Kompilyator -
bu dastur matnini mashina tiliga tarjima qiladi
va
modulga yozib, keyin dastur tezkor xotiraga kiritiladi va
shundan so‘nggina u kompyuter protsessori tomonidan bajariladi.
Kompilyator bevosita algoritmni to‘Uq kompyuter tiliga
o‘girtmb keyin bajaradi.
Interpretator esa algoritmni ketma-ket kompyuter tiliga o‘gir-
tirib bajaradi. Interpretator algoritmlarda mavjud xatolami topishda
qulay hisoblanadi. Lekin bu yerda doimo dasturlash muhiti bo‘lishi
kerak.
4.4. Vizual dasturlash texnologiyalari
An’anaviy dasturlarda foydalanuvchining xatti-harakati menyu
bandini tanlash bilan chegaralangan. Menyu bandi tanlanganda
dastur ushbu bandda ko‘rsatilgan operatorlami bajaradi. Qaysi
turdagi operatorlardan foydalanish mumkinligi dasturlovchining
mahorati va dasturlash tillarining imkoniyatlaridan kelib chiqadi.
Hodisaviy dasturlash texnologiyasi (HDT)
- bu istalgan harakat,
ya’ni bajarilishi lozim bo‘lgan keyingi, navbatdagi operatsiyani
dasturlash usulidir.
Windows tizimida hodisalaming turlari ko‘p, masalan,
klaviatura tugmasini tanlash, sichqonchani siljitish va uning
tugmalarini tanlash, menyu bandini tanlash, oynani siljitish va
hokazo. Hodisalaming ko‘pligidan, o‘z navbatida, ulami an’anaviy
dasturlash texnologiyasi bilan qayta
ishlash murakkab masala
ekanligini bilib olish qiyin emas. Chunki, an’anaviy dasturlash
usullari hodisalar to‘plami bilan ishlash uchun mo‘ljallanmagan.
Windows tizimida sodir bo‘lgan hodisa bevosita amaliy
dasturga yetkaziladi, ya’ni tizim tomonidan dasturga xabar
yuboriladi. Dastur, o‘z navbatida,
ushbu xabami tahlil qilib, uni
qaysi hodisaga to‘g‘ri kelishini aniqlagandan keyingina qo‘yilgan
shartlami bajaradi.
Zamonaviy dasturlash texnologiyasida har bir hodisa uchun
alohida protsedura, ya’ni qism dastur tuziladi va bu protsedura
hodisa ro‘y berganda bajariladi.
Hodisalar asosan quyidagi ikki ko‘rinishda bo‘ladi:
94
- foydalanuvchi tomonidan tahlil qilinadigan hodisa;
- tizimli hodisa.
Dasturlovchi asosan birinchi ko‘rinishdagi hodisalar uchun
dastur yaratadi. Ushbu hodisalar shakllar va boshqaruv elementlari
bilan ishlashda asosiy o‘rinni egallaydi, ya’ni:
• matn oynasida matnni o‘zgartirishda;
• sichqonchaning asosiy tugmasi bilan obyektni tanlashda;
• obyektda sichqonchaning
asosiy tugmasini ikki marta
bosish natijasida;
• boshqaruv elementini boshqa joyga ko‘chirishda;
• boshqaruv elementini undan farqli boshqaruv elementi
tasviri ustidan ko'chirishda;
• obyekt fokusda bo‘lishi;
• obyekt fokusda bo'lganda klaviaturaning biror-bir tug
masini bosib, ushlab turishda;
• obyekt fokusda bo Uganda klaviaturaning biror-bir tug
masini bosib, qo‘yib yuborishda;
• obyekt fokusda bo‘lganda klaviaturaning biror-bir tug
masini qo‘yib yuborishda;
• fokus bir obyektdan boshqasiga o‘tkazilganda;
• obyekt fokusda bo‘lganda sichqoncha tugmasini bosib tur-
ganda;
• monitordagi sichqoncha ko‘rsatgichi obyekt tasviri ustidan
o'tganda;
• obyekt fokusda bo‘lganda sichqoncha tugmasini qo‘yib
yuborishda.
Hodisalar ro‘y bergan paytda dastuming ishlashini ta’minlash
bevosita ushbu hodisalar uchun qism dastur yozish bilan amalga
oshiriladi. Agar boshqaruv elementlari massiv sifatida birlash-
tirilsa, u holda yagona protsedura yozish bilan kifoyalansa
bo'ladi.
Boshqaruv elementlari zamonaviy terminologiya bo‘yicha
klass (class) hisoblanadi, shunga asoslanib shakllarda ushbu klassni
joylashtirish mumkin bo‘ladi. Boshqaruv elementlari dasturda
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan obyektlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
95
Ushbu obyektlarni tashkil qilish va ulami dasturlarda ishlatish
natijasida obyektli dasturlash (OD) texnologiyasi vujudga keldi.
Obyektli dasturlashning asosiy
maqsadi ilgari yaratilgan
obyektni yana boshqa dasturlar yaratishda ishlatishdir. Ushbu
obyektlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishlari shart:
- Ichki aniqlanish;
Obyekt to‘g‘risidagi ma’lumot va uni qayta ishlash uslubi
obyektning tariflanishida ko‘rsatiladi.
-Yangilanish;
Obyektdan yangi obyektni tuzish mumkin. Yangi obyektda
ilgarigi obyektning xususiyatlari va uslublari saqlanadi.
-K o‘p qirralilik.
Obyektlar umumiy uslublarga ega bo‘lsa-da, turli obyektlar
uchun ushbu uslublar har
xil qayta ishlanishi mumkin, ya’ni
dasturda uslubning ishlatilishini tahlil qilish va ushbu obyektga
taalluqli uslubni qo‘llash imkoniyati mavjud.
Klasslami qo ‘ llash jarayonlari quyidagilardan iborat:
1. Dastuming ba’zi bir qismlarini qayta qo‘llash maqsadida
ulami «ichki aniqlanish» xususiyati orqali tasvirlash. Dastuming
ma’lum bir fimksiyasini obyekt orqali bajarish, o‘z navbatida,
umumiy o‘zgaruvchilar sonini va dasturlar hajmini kamaytiradi.
Buning
muhimligi shimdaki, dasturlarda sodir bo‘ladigan
xatolaming negizida ko‘p hollarda umumiy o‘zgamvchilar turadi.
Tashkil etilgan obyektlarni, o‘z navbatida, boshqa loyihalarda ham
qo‘llash mumkin. Obyektlardan maxsus to‘plamlar ham tashkil
etish mumkin bo‘ladi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: