43
VI BO‘LIM. POYALI O‘SIMLIKLARNI QURITIB SAQLASH
TEXNOLOGIYASI. QO‘LLANILADIGAN MASHINA VA
JIHOZLAR
6.1. Qayta quritib pichan tayyorlash
Qayta quritish usulida pichanda to‘yimli moddalar ko‘plab
saqlanadi. Buning uchun yo‘ng‘ichqa g‘unchalash davrida o‘rib,
namligi 30-35 %ga kelguncha so‘litiladi.
Yo‘ng‘ichqa o‘rilgan joyida 1,0-1,5 sutka qoldiriladi va bu
davr ichida 1-2 marotaba ag‘darib turiladi. So‘ngra E-281 va
KSK-100 agregatlarida 8-15 sm uzunlikda maydalanadi. 8-15
sm dan may-daroq o‘tlarni quritish uchun havo berish qiyin-
lashadi. Pichanni to‘plash, maydalash, transportda o‘rish kabi
ishlar bir paytda amalga oshiriladi va omborxonalarga keltiriladi.
Ventilyatorlar orqali issiq havo beriladi. Yoz kunlarida havo
harorati 40 °C va undan issiq bo‘lganligi uchun, bir metr qalin-
likdagi qavat bir kunda quriydi (namlik 12-14 %ni
tashkil
etadi). 6-8 metr balandlikdagi g‘aramlar qilinadi yoki ombo-
rxonalarga qo‘yiladi. Bunday usulda tayyorlangan pichanda,
quyoshda quritilgandagiga nisbatan protein va vitaminlar 20-30
% ko‘p bo‘ladi. Faol issiq shamol berish orqali pichan tay-
yorlash usulining qator afzalliklarini kuzatish mumkin:
– fizik ta’siri natijasida to‘yimli moddalar va karotinning
isrof bo‘lishi
kamayadi;
– o‘rilgan o‘tlarning tezlik bilan daladan olib chiqilishi
o‘sim-likning o‘sishini tezlatadi va keyingi o‘rim yaxshi bo‘ladi;
– oziqlarning 100 % saqlanishini ta’minlaydi;
– pichan tayyorlashning bu usuli pichan tannarxi va mehnat
sarfining kamayishiga olib keladi.
O‘tlarni so‘litish uchun pichan yoyiladi va vaqti-vaqti bilan
ag‘darib turiladi. Birinchi ag‘darishni o‘tlar o‘rilgandan so‘ng,
ikkinchisini 4-5 soat o‘tgach va keyingilarini o‘tlarning qurishiga
qarab qilinadi. Hosil yuqori bo‘lganda bir marta ag‘darish
yetarli. Dukkakli va boshoq bilan dukkakli aralash o‘tlarni
pichan uchun ag‘darish namligi 55-60 % hamda boshoqlilarni
44
50 % bo‘lganda to‘xtatiladi. Keyingi quritish ishlari to‘plamning
o‘zida bo‘ladi. To‘yimli moddalarni asosan faol issiqlik berish
bilan ko‘p saqlash mumkin.
Oziq tayyorlashning bu texnologiyasi, pichanni dalada quri-
tishga, g‘aramlarda saqlashga nisbatan oziq birligi yig‘ib olishni
25-30 va proteinni 75-80 %ga oshiradi. Faol shamol bera-
digan moslamalarni qo‘yishda, elektr energiya olishda, havoda
namlikning yuqori darajada bo‘lishi natijasida uzilishlar bo‘lib
turadi. Bunday paytlarda ko‘k massaga zamburug‘lar va bak-
teriyalarning rivojlanishini to‘xtatuvchi suyuq ammiak sepiladi.
Ukraina qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashti-
rish ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotiga ko‘ra, aktiv issiqlik
berib quritilgan 1 t pichanda 500 ozuqa birligi, 113 kg protein
va 40-60 g karotin, dalada quritilgan pichanda esa mos ravishda
300, 61 va 16-20 g bo‘ladi.
G‘aramdagi sochma pichanlarni
qayta quritish maqsa-
dida havo taqsimlagich va ish unumi soatiga 40-60 ming m
3
bo‘lgan havo ventilyatoridan iborat UVS-10 moslamalaridan
foydalaniladi. G‘aramning pastki qismiga 45-55 t so‘litilgan
o‘tlar qo‘yiladi. G‘aram balandligi 6-7, eni 6-7 va uzunligi 12
m bo‘lishi kerak.
Quritishning birinchi kunlari issiq havo to‘xtovsiz beriladi,
keyinchalik (havo nisbiy namligi 75% bo‘lganda)
kunduzi
soat 8-9 dan soat 20 gacha beriladi. Yog‘inli kunlarda havo
berilmaydi. Yog‘ingarchilik uzoq vaqt davom etganda har 5-7
soatdan so‘ng (pichanni qizib ketmasligi uchun) bir soat venti-
lyatsiya qilinadi.
Ob-havo sharoiti va massa namligiga qarab, bir g‘aramni
quritish uchun 100-170 soat sarflanadi. Havo harorati 20°C
dan past va nisbiy namlik 75% bo‘lganda issiq havo (7-10°C)
bilan ventilyatsiya qilish tavsiya etiladi. O‘zbekiston
sharoitida
issiq havo erta bahorda oraliq ekinlar (javdar, tritikale, raps va
boshqalar)ni o‘rish davrida qo‘llanishi mumkin.