Interfeysda mijozning kodi, uning F.I.Sh,
shartnoma raqami va summasi, kredit bo’yicha
qarzdorlikning joriy qoldig’i, shu jumladan muddati o’tgan asossiy qarz va hisoblangan foizlar,
muddati o’tgan asossiy qarz, muddati o’tgan foizlarning joriy qoldig’i, kreditni so’ndirish
uchun
jamg’arma hisobvaraqlardagi joriy qoldiq aks ettirilgan.
Interfeysda muddati o’tgan qarzdorlik va biriktirilgan kartalarning mavjudligi bo’yicha
ko’riladigan anketalarni filtr qilish imkoniyati mavjud.
Interfeysda mijozning F.I.Sh., unikal kodi va anketa raqami bo’yicha qidiruv yo’lga
qo’yilgan.
“Karta” tugmasiga bosilganda mijozning Bankda ochilgan va xizmat orqali ushbu anketa
bo’yicha qarzdorlik so’ndirilgan boshqa kartalarining ro’yxati ochiladi. Kartalar ro’yxatida
mijozga tegishli bo’lmagan, biroq mijoz tomonidan taqdim etilgan va validatsiyalangan kartalar
ham bo’lishi mumkin.
Xodim funksiyasi grafik bo’yicha yoki bir martalik tarzda mablag’larni yechib olish uchun
anketaga kartalarni biriktirish imkoniyatini beradi.
Kartani biriktirish funksionali anketa tasdiqlangan paytdan e’tiboran mavjud bo’ladi, ya’ni
agar bu kreditlarni sotish bo’yicha biznes-jarayonning bir qismi hisoblansa, kartani biriktirish
bevosita kredit berishdan oldin amalga oshiriladi.
Har oyda mablag’larni yechib olish maqsadida kartani biriktirish uchun xodim ro’yxatdan
kerakli kartani tanlaydi yoki tegishli maydonga karta raqamini kiritadi (boshqa
bankning
kartalari uchun kartaning amal qilish muddati majburiy tarzda kiritiladi), mablag’larni yechib
olish turini “Grafik bo’yicha yechib olish” qilib ko’rsatadi va yuborish tugmasini bosadi.
Mijozga xabarnoma yuborilganda interfeys oynasida karta raqami,
uning egasiva kartani
biriktirish to’g’risidagi so’rov berilgan paytdan boshlab o’tgan kunlar soni ko’rsatilgan holda
“validatsiyani kutmoqda” holatidagi karta paydo bo’ladi. Anketaga biriktirish validatsiyasidan
so’ng “validatsiyalangan” holatidagi karta paydo bo’ladi.
Anketaga biriktirilgan kartani boshqasi bilan “to’g’rilash” yoki “o’chirish” (kartalarni
o’chirish bo’yicha vakolat faqatgina Kredit portfeli monitoring boshqarmasi boshlig’iga
berilgan) tugmasini bosish yo’li bilan almashtirish mumkin.
Muddati o’tgan qarzdorlikni bir martalik tarzda yechib olishni mijozdan so’rash uchun
xodim anketaga biriktirilmagan kerakli kartani ro’yxatdan tanlaydi yoki tegishli maydonga karta
raqamini kiritadi (boshqa bankning kartalari uchun kartaning amal qilish muddati majburiy
tarzda kiritiladi), mablag’larni yechib olish turini “Bir martalik tarzda yechib olish” qilib
ko’rsatadi va yuborish tugmasini bosadi.
Xodimlar uchun interfeysda shuningdek quyidagi konsolidatsiyalangan
hisobotlar ham
ishlab chiqilgan:
- biriktirilgan kartalar bo’yicha;
- qarzdorliklarni yig’ish bo’yicha.
Xizmat bilan ishlashda Bank xodimining harakatlari quyidagilardan iborat:
- qarzlarni yig’uvchining oynasini ochish;
- mijozni va uning anketasini topish;
- kartalar ro’yxatidan tanlash yoki mijoz bilan kelishgan holda “karta” maydoniga boshqa
kartani kiritish.
Agar boshqa
bankning kartasi kiritilsa, karta raqamidan so’ng probel bilan uning amal
qilish muddati ko’rsatilishi kerak.
Agar karta biriktirilgan bo’lishi lozim bo’lsa, xodim “grafik bo’yicha yechib olish” ni
tanlaydi va “send” belgisini bosadi.
Agar bir martalik tarzda yechib olish amalga oshirilishi kerak bo’lsa, xodim F5 bilan
oynani yangilashi yoki qidiruv tugmasini bosishi lozim.
Agar kartadan qarzdorlikni bir marta yechib olish lozim bo’lsa, xodim “bir martalik tarzda
yechib olish” ni tanlaydi va “send” belgisini bosadi.
Agar mijozda muddati o’tgan qarzdorlik mavjud bo’lmasa, “Bir
martalik tarzda yechib
olish” tugmasi mavjud bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: