C6-CH5-CH2-CH2-COOH (I) C6-CH5-CH2-COOH (II)
Tajriba natijasida shu narsa aniqlandiki,
birinchi holda it siydigi
bilan doimo fenilsirka kislotasi (C6H5 - CH2 - COOH), ikkinchi ho-
latda esa - benzoy kislotasi (C6H5 - COOH) ajralar ekan. Tajriba
nati- 21 jasida Knoop organizmda yog‘ kislotalari karboksil uchidan
boshlab, ikki uglerodli fragmentlarga ajralar ekan,
degan xulosaga
keldi:
CH, - CH2 - CH2 - CH, - CH, - CH2 - CH, - CH, - CH2 - COOH
Knoopning xulosasi keyinchalik boshqa usullar bilan tasdiqlandi
va hozirda yog‘ kislotalarining bunday parchalanishi
p-oksidlanish
deyiladi.
Knoop aslida ilk bor molekulalarning nishonlash usulini qo‘lladi,
chunki fenil radikali organizmda o ‘zgarishlarga uchramaydi va
shuning uchun nishon sifatida ishlatilishi mumkin.
XX asrning
40-yillaridan boshlab nishonlangan molekulalar usuli tajribalarda
keng q o ilan ila boshladi. Bunda, odatda, tarkibiga radioaktiv yoki
og’ir izotop saqlovchi elementlar kiritilgan molekulalar qoMIanildi.
Masalan, tajribaviy hayvonlarga oziq bilan birga radioaktiv
uglerod (|4C) saqlovchi turli birikmalar qo‘shib berilib, xolesterin
molekulasidagi barcha uglerod atomlari
atsetat uglerod atomlaridan
sintezlanganligi aniqlandi:
Butun tizimlarda organizmning oziq moddalariga bo‘lgan talablari
harn o ‘rganiladi. Ratsiondan u yoki bu moddani chiqarib tashlab,
almashtirib boMmaydigan moddalar aniqlanadi hamda ulaming
zarur bo'lgan miqdori o ‘rganiladi.
In vitro
tadqiqotlar.
In vitro
tadqiqotlarda tadqiqot obyektlari
bo‘lib, organizmdan ajratib olingan qismlar — alohida a’zolar,
to ‘qima kesmalari, subhujayraviy
fraksiyalardan tortib, to juda
sodda biokimyoviy tizimlar, masalan, alohida ferment va uning
21
substrati yoki ferment, substrat va allosterik
ingibitordan iborat
tizim lar xizmat qilishi mumkin. Ushbu usullaming maqsadi u yoki
bu biokimyoviy jarayonlar mexanizmlarini aniqlashdan iboratdir.
Izolyatsiyalangan a ’zolar. Izolyatsiyalangan a ’zoning arteriyasiga
biror-bir modda eritmasini kiritish va shu a ’zo venasidan chiqayotgan
qonda moddalarni aniqlash yodi bilan shu a ’zoda aynan shu
modda qanday o ‘zgarishlarga uchrashini aniqlash mumkin. Aynan
shu yo‘ l bilan am inokislotalar azoti hisobiga jigarda mochevina
hosil bo‘lishi aniqlangan. Shunga owxshash tajribalami a ’zolarni
organizmdan ajratmagan holda ham o ‘tkazish mumkin.
Bunday
usul arteriovenoz farq usuli deb ataladi: bunda qon tashxis uchun
oTganilayotgan a’zoning arteriya va vena tomirlariga qo‘yilgan
kanyulya yoki shprits yordamida olinadi. Shunday yo‘l bilan,
masalan, ishlab turgan mushakdan chiqayotgan qon tarkibida sut
kislotasi konsentratsiyasining oshiqligi hamda qon jigardan o ‘tganda,
sut kislotasidan xoli b o ‘lishligi aniqlangan.
To‘qima kesmalari. To‘qima kesmalari, odatda, mikrotom
yordamida tayyorlanadi. B a’zi hollarda ulami ustarada ham tayyorlash
mumkin. Kesmalar oziq moddalari (glyukoza yoki boshqalar) va
o ‘zgarishlari oTganilayotgan modda saqlovchi
eritmada inkubatsiya
qilinadi. Inkubatsiyadan so‘ng inkubatsion eritmada oTganilayotgan
moddam etabolizm ining mahsulotlari tashxis qilinadi. Ushbu usulning
keng qoTlanilishiga hujayra membranalaridan ko‘p moddalarni oTa
olmasligi to ‘sqinlik qiladi.
To‘qima gomogenatlari. To‘qima gomogenatlari hujayra membra-
nalarini parchalash y o ‘li, ya’ni to ‘qimalami qum bilan ishqalash
yoki maxsus asboblar - gomogenizatorlarda olinadi (1.4-rasm).
1.4-rasm. Potter-Elveyem gomogenizatori:
Do'stlaringiz bilan baham: