B. M. Tojiboyev, D. A. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/85
Sana20.07.2022
Hajmi8,27 Mb.
#826684
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85
Bog'liq
silos

Magnitli separatorlar. 
Ular donlarni va omixta yemlarni 
metall chiqindilaridan tozalashda ishlatiladi.
Doimiy magnitli separator quyidagi chizmada ishlaydi. 
Konsentratsiyalangan ozuqalar taqsimlash qurilmasidan o‘tib 
bo‘g‘iz bo‘ylab teng tarqaladi. Qiya sirg‘ish taxtasidan metall 
chiqindilar magnitga tortilib magnit maydonida ushlab qoli-
nadi. Magnit qiya sirg‘ish taxtasiga gorizontga nisbatan 36° 
ostida o‘rnatiladi. Tushayotgan don qalinligi 10 mm dan katta 
bo‘lmasligi kerak. Magnit bilan ushlab qolingan metall chiqin-
dilar mashina ishlab bo‘lgandan so‘ng qo‘lda tozalanadi.
Magnitli separatorlar maydalash kamerasi (me’yorlagichdan 
so‘ng), aralashtirgich, granulyatorlar oldiga hamda tayyor mah-
sulotlar tizimiga qo‘yiladi.
Elektr magnitli separatorlar. 
Ular magnit oqimining quvvati 
va ish unumdorligi yuqori bo‘lgan katta omixta yem korx-
onalarida qo‘llaniladi.
Tosh ajratgichlar. 
Tugunak ildizmevalar ichiga tushgan tosh-
larni ajratishda ishlatiladi. Tugunak ildizmevalar ichida tosh-
larning bo‘lishi texnologik jarayondagi to‘g‘ragichlar, ezgichlar 
va pasta tayyorlagichlar kabi qurilmalarning ishchi qismlarini 
sindirishga olib keladi.
Tosh ajratgichlarning ishlash prinsipi toshlar massasining 
tugunak ildizmevalar massasiga nisbatan katta bo‘lishi (shuning 
hisobiga aylanib turuvchi valik yordamida ildizmevalar toshga 
nisbatan uzoqroqqa uloqtiriladi) yoki toshning zichligi kattal-
igiga asoslangan. Toshlar zichligi katta bo‘lsa, ular rezervuardagi 
suv tagiga o‘tiradi. Ozuqa tayyorlash mashinalarida ikkinchi 
prinsip ko‘proq qo‘llaniladi. Bunday hollarda mashina tugunak 
ildizmevalar ichiga tushgan toshlar bilan suvli vannaga yukla-
nadi, u yerda toshlar vanna tagiga cho‘kib, shnekning konusli 
o‘ramiga o‘tmay qoladi. Tugunak ildizmevalar suv ustiga qalqib 
chiqadi va shnek o‘ramlariga ushlanib, keyingi ishlov berish 
uchun uzatiladi.
Daladan olib kelingan xashaki lavlagi yoki kartoshka donala-
rining iflosligi 20 %gacha yetadi. Lekin, zootexnik talablariga 


27
ko‘ra tugunak ildizmevalar bilan ozuqlantirishda ularning 
iflosligi 2-3 %dan oshmasligi zarur, shuning uchun tugunak 
ildizmevalarni yuvish kerak.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish