Geografik haritalar
Geografik haritalar - yer yuzasining tabiat
va jamiyatdagi voqea va hodisalarning
maʼlum bir vaqtdagi holati umumlashtirib,
kichraytirib koʻrsatilgan tekislikdagi
tasviri. G. x. uchun haritagrafik
proyeksiyalar, shartli belgilar va
haritagrafik generalizatsiya (saralash)
xos. G. x. oʻzining mazmuni, tasviri,
koʻrgazmaliligi va zamonaviyligi boʻyicha
haritagrafik model hisoblanadi.
G. x.ning birinchi xususiyati —
haritagrafik proyeksiyalar yordamida
yerdagi va b. sayyoralardagi
obʼyektlarning oʻrni, planli oʻlchamlari va
shakli haqida toʻgʻri maʼlumotlar olishga
imkon beradi.
G. x.ning ikkinchi xususiyati —
haritagrafik belgilardan foydalangan
holda: a) yer yuzasining biror qismini yoki
hammasi (hatto sayyoralardagi) ni
masshtab asosida kichraytirib,
masshtabga toʻgʻri kelmaydigan zarur
obʼyektlarni masshtabsiz shartli belgilar
bilan tasvirlash mumkin; b) haritada yer
yuzasining relyefini (mas, gorizontallar
yordamida) tekislikda yoyib koʻrsatish
mumkin; v) G. x.da tasvirlanayotgan
voqea va hodisalarning faqat tashqi
koʻrinishigina emas, ularning ichki
tuzilishi va mazmuni ham tasvirlanadi
(mas, dengiz haritalarida chuqurligi,
suvining kimyoviy tarkibi, oqim tezligi,
dengiz tubining relyefi, flora va faunasi va
h. k.); g) sezgi organlari bevosita qabul
qilmaydigan hodisalarning tarqalishini va
bevosita erishib boʻlmaydigan aloqa va
munosabatlarni koʻrsatish mumkin (mas,
magnit strelkasining ogʻish burchagini);
d) ayrim obʼyektlarga xos kam ahamiyatli
tomonlari, hodisa va detallarini istisno
qilish va ularning umumiy hamda asosiy
belgilarini ajratib berish mumkin.
G. x.ning ayniqsa uchinchi xususiyati —
tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni
tanlash, toʻldirish, yaʼni haritagrafik
saralash (generalizatsiya) va
umumlashtirish mumkin.
Mazmuniga koʻra umumgeografik va
mavzuli (tematik) haritalarga boʻlinadi.
Umumgeografik haritalar masshtabi
boʻyicha — yirik masshtabli, oʻrta
masshtabli va mayda masshtablilarga
boʻlinadi. Lekin ular qaysi masshtabda
tasvirlansa ham, ularning mazmunini
tashkil etgan elementlarning asosiylari
saklanib qoladi. Bular — suv obʼyektlari,
relyef, tuproq va oʻsimlik qoplami, aholi
yashaydigan joylar, aloqa yoʻllari va aloqa
vositalari, davlatlar va ulardagi maʼmuriy
chegaralar hamda ijtimoiy-iqtisodiy
elementlar (sanoat, qishloq xoʻjaligi va
b.)dir.
Mavzuli haritalar birorta mavzuga
bagʻishlangan boʻladi. Mavzu toʻliq
tasvirlanadi, lekin geografik asosini
umumgeografik haritalarning elementlari
tashkil qiladi, yaʼni mavzuga mos qilib
geografik asos yaratiladi. Mavzuli
geografik haritalar ikki sinfga — tabiiy
geografik haritalar va ijtimoiy-iqtisodiy
geografik haritalarga boʻlinadi. Tabiiy
geografik haritalarga geol., tektonika,
geofizika, seysmologiya, yer osti suvlari
(gidrogeologiya), geomorfologiya, iklim,
gidrologiya, tuproq, oʻsimlik va hayvonot
dunyosi, ekologiya va b. sohalarga
bagʻishlangan haritalar kiradi. Ijtimoiy-
iqtisodiy haritalarga aholi va
demografiya, sanoat, q. x., transport,
maishiy xizmat, atrof muhitni muhofaza
qilish, siyosiymaʼmuriy haritalar va h. k.
kiradi.
G. x. tasvirlangan xududiga kura, dunyo,
materik, okean, alohida mamlakatlar,
regionlar, viloyat va tuman haritalariga
boʻlinadi. Vazifasiga koʻra, maxsus
haritalar (oʻquv, turistik, navigatsiya,
loyiha va h. k.)ga ajratiladi.
Mavzusi tor haritalarga soha haritalari
(mas, iqlimning bir sohasiga
bagʻishlangan haritalar), iqlimga toʻla
harakteristika berilgan bulsa umumiy
iklim haritalari deyiladi. Haritalarda
tasvirlanayotgan mazmun koʻp
maʼlumotli boʻlib, ular orasidagi oʻzaro
bogʻliqlikni tasvirlab, ulardagi
qonuniyatlarni ochib bersa kompleks
haritalar deb ataladi.
Tabiatiing ayrim elementlari (mas,
shamollar), muayyan joyning aholisi
(mas, tugʻilish), iqtisodiyoti (mas, paxta
hosildorligi) va madaniyati (mas, teatrlar),
ularning xususiyatlari va alomatlari
koʻrsatilsa analitik haritalar deyiladi. Bir
qancha sohalarni qoʻshib, koʻp mazmun
bitta haritada tasvirlansa sintetik
haritalar deyiladi.
G. x. ichida ijtimoiy-iqtisodiy haritalar
nisbatan keng rivojlanayotgan soha.
Ushbu yoʻnalishning shakllanishi va
rivojlanishi jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy-
iqtisodiy omillar rolining oshib borishi,
iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarda hududiy
farqlarning kuchayib borishi bilan
bevosita bogʻliq.
Dinamik ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni,
ularning hududiy farqlarini chuqur tahlil
etish zarurati haritagrafiya fanidan
tadqiqotni kengaytirishni, yangi oʻziga
xos obʼyektlarni va nisbatan murakkab
jarayenlarni qoʻshishni talab etadi. Mas,
qoʻshma korxonalar, aksionerlik
jamiyatlari, fermer xoʻjaliklar, firmalar va
b.
G. x. ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
obʼyektlarning joylanishi, ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar va hodisalarga xos hududiy
farqlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki
ularga xos hududiy kompleks
qonuniyatlarini ham aniqlashga imkon
beradi. Buning asosida ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy jarayonlarni milliy va turli
hududiy miqyoslarda bashoratlashtirish,
rejalashtirish va boshqarishning
mustahkam ilmiy-metodologik asoslarini
tayyorlash mumkin. Shu nuqtai nazardan
yangi tipdagi haritalar yaratishni davr
taqozo qilmoqda (mas, bashorat qilish,
baholash, rejalashtirish, loyihalash va b.
haritalar). OʻzRda shu sohaga
bagʻishlangan haritalar tuzish ustida ish
olib borilmoqda.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Mirzaliyev T. M., Problemi
kompleksnogo i tematicheskogo
kartografirovaniya Oʻzbekistana, T.,
1987.
Turgunboy Mirzaliyev.
Adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |