B. M. Tojiboyev, D. A. Alijanov chorvachilikda ozuqa tayyorlash va


Ozuqalar sifatiga qo‘yiladigan talablar



Download 8,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/85
Sana20.07.2022
Hajmi8,27 Mb.
#826684
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
Bog'liq
silos

3.2. Ozuqalar sifatiga qo‘yiladigan talablar
Ozuqalarning sifati ko‘p ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi. 
Oxirgi yillarda ozuqalar sifatini sinf (klass) bo‘yicha aniqlash 
tartibi qabul qilingan. Masalan, ozuqalar sifatiga ko‘ra 3 ta (I, 
II va III) sinf va sinfsizlarga bo‘linadi.
3.1-jadval
Pichan, silos va senajning sifatiga qarab sinflarga bo‘linishi
Ozuqalar
I sinf
II sinf
III sinf
IV sinf
Ozuqa
birligi
Hazm
bo‘luvchi
protein
Ozuqa
birligi
Hazm
bo‘luvchi
protein
Ozuqa
birligi
Hazm
bo‘luvchi
protein
Ozuqa
birligi
Hazm
bo‘luvchi
protein
kg
g
kg
g
kg
g
kg
g
Pichan
0,47
42,5
0,42
37,8
0,32
32,7
0,28
25,5
Silos
0,18
15,0
0,16
13,4
0,13
10,8
0,09
7,5
Senaj
0,32
34,0
0,29
30,9
0,25
26,5
0,2
21,4
Ozuqalar sinfi ularning tarkibidagi quruq modda va karotin 


22
moddasi miqdoriga ko‘ra aniqlanadi. Chunki to‘yimli moddalar 
quruq modda tarkibidagina saqlanadi.
1 kg pichan, senaj va silos tarkibidagi ozuqa birligi va hazm 
bo‘luvchi protein miqdori ularning sifatiga bog‘liq.
3.2-jadval
Ozuqalarning sinflanishini aniqlash ko‘rsatkichlari
Ozuqalar
Sinfi
Saqlanish me’yori
Karo-in,
kg/mg
Quruq
modda,
%
pH
Sut kislotasi,
%dan
kam emas
Yog‘ kislotasi,
%dan kam emas
Pichan
I
40
85-86
-
-
-
II
30-40
83-84
-
-
-
III
20-29
81-82
-
-
-
O‘t uni
I
210
88-91
-
-
-
II
160
89-91
-
-
-
III
100
88-91
-
-
-
Makkajo‘-
xori
silosi
I
20
32-39
3,2-3,9
4-4,3
0,1
II
20
30-31
3,9-4,3
5,0
0,2
III
20
25-29
3,8-4,5
4,0
0,3
Konservant
qo‘shilgan
silos
I
70
28-39
3,8-4,3
-
0,1
II
60
15-17
3,8-4,3
-
0,1
III
40
12-14
2,7-4,5
-
0,2
Senaj
I
55
40-55
-
-
0,1
II
40
40-55
-
-
0,1
III
30
40-55
-
-
0,2


23
3.3. Ozuqalarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar
Zootexnik talablarga muvofiq foydalaniladigan ozuqalarning 
katta-kichikligi quyidagicha belgilangan. Qirqilgan poxol va 
pichan bo‘laklarining uzunligi sigirlar uchun 3-4 sm, otlar 
uchun 1,5-2,5 sm, qo‘ylar uchun 1-1,5 sm. To‘g‘ralgan tuganak 
ildizmevalarning qalinligi: sigirlar uchun 1,5 sm, parrandalar 
uchun 0,3-0,4 sm. Kunjara sigirlarga 10-15 mm maydalab 
beriladi. Konsentratsiyalangan ozuqalarni sigirlarga berish 
uchun esa 1,8-4 mm kattalikda maydalanadi, cho‘chqa va 
parrandalarga berish uchun esa 1 mm gacha (kichik maydalash) 
yoki 1,8 mm gacha (o‘rtacha maydalash) maydalangan bo‘lishi 
kerak. Pichan (o‘t) uni zarralarining o‘lchamlari parrandalar 
uchun 1 mm dan va boshqa hayvonlar uchun 2 mmdan osh-
masligi kerak.
Tuganak ildizmevalar bilan birga bosilgan silosda 
ildizmevalar ortig‘i bilan 5-7 mm kattalikda qirqilishi lozim. 
Makkajo‘xorining siloslanadigan poyalari 1,5-8 sm kattalikda 
qirqiladi. Ozuqaga ishlatiladigan tuganak ildizmevalarning iflos-
ligi 0,3 %dan oshmasligi kerak, donli ozuqalarning iflosliklari: 
tuproq 1 %dan, qoramug‘, qorakuya, mastak 0,25 %dan ortiq 
bo‘lmasligi lozim. Zootexnik talablarga muvofiq har qanday 
ozuqa qishloq xo‘jalik hayvonlariga eng ko‘p foyda beradigan 
holda yedirilishi lozim. Ozuqa tayyorlash va ularni tarqatish 
uchun xizmat qiladigan texnik vositalarni takomillashtirishda 
zootexnikaning ana shu talablari asos qilib olinadi.

Download 8,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish