Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


O ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/293
Sana18.07.2022
Hajmi10,95 Mb.
#823289
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   293
Bog'liq
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

O ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
O z b e k tili, adabiyoti va folklori instituti va
QozogMston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi
A.Boytursunov nomidagi Tilshunoslik instituti o‘rtasida
ilmiy hamkorlik bo‘yicha tuzilgan
MEMORANDUM
0 ‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ilm-fan hamkorligini 
yanada rivojlantirish maqsadida 0 ‘zbek tili, adabiyoti va folklori 
instituti va Tilshunoslik instituti quyidagilar haqida o‘zaro kelish- 
dilar:
1-modda. Tilshunoslik sohasida har ikkala tomon manfaatdor 
bo‘lgan dolzarb masalalalar bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar 
olib borilishini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik o‘matish.
2-modda. Ilmiy dastur, loyihalar bo‘yicha qo‘shma tadqiqot- 
lami amalga oshirish, zarurat tug‘ilganda, muvaqqat ijodiy jamoa- 
lar tuzish.
399


Xizmat yozishmalari
3-modda. Tilshunoslikning dolzarb masalalari bo‘yicha xalqa­
ro ilmiy kongress, anjuman, simpozium, seminar, uchrashuvlar 
o‘tkazish.
4-modda. Tilshunoslik bo‘yicha hamkorlikda olib borilgan il­
miy tadqiqotlar natijalarini nashr etish.
5-modda. Monografiya, ilmiy to‘plam, ilmiy maqola va bosh­
qa ilmiy-tadqiqot qo‘lyozmalariga har ikki tomon mutaxassislari 
tomonidan taqriz berish amaliyotini joriy etish.
6-modda. Manfaatdor tomonlar tarafidan muntazam ravishda 
ilmiy adabiyotlar almashinuvini tashkil etish.
7-modda. Tilshunoslik materiallarini to‘plash maqsadida 
qo‘shma ilmiy ekspeditsiyalar, xizmat safarlarini tashkil etish.
8-modda. Malaka oshirish, doktoranturada ta’lim olish, il­
miy va boshqa kengashlar faoliyatida ishtirok etish orqali ilmiy 
kadrlami tayyorlashga ko‘maklashish.
9-modda. Ushbu Memorandum tomonlaming har bir holatda 
alohida hal qilinishi mumkin bo‘lgan moliyaviy majburiyatlarini 
nazarda tutmaydi.
10-modda. Ushbu Memorandumning amal qilish mudda­
ti besh yil, agar tomonlardan biri Memorandumni bekor qilish 
to‘g‘risida Memorandum tugashidan olti oy oldin xabar qilma- 
sa, keyingi 5 yil mobaynida amal qiladi va uzaytiriladi. Zarurat 
bo‘lganda, tomonlar o‘zaro kelishuv bo‘yicha ushbu Memoran­
dumning matnini o‘zgartiradilar.
11-modda. Moliyaviy holatlar yuzaga kelganda, tomonlar 
bunday holat shartlari yuzasidan yozma ravishda kelishib olishadi.
12-modda. Ushbu Memorandum manfaatdor tomonlaming 
vakillari imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.
Memorandum o‘zbek va qozoq tillarida to‘rt nusxada tuzildi 
va to‘rtala nusxa ham teng huquqqa ega.
Rekvizitlar
A.Boytursunov nomidagi 
Tilshunoslik instituti
0 ‘zbek tili, adabiyoti va 
folklori instituti
Manzil: 050010.
Manzil: 100060
Qurmong‘ozi ko‘chasi
29- uy. Olmaota shahri 
Tel.: +7-727-272-69-61
Shahrisabz torko‘chasi
5-uy. Toshkent shahri. 
Tel.: +99871-233-36-50
400


Xizmat yozishmalari
Faks: 8-727-272-55-47 
E-mail: info@tbi.kz
Direktor:________
Erden Zadauli Qajibek 
2018-yil 2-oktyabr
E-mail: uztafi@academy.uz
Direktor:________
Nizomiddin Mamadaliyevich
Mahmudov
2018-yil 2-oktyabr
Faks:+99871-233-71-44

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish