Respublikasi va
Belarus Respublikasi Prezidentlarining
Q O ‘SHMA BAYONOTI
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi teng
huquqli va suveren davlatlar sifatida uzoq muddatli sheriklik,
o‘zaro foyda va bir-birlarining manfaatlarini hisobga olish asosida
ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirib boradilar.
2. Tomonlar o‘zaro hurmat va ishonch an’analari, xalqlar o‘r-
tasidagi ko‘p asrlik do‘stlikka asoslangan o‘zbek-belorus aloqalari
darajasini yanada oshirishga har tomonlama ko‘maklashadilar.
3. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning muhim jihat-
lari, o‘zaro manfaat kasb etadigan dolzarb xalqaro va mintaqaviy
masalalar yuzasidan muntazam fikr almashgan va o‘z pozitsiyala-
rini kelishgan holda muntazam uchrashuvlar, eng awalo, oliy va
yuqori darajadagi uchrashuvlar mexanizmidan foydalanish hamda
uni takomillashtirishda davom etadilar.
4. Tomonlar 2030-yilga qadar barqaror rivojlanish sohasida
Kun tartibini amalga oshirish va Barqaror rivojlanish maqsadlari-
ga erishish yo‘lida xalqaro sheriklikni mustahkamlash uchun ikki
tomonlama, mintaqaviy va global formatlarda hamkorlikni davom
ettiradilar.
5. Tomonlar xalqaro maydonlarda inson huquqlarini ilgari
surish masalalarida hamkorlikni davom ettiradilar. Birlash-
gan Millatlar Tashkiloti hamda boshqa universal va mintaqaviy
xalqaro tashkilotlar doirasida tashabbus va nomzodlami o‘zaro
qo‘llab-quwatlash amaliyoti mustahkamlanadi.
6. Tomonlar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Shanxay
hamkorlik tashkiloti doirasida ulaming faoliyatini takomillash-
tirish va ko‘p tomonlama munosabatlami kengaytirish bo‘yicha
sa’y-harakatlami amalga oshiradilar.
7. Tomonlar Belarus tomonining tajribasini hisobga olgan hol
da, 0 ‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi
istiqbollarini muhokama qildilar.
8. Tomonlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan
Belarus Respublikasi Milliy kengashi o‘rtasidagi faol muloqotni
394
Xizmat yozishmalari
olqishlaydilar hamda davlatlararo munosabatlaming muhim
tarkibiy qismi sifatida parlamentlararo hamkorlikning yanada
rivojlanishi va chuqurlashishiga ishonch bildiradilar.
9. Tomonlar ikki mamlakatni yanada barqaror ijtimoiy-iqti-
sodiy rivojlantirish maqsadida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy
hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat beradilar.
10. Tomonlar o‘zaro manfaatli loyihalami amalga oshirish-
da muhim mexanizm hisoblanadigan ikki tomonlama hamkorlik
bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning sermahsul faoli
yatini qayd etib, uning ishiga tizimli tus berishga kelishib oldilar.
11. Tomonlar o‘zaro savdodagi ijobiy o‘sish sur'atini, savdo
aylanmasi hajmini kengaytirish va uning barqarorligini ta’minlash
uchun mavjud salohiyatni mamnuniyat bilan qayd etdilar.
12. Tomonlar innovatsiyalar, axborot-kommunikatsiya tex-
nologiyalari, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, to‘qimachilik,
charm va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika sohalarida va iqtisodi-
yotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiyani yanada kuchaytirish,
shu jumladan, uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqish muhim-
ligini ta’kidladilar.
13. Tomonlar oliy darajadagi tashrif doirasida Minskda tashkil
etilgan « 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» 0 ‘zbekiston Respub
likasi mahsulotlarining milliy ko‘rgazmasi hamda 0 ‘zbekiston va
Belarus mintaqalari forumining o‘tkazilish darajasi va natijalarini
yuqori baholadilar.
14. Tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar ham
korlikni mustahkamlashning samarali shakli sifatida to‘g‘ri-
dan-to‘g‘ri mintaqalararo aloqalami yanada kengaytirishdan o‘za-
ro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
15. Tomonlar ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida uzoq mud-
datli sheriklik aloqalarini o‘matishga ko‘maklashadigan Ishbilar-
monlar qo‘shma kengashi tuzilishini olqishladilar.
16. Tomonlar transport-logistika kommunikatsiyalari so-
hasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yuk aylanmasini ko‘paytirish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ta’minlashga ko‘makla-
shish niyatida ekanliklarini bildirdilar.
17. Tomonlar xalqaro va mintaqaviy terroristik va
ekstremistik guruhlaming faolligi oshib borayotganidan, transche-
garaviy jinoyatchilik, qurol-yarog‘ va giyohvand vositalar bilan
395
Xizmat yozishmalari
noqonuniy muomalada boiish hamda odam savdosining o‘si-
shidan tashvishda ekanliklarini bildirdilar. Shu munosabat bilan,
umumiy, teng va ajralmas xavfsizlik tamoyiliga sodiqliklarini,
o‘zaro ishonch va hurmat, shuningdek, bir-birlarining manfaat-
larini hisobga olish asosida yagona xavfsizlik makonini yaratish
muhimligi tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.
18. Tomonlar axborot xavfsizligini ta’minlash va kiber-
jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlikni kengaytirishga
kelishib oldilar.
19. Tomonlar so‘nggi yillarda ikki mamlakatning harbiy va
harbiy-texnikaviy sohalardagi amaliy sherikligi, shuningdek,
huquqni muhofaza qilish idoralari, harbiylashtirilgan tuzilma-
lar va favqulodda vaziyatlar muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik
rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.
20. Tomonlar vazirliklar, idoralar, universitetlar va ilmiy tash-
kilotlar o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik yanada rivojla-
nishini va ilg‘or tajriba almashinuvini qo‘llab-quwatlaydilar.
21. Tomonlar yuqori va raqamli texnologiyalar sohasida yaqin
hamkorlikni chuqurlashtirish hamda ulami, shu jumladan, ikki
mamlakat innovatsion markazlari va texnoparklari o‘rtasidagi
hamkorlikni rivojlantirish orqali hayotga tatbiq etish muhimligini
ta’kidladilar.
22. Tomonlar ikki mamlakat xalqlarining tarixi, madaniyati
va boy milliy an’analari bilan o‘zaro tanishish maqsadida turizm
sohasidagi faol almashinuvni rivojlantirishga ko‘maklashadilar.
23. Tomonlar ikki mamlakat xalqlarining ma’naviy va
madaniy yaqinligini saqlab qolishga har tomonlama ko‘makla-
shadilar, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni chuqurlashti-
radilar.
24. Tomonlar 0 ‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Res
publikasi o‘rtasida ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni
yanada kengaytirish maqsadida erishilgan kelishuvlaming sa-
marali amalga oshirilishini ta’minlashga barcha bosqichlarda
ko‘maklashish niyatida ekanliklarini e’tirof etdilar.
396
Xizmat yozishmalari
2-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |