Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish - inson hayotining
barcha jabhalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan
bog‘liq obyektiv jarayon hisoblanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush
darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlaming qondirilishiga,
iqtisodning o‘sishi hamda fan-texnika
taraqqiyotining jadalla-
shishiga xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 ta asosiy yo‘nalishga
ajratish mumkin:
1. Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini
kompleks avtomatlashtirish.
. ■
■; ,
2. Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini
axborotlashtirish.
3. Tashkiliy - iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
4. Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini axborotlashtirish.
5. Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.
Axborotlashgan jamiyatda barcha sohalami kompyuter-
lashtirish orqali barchamiz zaruriy axborot manbalariga kirish
imkoniga ega bo‘lamiz. Undan tashqari axborotlarni qayta ishlash
avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Jamiyatning rivojlanishi axborotlar
ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, axborotlashgan jamiyatda bilimlar to‘planadi va
o‘zlashtiriladi, bu esa aqliy mehnatga talabni kuchaytiradi. Shu bois
insondagi bilimga bo‘lgan ehtiyoj
kuchayadi va undan ijodiy
yondashuv talab qilinadi.
XX asr oxirlarida ilg'or mamlakatlarda fan va texnika
rivojlanishining real amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborot
jamiyati manzarasining chizgilari sekin - asta namoyon bo‘lmoqda.
Butun dunyo makonining elektron kvartira va kottejlarida
yashovchi kishilar yagona kompyuterlashgan
va axborotlashgan
jamiyatga'aylanishi kutilmoqda. Istalgan turar joy turli elektron
uskunalar va kompyuterlashgan moslamalar bilan jihozlanadi.
Odamlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi,
moddiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi.
XX asming so‘nggi
o‘n yili
mobaynida axborotlar bilan ishlash
va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki,
19
kundalik turmushda axborotlar, ulami qayta
ishlash va uzatishning
ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida jamiyatning har
bir a’zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini,
uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, axborot
lashtirish va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘nalishida
katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul
qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda bu dastuming tub
mohiyati bayon etilgan. Shuningdek, so‘nggi 5-6
yil ichida bu
sohada qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni
qurish eng oliy insoniy orzu-niyatga aylanganligidan dalolat beradi.
Axborotlashgan
jamiyatga
o‘tishda
kompyuter
va
telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi
axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi. Haqiqatan ham,
AQSH da o‘tkazilgan ilmiy kuzatuvlar quyidagi ma’lumotlar
e’tirof etilgan:
—
27 mln. xizmatchi xodimlar bevosita uyidan asosiy ishlami
bajarishlari mumkin ekan. Ushbu holatni quyidagi diagrammadan
ko‘rib olsa bo‘ladi:
-
yangidan qayd etilgan firmalaming 1\3 qismi o‘z-o£zini
bandlash texnologiyasiga asoslanayotgan ekan.
Shulardan kelib chiqqan holda quyidagi ta’rifni
kiritish
mumkin:
AQ Sh da bandlik tendensiyasi
I
1980
1989
1995
2005
20