavf-xatarlar;
- davlat hokimiyati organlari bilan bog’liq xavf-xatarlar;
- iqtisodiy munosabatlardagi uchunchi tomon bilan bog’liq xavf-xatarlar;
- tabiiy ofatlar xavfi;
- harbiy harakatlar xavfi va hokazo.
47. Korxonalarda tadbirkorlik tavakkalchiliklarini baholashning nechta usuli mavjud?
Tavakkalchilikning taxminiy ehtimolini aniqlash turli yo‘llar
bilan amalga oshirilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda tadbirkorlik
tavakkalchiliklarini baholashning 4 usuli keltiriladi:
( Statistik usul;
( Ekspert usuli;
( Analitik usul;
( Kombinatsiyalashtirilgan usul.

48. Korxonalarda tadbirkorlik tavakkalchiligini baholashda qo’llaniladigan statistik usulning mohiyati nimadan iborat?


Statistik usulda subyektning va tarmoqdagi boshqa turdosh
subyektlarning bir necha yillik faoliyati davomida yuz bergan
tavakkalchilik hodisalari hamda ularning ta’sirida ko‘rilgan zararlarning
darajasi o‘rganib chiqiladi.

49. Korxonalarda tadbirkorlik tavakkalchiligini baholashda qo’llaniladigan ekspert usulining mohiyati nimadan iborat? Ekspert usulida ish tajribasi yuqori va mazkur sohada ekspert


hisoblangan yuqori malakali mutaxassislarning fikrlari, aniq hisob-kitoblari va tavsiyalari e’tiborga olinadi.

50. Korxonalarda tadbirkorlik tavakkalchiligini baholashda qo’llaniladigan analitik usulning mohiyati nimadan iborat?


Ekspert usulida ish tajribasi yuqori va mazkur sohada ekspert
hisoblangan yuqori malakali mutaxassislarning fikrlari, aniq hisob-kitoblari va tavsiyalari e’tiborga olinadi.

51. Tavakkalchilikning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajasi uchun qanday tengsizlik mos keladi? Tavakkalchilikning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan, jiddiy zarar


tug‘diradigan va o‘ta xavfli darajalari mavjud bo‘ladi.
Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajasida ko‘rilgan
zararlarning miqdori subyektning haqiqatda erishgan sof foydasi
miqdoridan oshib ketmagani ma’qul.

Zararning miqdori ( Sof foyda

52. Tavakkalchilikning jiddiy zarar tug‘diradigan darajasi uchun qanday tengsizlik mos keladi?
Jiddiy zarar tug‘diradigan tavakkalchilik darajasida ko‘rilgan
zararlarning miqdori subyektning sof foydasidan yuqori, ammo, joriy
likvidlikni ta’minlaydigan aktivlarining qiymatidan oshib ketmasligi
lozim.

Sof foyda < Zararning miqdori (Joriy likvidli aktivlar


53. Tavakkalchilikning o‘ta xavfli darajasi uchun qanday tengsizlik mos keladi?
O‘ta xavfli tavakkalchilik darajasida ko‘rilgan zararlar
subyektning joriy likvidligini ta’minlaydigan aktivlarining
qiymatidan oshib, xususiy kapitaliga tenglashishi ham mumkin. O‘ta xavfli
tavakkalchilik oqibatida korxonaning bankrotlikka uchrash ehtimoli
vujudga keladi.

Joriy likvidli aktivlar < Zararning miqdori (Xususiy kapital


54. Korxonalarda tavakkalchilikni kamaytirishning qanday yo‘llari mavjud?
Tavakkalchilikni kamaytirishning quyidagi yo‘llari mavjud:
1. Tavakkalchilikning paydo bo‘lishidan qochish.
2. Tavakkalchilikning ta’sirini kamaytirish.

55. Korxonalarning sof pul tushumi qanday aniqlanadi? 58. Korxonalarning sof pul tushumi qanday aniqlanadi?


Mahsulotlarni sotish, xizmatlar ko‘rsatish natijasida xo‘jalikning hisob-kitob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar uning yalpi pul tushumini tashkil etadi. Yalpi pul tushumidan egri soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i) summasini ayirish orqali sof pul tushumi aniqlanadi
56. Korxonalarda yalpi foyda ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi?
yalpi foyda summasi. Ushbu ko‘rsatkich mahsulot sotishdan tushgan sof pul tushumidan sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxini ayirish natijasida aniqlanadi. Uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
YaF = ST - T

57. Korxonalarda yalpi daromad ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi?


Korxonalarning yalpi daromadi yalpi mahsulot qiymatidan ishlatilgan asosiy vositalarning amortizatsiya summasini ayirish orqali aniqlanadi. Uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
YaD = YaM - As

58. Korxonalarda asosiy faoliyatdan olingan foyda ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi?


asosiy faoliyatdan olingan foyda. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun yalpi foydadan davr xarajatlarini ayirish va asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni qo‘shish hamda asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlarni ayirish orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalanish mumkin:
AFF = YaF - DX + AFBD - AFBZ

59. Korxonalarda umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi?


umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun asosiy faoliyatdan olingan foydaga moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarni qo‘shish va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni ayirish orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
UFF = AFF + MFD – MFX
60. Korxonalarda soliq to‘langungacha foyda ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi?
soliq to‘langungacha bo‘lgan foyda. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydaga tasodifiy (ko‘zda tutilmagan) daromadlarni qo‘shish va tasodifiy zararlarni ayirish orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
STF = UFF + TD – TZ
61. Korxonalarda sof foyda ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi?
sof foyda. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun soliq to‘langungacha bo‘lgan foydadan to‘lanadigan soliqlar summasini ayirish lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
SF = STF – ST

62. Rentabellik darajasi qanday aniqlanadi?


Rentabellik darajasini aniqlash uchun sof foydani tannarxga kiritilga xarajatlarga taqsimlab, natija 100 ga ko‘paytiriladi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalaniladi:
63. Korxonalarda foyda me’yori ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi?
Korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga baho berishda rentabellik me’yori ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun sof foyda summasi xo‘jalikda foydalanilayotgan barcha ishlab chiqarish fondlari umumiy qiymatiga taqsimlanadi va natija 100 ga ko‘paytiriladi. Bunda quyidagi tenglikdan foydalaniladi:

64. Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati nimadan iborat?


Iqtisodiy samaradorlik - ma’lum davrdagi iqtisodiy faoliyat davomida amalga oshirilgan xarajatlar evaziga olingan sof foyda summasi bilan aniqlanuvchi muhim ko‘rsatkichdir.
Iqtisodiy samaradorlik deganda amalga oshirilgan har bir so‘mlik xarajat evaziga olingan sof foyda hajmi tushuniladi, ya’ni korxonada qilinayotgan xarajatlarning natijadorligini anglatadi.

65. Bankrotlikning mohiyati nimadan iborat?


Bankrotlik – iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligidir
Bankrotlik (to‘lovga layoqatsizlik) instituti bozor iqtisodiyotiga ega har qanday davlat huquqiy tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Yetkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshira olmaslik, qarzga olingan pulni qaytarish bilan bog‘liq muammolar tovar-pul munosabatlari bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan
66. Tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran qancha muddat davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi?
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.

67. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar qanchani tashkil etgan taqdirda iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin?


eng kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
68. Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, qarzdor yuridik yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo’qotgan jismoniy shaxsga nisbatan jami talablar qanchani tashkil etgan taqdirda iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin?
eng kam ish haqi miqdorining kamida o‘ttiz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
69. Pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga kimlar murojaat etish huquqiga ega?
Pul majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.

70 Majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga kimlar murojaat etish huquqiga ega?


Majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarmaganligi natijasida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega.

71. Qarzdorga nisbatan sodir etiladigan harakatlarning hammasini barcha kreditorlar nomidan kim amalga oshiradi?


Qarzdorga nisbatan sodir etiladigan harakatlarning hammasini barcha kreditorlar nomidan kreditorlar yig‘ilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi amalga oshiradi.



Download 42,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish