4. O
‘
zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar,
Yоshlar-kelajagimiz davlat dasturining amalga oshirilishi
Istiqlol yo‘lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma’naviy,
madaniy omillarga e’tibor berish bilan birga maorif, ta’lim-tarbiya ishlariga e’tibor
kuchaytirilmoqda. «Ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib
bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa, biz ko‘zlagan oliy
maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi»,-deydi I.A.Karimov.
Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda, O‘zbekiston
hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ilg‘or taraqqiy etgan
mamlakatlarning ta’lim tashabbusini inobatga olib, ta’limni isloh qilish dasturini
tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik
tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnik bazasini, zamon va davr
talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekistonning ma’rifiy salohiyatini
kuchaytirishga qaratildi.
133
1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi
qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Unda shunday
deyiladi: “Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va faravonligi, shaxs
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini
yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartish
respublikada
amalga
oshirilayotgan
islohotlarning
asosiy
maqsadi
va
harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy
qadriyatlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish
O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.... Ushbu qonun 1992-yil 2-iyulda
qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonundan o‘zining mazmun-mohiyatiga
ko‘ra tubdan farq qilar edi. Jumladan, 2003-yilda mamlakatda 9702 umumta’lim
maktablarida 6 mln. 272000 o‘quvchiga 500 ming dan ortiq pedagog o‘qituvchilar
ta’lim-tarbiya bergan bo‘lsa, 51 ta akademik litseylarda 30620 o‘quvchi 419 kasb-
hunar kollejlarida esa 285.685 yigit-qizlar hunar egallaganlar. 1991-yili
O‘zbekistonda 52 oliygoh bo‘lgan bo‘lsa, 2010 yilda ularning soni 63 taga etgan.
2014-yilda esa hammasi bo‘lib 380 ta maktab, 160 tadan ortiq kasb-hunar kolleji
va akademik litsey tubdan yangilangan. Mazkur maqsadlar uchun qariyb 550
milliard so‘m sarflangan. Ushbu mablag‘larning 120 milliard so‘mdan ortig‘i
ta’lim muassasalarini o‘quv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari,
kompyuter va multimedia vositalari bilan ta’minlash uchun ajratildi –deya qayd
etadi Prezident. 2015-2020 yillar oralig‘ida esa 500 ta umumta’lim maktablarini
qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, jumladan, 101 ta yangi maktab
barpo etish va 810 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseylarni kapital ta’mirlash
rejalashtirilganligi xususida ham mazkur kitobda qayd etildi. Ushbu amalga
oshirilayotgan islohotlarni oliy ta’lim tizimi ham mustasno emas albatta.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti qayd etganidek, «2011-2016 yillarda oliy ta’lim
muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida
19 ta oliy ta’lim muassasasida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va
jihozlash bo‘yicha qiymati 230 milliard so‘mlik ishlar bajarildi.
2016-yilga kelib mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim
sohasida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Ta’lim-tarbiya sohasini
rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarildi. I.A.Karimov: «Biz ta’lim va tarbiya
tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida
takomillashtirishni o‘zimizni birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz».
MDH mamlakatlari, jumladan O‘zbekistonda ta’lim darajasi ko‘rsatkichi
juda yuqori. O‘zbekistonda ta’lim ko‘rsatkichi 0,99 ni tashkil etsa, ayni
paytda dunyoda bu ko‘rsatkich 0,77 ni tashkil qiladi. O‘zbekiston ta’lim
ko‘rsatkichi bo‘yicha Yevropa ittifoqi tarkibiga kiradigan Malta (0,86),
Ruminiya (0,90), Xorvatiya (0,90), Markaziy Amerikaning sanoati eng rivojlangan
mamlakati Kosta Rika (0,87) va Xitoy Gonkongidan (0,87) oldinda. Bu
ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston neft hisobidan boyib ketgan Baxrayn va
Bruney (0,88), Quvayt (0,87), Qatar (0,86), BAA (0,71), shuningdek iqtisodiy va
134
texnik rivojlanish sohasida katta muvaffaqiyatga erishgan Meksika (0,86) va
Malayziyadan (0,84) oldinda
32
turadi.
Mustaqillik yillarida xalq ta’limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash
tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etilib, bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha
kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 2004-yil 21-may -O‘zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidentining «2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish
davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi.
Ta’limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib borildi:
- ta’lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;
- ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;
- ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarning
ustuvorligi;
- e’tiqodi, dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun ta’lim olish
imkoniyatlari yaratilganligi;
- ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan
holiligi
33
.
O‘zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng
muhim masalalardan biri eskicha tafakkur, e’tiqodidan qutilgan, istiqlol uchun, o‘z
ona-yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi bo‘ldi. Eski tuzumni
asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib, batamom yangi, jahonning ilg‘or taraqqiy
etgan mamlakatlari yulidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish
endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog‘liq
bo‘lib qoldi
34
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida
ta’kidlab o‘tilganidek, «…yangi ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini
ta’mirlashga alohida e’tibor qaratildi. 12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo
etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta’mirlandi.
Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va
qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi. Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy
bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta
o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik.
Biz ushbu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin
3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog‘chalar qurishimiz, ta’lim-tarbiya
sifati va darajasini yangi bosqichga ko‘tarishimiz lozim.
Ko‘plab ota-onalar, oqituvchi va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik
tomonidan bildirilgan takliflar asosida yurtimizda 11 yillik ta’lim qayta tiklandi .
Respublikamizda 11 yillik orta talimning joriy etilishi hamda oliy talim
qamrovining kengayishi, yoshlarning bosh yurishlariga orin qoldirmadi. Bu
32
Саидова Г. Ўзбекистонда таълим: талаб ва таклиф мутаносиблиги.-Тошкент, 2007-2008, -Б.28
33
Жўраев Н. Ўзбекистон тарих: (Миллий истиқлол даври) 3-китоб /Масъул муҳаррир Н. Абдуазимова. –
Тошкент: Шарқ, 2011. –Б.324.
34
Холикулова Ҳ.Ю. Мустақиллик йилларида Ўзбекистоннинг ижтимоий-иқтисодий, сиѐсий, маънавий-
маданий тараққиѐти. (Ўқув қўлланма). Жиззах, 2020. 128-бет.
135
oquvchiga ota ona bag‘rida bo‘lib ham o‘qib ham o‘zi xohlagan hunarni
egallashiga imkon beradi.
Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi davrda ta’lim-tarbiya tizimini
mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladigan bir necha muhim farmon va
qarorlar qabul qilindi. Prezidentimizning 2017-yil 30-sentyabrda qabul qilingan
qaroriga muvofiq, yurtimizda birinchi marta Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil
etildi. Qisqa davr ichida ushbu tizimda tub o‘zgarishlar amalga oshirildi, 980 dan
ortiq bog‘cha qurilib, ishga tushirildi. Davlatimiz rahbarining 2018-yil 30-
sentyabrda qabul qilingan «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori maktabgacha ta’lim tizimini
yagona uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada
takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan
ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy
rivojlantiruvchi zamonaviy dastur va texnologiyalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga
joriy etilishi ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirishga xizmat
qilmoqda. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi qoshida Axborot va pedagogika texnologiyalarining innovatsion markazi,
Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti, Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha
injenering kompaniyasi, Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil
etildi. Bugungi kunda mamlakatimizda 9,7 mingta maktabda 5,2 million o‘quvchi
ta’lim oladi, o‘quv-tarbiya va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim
mehnat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018- yil
17-yul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga
bag‘ishlangan yig‘ilishida o‘qituvchining ijtimoiy mavqeini oshirish zarurligini
alohida ta’kidladi. Dunyo tajribasi ham buni tasdiqlaydi. Misol uchun, Janubiy
Koreya, Yaponiya, Germaniya, Kanada kabi davlatlarda o‘qituvchining maoshi
mamlakatdagi o‘rtacha oylikdan 1,5 barobar ko‘p. Mamlakatimizda esa
o‘qituvchining maoshi umumiy o‘rtacha oylikning atigi 79 foizini tashkil etadi.
Ta’lim sohasida so‘nggi 2017-2020-yillar ichida amalga oshirilgan muhim
islohotlardan yana biri, bu umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi sohalaridagi tub o‘zgarishlardir. Bu borada 12 yillik majburiy ta’limga
o‘tish natijalarini har tomonlama tahlil qilish hozirgi o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi tizimi bugungi kun talabalariga javob bermasligini va tubdan isloh qilishga
muhtoj ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu sohadagi mavjud muammolarni tizimli hal
etish, ilg‘or xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida kasb-hunar ta’limi tizimini
tubdan
takomillashtirish
maqsadida
2018-yil
25-yanvarda
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim
tizimini, tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul
qilindi.
Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2019-yilda mutlaqo yangicha mazmun va
shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta ijod maktablari ish boshladi.
2019-yil 1-
yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 9,7 mingta maktabda 5,2 milliondan ortiq
o‘quvchi ta’lim oldi, o‘quv-tarbiya va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod
xodim mehnat qilmoqda. Ularning moddiy hayoti va jamiyatdagi ijtimoiy
136
mavqeini oshirish masalalariga ham alohida urg‘u berilgan. Xususan, Prezident
Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 17-iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish
va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida o‘qituvchining ijtimoiy
mavqeini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi.
Ammo mamlakatimizda sohada amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida
so‘nggi ikki yarim yil ichida bu boradagi muhim islohotlar quyidagilarda o‘z aksini
topdi:
Boshlang‘ich va yuqori sinf o‘qituvchilarining maoshlari tenglashtirildi. Shu
ma’noda, bugun o‘qituvchilar uchun barcha qulayliklar yaratish, o‘qituvchini uy-
joy bilan ta’minlash, ularga avtokreditlar ajratilishi juda katta e’tibor mahsuli
bo‘ldi. Qarorga binoan, har yili qishloq va shaharlarda namunaviy loyihalar
bo‘yicha qurilayotgan arzon uy-joylarning bir qismini xalq ta’limi tizimida mehnat
qilayotgan pedagog xodimlarga 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda
birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida dastlabki
baholash darajasi 10 foiz bo‘lgan ipoteka krediti sifatida berilishi alohida
g‘amxo‘rlikdir.
2018-yil 1-sentyabrdan boshlab maktablarda faoliyat olib borayotgan 450
mingdan ziyod pedagog va rahbar xodimlarning maoshi oshirildi. Ular uchun
maxsus davlat mukofoti ta’sis qilindi. O‘qituvchilarni turli boshqa xo‘jalik va
majburiy ishlarga jalb etish, maktablarda asossiz tekshiruvlar o‘tkazish amaliyotiga
chek qo‘yildi. So‘ngi 2 yil ichida qariyb 13 ming nafar erkak o‘qituvchilar
maktablarga qaytdi, ishlab turgan pensioner o‘qituvchilarga pensiyalarni to‘liq
miqdorda to‘lash yo‘lga qo‘yildi.
2020-yil 24-yanvarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
yo‘llagan Murojaatnomasida qayd qilinganidek, oliy ta’limni rivojlantirish uchun
o‘tgan 2019-yilda 19 ta yangi oliy o‘quv yurti, jumladan 9 ta nufuzli xorijiy
universitetning filiallari ochildi. Etakchi xorijiy unversitetlar bilan hamkorlikda
141 qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim
muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016- yilga nisbatan 2 barobar ko‘p
talaba o‘qishga qabul qilindi.
Ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan tub islohotlar to‘g‘risida
to‘xtalib Prezident Shavkat Mirziyoev shunday degan edilar: «Keyingi yillarda
yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O‘zbekistonni yaratish
maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib
borilmoqda.
Bu borada o‘nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilingani
sizlarga yaxshi ma’lum. Mana, yaqinda tasdiqlangan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun
ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Qonunga
muvofiq, ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta’lim
137
tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo‘shma fakultet va o‘quv markazlari
tashkil qilishga ruxsat etildi»
35
.
Ta’lim to‘grisidagi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi (23.09.2020
yildagi O‘RQ-637-son).
Yangi qonunning oldingi qabul qilingan qonundan asosiy farqlari haqida
qisqacha to‘xtalib o‘tsak:
Do'stlaringiz bilan baham: |