2 Mavzu: INFORMATIKA FANLARINI O`QITISHNING ASOSIY
DIDAKTIK TAMOYILLARI
Reja:
1. Ilmiylik
2. Tizimli va izchil bayon qilish
3. Tushunarlilik
4. Ko’rgazmalilik
5. Nazariyaning amaliyot bilan bog’lanishi
6. Bilimlarni mustahkam o’zlashtirish
7. Faollik
Tayanch tushunchalar:
ilmiylik, tushunarlilik, faollik, ko’rgazmalilik,
bayon qilish, mustahkamlash, bog’lash.
Didaktikaning predmeti-ta’lim jarayoni va uning qonuniyatlaridir. Didaktika
o’ziga xos tadqiqot sohasiga va tadqiqot predmetiga ega bo’lganidek, uning o’ziga oid
tushunchalar tizimi ham mavjud. Har bir tushuncha ma’lum didaktik hodisaga taalluqli
bo’lib, ular vositasida didaktik hodisalarning asosiy belgilari umumlashtiriladi.
Demak, didaktik tushunchalar pedagogik fikrlash shakli, shuningdek, didaktik
hodisalarni bilish, tadqiqqilish, bayon qilish hamda
amaliyotda foydalanish
vositalaridir.
Didaktik kategoriyalar -
didaktikaning ayrim muhim tushunchalari
didaktikaning kategogriyalari deb ataladi.
Ma’lumot-ta’lim va tarbiya jarayonida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan
ilmiy bilimlar, bilim olish ko’nikma va malakalari, hamda ular asosida tarkib topgan
dunyoqarashlar, ahloqiy fazilatlar, shuningdek,shaxsning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish yig’indisidir.
Ta’lim-ma’lum maqsadga qaratilgan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va
malakalar
bilan qurollantiradigan, o’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi
faolliklariga asoslangan jarayondir. O`qitish o’qituvchining faoliyatini, o’qish esa
o’quvchining bilim olish faoliyati jarayonini bildiradi.
Bilimlar-insoniyatning asrlar davomida ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida
to’plagan umumlashgan tajribasidir.
Ta’lim jarayonida biror fan sohasida insoniyat tomonidan o’rganilgan va
egallangan bilimlarni barchasini o’rgatishning imkoniyati yo’q. Shuning uchun
o’quv jarayonida fanlarning poydevori, asoslari eng asosiy, muhim narsalar
o’rganiladi.
Ko’nikmalar olingan bilimlarga asoslanib qo’yilgan vazifalar va shartlarga
binoan bajariladigan harakatlarning yig’indisidir. Ko’nikma hosil qilish uchun aqliy
va jismoniy mehnat
qilish usullarini bilib olish, hosil qilingan bilimlarni amalda
qo’llay bilish kerak bo’ladi.
Malaka-ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Malaka
qanchalik puxta bo’lsa, odam ishni shunchalik tez va to’g’ri bajaradi.
Insoniyat tomonidan asrlar davomida to’plangan ma’lumot va bilimlar har bir
yangi avlod tomonidan o’zlashtirilib, boyitilib borilishi va jamiyat taraqiyotiga
xizmat qilishi lozim. To’plangan ma’lumot va bilimlarni o’zlashtirish o’ta murakkab
jarayon bo’lib, u faqat ilmiy jihatdan asoslangan holda maxsus tashkil etilishi lozim.
Lekin, har bir jarayon ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo’ladi, shuning uchun, o’z
qonun-qoidalariga, xususiyatlariga ega. Ta’lim jarayonini qonun-qoidalarini
o’rganish, tahlil etish va yangi bilimlar yo’nalishlarini izlab topish, ularni
o’zlashtirishning samarali metodlarini ishlab
chiqish masalalari bilan
pedagogikaning didaktika bo’limi shug’ullanadi. Ta’lim jarayonini, insonning
bilish qobiliyati va tafakkuri hodisalarini falsafa, psihologiya, fiziologiya fanlari
hamo’rganadi. Ammo, didaktika bu masalalarga maxsus fan sifatida yondoshadi va
izlanish ishlarini olib boradi. Didaktika ta’lim, uni tashkil etish,
bilimlarni
o’zlashtirilishi, ta’lim mazmunini aniqlash, ta’lim usullari, qoidalari kabi barcha
masalalar bilan shug’ullanadi.
Didaktika fan sifatida o’z tadqiqot predmeti va metodlari hamda aniq
maqsadlariga ega. Didaktika ko’p asrlik tarixiga ega.
Didaktika yosh avlodni «nimaga o’qitish», «nimani o’qitish» va «qanday
o’qitish» kabi savollarga javob beradi. Didaktika, o’z navbatida ayrim o’quv
fanlarga oid o’qitish va o’qish metodi va uslublari bilan uzviy bog’liqdir. U
o’qitishning barcha fanlarga oid umumiy qonuniyatlarini aniqlab borishi bilan birga,
har bir o’quv fanini o’qitish metodlari uchun asos bo’lib hizmat qiladi.
Ilmiy didaktikaning asoschisi chex pedagogi Yan Amos Komenskiy
hisoblanadi. Uning «Buyuk didaktika» (1632 yil) asari o’qitishni
rivojlantirishga
g’oyat katta ta’sir ko’rsatdi. Sharqda pedagogik fikrlar rivojiga mutafakkirlar: Imom
al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy,
Ibn- Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf
Xos Xojib, Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy,
Alisher Navoiy va
boshqalar katta xissa qo’shdilar. O`zbekitsonda didaktika fanining rivojlanishi
Ismoil G’asprali, Mahmudxo’ja Bexbudiy, Munavvar-qori Abdurashidxon o’g’li,
Muhammadsharif So’fizoda, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy,
Muhammadrasul Rasuliy, Ishoqxon Ibrat, Sadriddin Ayniy,
Abdurauf Fitrat,
Oqilxon Sharofiddinov, Siddiq Rajabov kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan
bog’liq. Umumiy didaktika-barcha o’quv fanlari, ma’lumot darajalari asosida
ta’limning maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, qoidalari, metodlari, tashkiliy shakllari
natijalarini o’rganuvchi fandir.
Xususiy didaktika umumiy didaktika bo’yicha o’rganilgan bilimlarni, masalan,
ta’lim qoidalari, ma’lumot mazmuni bo’yicha hosil qilingan tasavvurlarni inkor
etmaydi. Aksincha, xususiy didaktika bo’yicha o’rganiladigan bilimlar umumiy
didaktikada hosil qilingan tushunchalarni to’ldiradi, ularni yanada oydinlashtirishga
ko’maklashadi. Binobarin, umumiy va xususiy didaktika o’zaro uzviy bog’liq
pedagogik fanlardir.
-