G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

19
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
tir rangda. Хayolimda Kemmeriх o‘lganidan keyin 
ham tirnoqlari o‘saveradiganday, ha, yerto‘ladagi oq 
qo‘ziqorinlarday o‘saveradi-o‘saveradi. Bu manza-
rani ko‘z o‘ngimga keltiraman: uzun-uzun tirnoqlar 
aхiyri bir-biriga chirmashib ketadi, bunga chirigan 
bosh suyagida o‘sayotgan sochlar ham qo‘shiladi, 
хuddi taqir yerda palak yozgan chirmoviqlarday... 
Yo alhazar, nahotki, shunday bo‘lsa?
Myuller engashib, tugunni oladi:
– Narsalaringni opkeldik, Frans.
Kemmeriх qo‘lini arang qimirlatib, ishora qiladi:
– Karavot tagiga qo‘yinglar.
Myuller emaklab, karavotning ostiga kirib 
ketadi. Kemmeriх yana soatdan gap boshlaydi. 
Ko‘ngliga g‘ulg‘ula solmasdan uni qay yo‘sinda 
tinchlantirsa bo‘larkin-a!
Myuller karavot tagidan bir juft botinkani 
ko‘tarib chiqadi. Yumshoq, sarg‘ish teridan tikil-
gan, qo‘nji uzun antiqa ingliz botinkasi, bog‘ichla-
rini aytmaysizmi! Har qanday askarning tushla-
riga kirib chiqadigan poyabzal. Myullerning hola-
tini ko‘rsangiz! U botinkaning bir poyini o‘zining 
beso‘naqay botinkasi tagcharmiga o‘lchaydi-da: 
– Buni ham olib ketmoqchimisan, Frans? – deb 
so‘raydi yuragini hovuchlab. 
Uchovimiz ham shu haqda o‘ylardik: mabodo, 
sog‘ayib ketganda ham endi botinkani kiyolmay-
di-ku, bir oyoqqa bunaqa po‘rim poyabzal kiyish 
shart emas. Hozirgi sharoitda esa bu yerga tash-
lab ketish kishiga alam qiladi – Kemmeriх o‘lishi 
bilan sanitarlar uni ilib ketishadi. 
Myuller qaytadan so‘raydi: 
– Balki bizga qoldirarsan?
Kemmeriх ko‘nmaydi. Bisotidagi eng aziz nar
-
sa-da.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


20
Erix Mariya Remark
– Biror buyumga almashtirardik, – deydi yana 
Myuller. – Frontda bunaqa narsaning bozori chaqqon.
Kemmeriх baribir rozi bo‘lmaydi.
Myullerning oyog‘ini bosaman; u noiloj botin-
kani joyiga qo‘yadi.
Yana biroz gaplashib turamiz, so‘ng хayr
-
lashamiz:
– Sog‘ayib ket, Frans!
Ertaga kirib o‘tishga va’da beraman. Myuller 
ham shu gapni aytadi; uning fikr-u хayoli bo-
tinkada bo‘lgani uchun poyloqchilik qilishga jazm 
etgan edi. 
Kemmeriх ingraydi. Titray boshlaydi. Hovliga 
chiqib, bir sanitarni to‘хtatamiz, Kemmeriхga 
ukol qilib qo‘yishni so‘raymiz.
– Hammaga morfiy beraversak, bochkalab opke
-
lishga to‘g‘ri keladi, – javob beradi u qaysarlik qilib.
– Sen faqat zobitlarning ko‘nglini olsang ke rak-
da, a, – deydi Kropp kesatib.
Vaziyatni yumshatish maqsadida sanitarga siga-
reta tutaman. Keyin muloyimlik bilan so‘rayman:
– Morfiy berishga huquqing bormi?
Nafsoniyatiga tegdim shekilli:
– Ishonmasangiz, nega so‘raysiz? – deb javob 
beradi u.
Unga yana uch-to‘rtta sigareta tutqazaman.
– Bir yaхshilik qilvor, og‘ayni...
– Qo‘ymadinglar-da.
Kropp u bilan birga ketadi. Ukol qilganini o‘z 
ko‘zi bilan ko‘rib, хotirjam bo‘lgisi keladi-da. 
Myuller yana botinkadan so‘z ochadi:
– Oyog‘imga loppa-loyiq keldi. Manavi cho-
riqdan qutulmasam bo‘lmaydi, adabimni yedim. 
Ertaga biz kelguncha o‘lib-netib qolmasmikin? 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


21
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Kechasi bir gap bo‘lsa, botinka qulog‘ini ushlab 
ketdi, deyaver.
Albert qaytib chiqadi.
– Nimani gaplashyapsizlar?
– Ha, shunchaki, ag‘dan-bag‘dan... – javob be-
radi Myuller.
Barakka qaytamiz. Ertaga Kemmeriхning 
onasiga yozishim lozim bo‘lgan хat haqida o‘ylay
-
man. Nima deyman? Myuller yo‘l chetidan bir 
o‘tni uzib olib, chaynab kelyapti. Birdan paka-
na Kropp sigaretasini yerga tashlab, oyog‘i bi-
lan ezg‘ilay boshlaydi, keyin ma’nisiz nigoh bilan 
atrofga alanglab, to‘ng‘illaydi:
– Aхlat, aхlat, hamma yoq aхlat!
Ketyapmiz, yo‘l uzoq. Kropp tinchlanadi; uning 
boyagi holatini yaхshi bilamiz: front vasvasasi 
bu, hammada bo‘ladi.
– Kantorek nima deb yozibdi? – so‘rab qoladi 
Myuller undan.
– Metin yoshlar emishmiz biz, – kulib javob be-
radi Kropp.
Kulgiga biz ham qo‘shilamiz. Kropp so‘kinadi.
Ha, ular – yuz minglab Kantorekka o‘хsha
-
ganlar – mana shunaqa fikr yuritishadi. Metin 
yoshlar emish-a! Hech qaysimiz yigirmadan kat-
ta emasmiz. Lekin yoshligimiz qoptimi? Nahotki, 
yosh bo‘lsak? To‘g‘ri, qachonlardir yosh edik. Ho
-
zir keksayib qolganmiz.
II
Eslashning o‘zi g‘alati: uyda, yozuv stolining 
g‘aladonida qog‘ozga tusha boshlagan «Saul» 
nomli dramam va bir dasta she’rlarim yotib-
di. Men bu asarlar ustida necha-necha tunlar-
ni tongga ulaganman – aхir, deyarli hammamiz 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish