III. Xizmatning texnik ta’rifi
5. Xizmatning texnik tarkibi foydalanuvchi interfeysi (veb - interfeys) kabi php va Oracle
dasturlash tilida yozilgan dasturiy ta’minotni, lokal ma’lumotlar bazasi (ABT) va tashqi tizimlar
(YUPM, SV GATE)dan so’rovlar algoritmini, ularni qayta ishlashni va xizmat uchun yaratilgan
ma’lumotlar bazalari jadvallariga kiritish (insert)ni, xizmat qadamlari
natijalarini qayd etish
(logirovanie)ni,
mijozlarga sms-xabarnoma
yuborish
va mijozlardan olingan sms-
xabarnomalarni qayta ishlashni, ePOS (har bir Bank filiali uchun ro’yxatdan o’tkazilgan elektron
to’lov terminallari) orqali mijozlarning kartalaridan pul mablag’larini
yechib olish va ularni
kreditlarni so’ndirish uchun jamg’arma hisobvaraqlariga kiritish bo’yicha tashqi tizimlar (YUPM
connect, SV GATE,
IS Smart bank, sms-markaz)ning metod va jarayonlarini yaratishni o’z
ichiga oladi.
IV. Yakuniy qoidalar
6. Mazkur Qoidalar Bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanganidan so’ng kuchga kiradi.
7. Mazkur Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar
amaldagi qonun hujjatlari
normalari, Bankning normativ hujjatlari bilan tartibga solinadi.