Hujayra organoidlarining tuzilishi va funksiyasi
Hujayra organoidlarining tuzilishi. Sitoplazma organoidlari – mitoxondriya
(xondriosoma), ribosoma, endoplazmatik to‘r, goldji apparati (diktiosoma), plastidalar,
lizosomadan iborat.
Yadro – hujayraning markaziy qismida joylashgan organoid bo‘lib, DNK shaklidagi
genetik material strukturasida irsiy axborotlarning saqlanishi va matritsa asosida nusxa
ko‘paytirilishi, avlodlarga uzatilishini ta’minlaydi.
Yadro tashqi tomondan ikki qavat membrana bilan qoplangan bo‘lib, membranada
hujayra sitoplazmasi bilan bog‘lanishni ta’minlovchi spetsifik tirqishlar joylashgan. Bu
tirqishlar orqali faqat tanlab ta’sirlashish mexanizmi asosida ma’lum bir moddalargina
tashilishi amalga oshadi. Yadroning ichki muhiti – nukleoplazma deb nomlanadi va uning
tarkibida DNK bilan kompleks hosil qiluvchi ipsimon morfologik shakldagi xromatin
joylashadi. Odatda, mikroskop ostida xromatin iplarini ko‘rish mumkin emas, biroq
hujayraning bo‘linish davrida ma’lum bir fazalarda xromatin o‘lchami katalashadi va
xromosoma deb nomlanuvchi struktura tuzilmalarni mikroskop ostida osonlik bilan
kuzatish imkoniyati yuzaga keladi. Hujayraning nafas olishi ham yadro nazoratida bo‘ladi.
Plastidalar
Leykoplast
Xromoplast
Xloroplast
Karotin
Ksantofill
Xlorofill
Karotin
Ksantofill
БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
13
Yadro 1831 yilda ingliz olimi R. Braun tomonidan kashf etilgan. Yosh embrional
to‘qima hujayralarining bo‘linishi yadro bo‘linishi natijasida sodir bo‘ladi. Shakllangan
yadro faqat ko‘k-yashil suv o‘tlari va bakteriyalarda bo‘lmaydi.
Mitoxondriya- (grekcha «mitos»-ip, «xondrion»-granula) ipsimon ѐki granulali
bo‘lib, 1904 yilda Meves tomonidan kashf etilgan. Ular granula, taѐqcha, donacha va
ipsimon shaklda bo‘lib, uzunligi 7mk gacha bo‘ladi. Uch qismdan iborat: tashqi
membrana; krist burmalaridan iborat ichki membrana; turli kattalikdagi kristlar va ular
orasidagi bo‘shliqni to‘ldirib turgan gomogen modda matriksdan tuzilgan. Hujayrada ular
soni
50 tadan 5000 tagacha bo‘lib, kuch stansiyasi hisoblanadi. Uglevodlarni,
aminokislotalarni va uch karbon siklidagi kislotalarni parchalaydi hamda nafas olish
jaraѐnini boshqaradi.
Ribosoma-sitoplazmada erkin holda ѐki endoplazmatik to‘r, yadro tashqi
membranasi tarkibida uchraydi. Ba’zan erkin ribosomalarning 5-10 tasi birlashib
polisomalar hosil qiladi. Ribosomalar oqsil sintezini amalga oshiradi.
Goldji apparati - hujayra sitoplazmasidagi yana bir muhim organella hisoblanadi.
Uni birinchi marta 1898 yilda italiyalik sitolog Goldji qayd qilgan va diktiosoma nomi
bilan yuritgan. Goldji apparati tarkibida oqsillar, lipidlar, polisaxaridlar, fermentlardan
fosfataza, peroksidaza va turli xil gidrolazalar uchraydi. Hujayradagi suv balansini tartibga
solishda, hujayradagi chiqindi va zaharli moddalarni to‘plashda hamda hujayra vakuolasini
hosil qilishda ham goldji apparati ishtirok etadi. Goldji apparati shuningdek uglevodlar
sintezida lizosomalar va hujayra membranalarini hosil qilishda qatnashadi.
Endoplazmatik to‘r- o‘zaro bog‘langan ultramikroskopik kanal, pufak va sisternalar
sistemasidan iborat ekanligi aniqlangan. Endoplazmatik to‘r membranalarida ribosomalar
joylashgan bo‘ladi. Yuzasida ribosomalari bo‘lmagan membranalar esa silliq
membranalar deb ataladi. Endoplazmatik to‘r hujayra ichida moddalarning harakati va
taqsimotida hamda hujayrada sodir bo‘ladigan modda almashinish jaraѐnida muhim rol
o‘ynaydi. Silliq endoplazmatik to‘rlar lipidlar va uglevodlarni sintez qilishda ishtirok etadi
va organoidlarga tarqatib beradi. Bu to‘rlar hujayraning asosiy organoidlarini birlashtirib
turadi.
Plastidalarni-Levenguk 1676 yilda kashf etgan. Xloroplastlar tarkibida xlorofill,
karotin va ksantofill, xromoplastlarda esa ksantofill va karotin pigmentlari bor. Plastidalar
stroma hamda pigmentlar, protein va lipid, mineral elementlardan tashkil topgan.
Plastidalar qo‘sh membranali oqsil-lipidli qobiqqa ega. Plastidalar tarkibida ko‘p miqdorda
turli fermentlar bo‘lib, ular moddalar almashinuvi jaraѐnida biokatalizator sifatida ishtirok
etadi. Plastidalar o‘simlik hujayrasida zahira moddalarning hosil bo‘lishi va almashinuvida
asosiy rol o‘ynaydi. Uch xil plastidalar mavjud: leykoplast, xloroplast va xromoplast.
Rangli plastidalar tarkibida pigmentlar bo‘ladi. Xloroplastlar tarkibida xlorofill (yashil),
karotin (qizil) va ksantofill (sariq), xromoplastlarda esa ksantofill va karotin pigmentlari
bor.
Leykoplastlar-tarkibida pigmentlar uchramaydi, ichki membranasi kuchsiz
rivojlangan. Leykoplastlarning quyidagi turlari mavjud: tarkibida kraxmal to‘plovchi
amiloplastlar; oqsil saqlovchi proteinoplastlar; moy to‘plovchi elayoplastlar ѐki
oleoplastlar; etioplastlar qorong‘i joyda o‘sgan o‘simliklarda hosil bo‘ladigan rangsiz
plastidalar hisoblanadi. Bunday sharoitda o‘sgan o‘simliklar qorong‘ilikdan ѐrug‘likka
o‘tqazilsa, hujayradagi etioplastlar tezlikda xloroplastlarga aylanadi. Leykoplastlar
Do'stlaringiz bilan baham: |