S
Interfeys formalari va komponentlari.
S
Vizual dasturlash muhitida interfeysli dasturlar yaratish.
S
Tayanch so‘z va iboralar.
S
Nazorat savollari.
■S
Test savollari.
v' Foydalanilgan adabiyotlar.
4.1. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari
Ilk bor kompyutemi dasturiy boshqarish tamoyillarini va das-
tumi xotirada saqlanish g‘oyalarini 1830-yillarda Charlz Bebbidj
taklif etgan. Uning shogirdi Ada Lavleys 1843-yilda Charlz
Bebbidj ma’ruzalari bo‘yicha yozilgan maqolaga yozgan izohida
dasturlashtirishning asosiy tamoyillarini keltirib o‘tgan va unda ilk
bor buyruqlar ketma-ketligini takroriy bajarilishi mumkinligini
qayd qilgan. Ada Lavleys tuzgan birinchi dasturlar ikki noma’lumli
tenglamalar sistemasini yechishga va Bemulli sonini hisoblashga
mo'ljallangan bo‘lgan. Shu bois eng birinchi dasturlovchi deb Ada
Lavleys e’tirof etilgan.
Kompyuterlami yaratilishi bilan amaliy matematikaning yangi
sohasi, ya’ni dasturlashtirish yuzaga keldi. 1950-yillar orasida
paydo bo‘lgan ushbu sohada mashina kodlarida dastur tuzilar edi.
Bunda dasturlar juda katta va undagi xatoliklami aniqlash juda ham
mushkul bo‘lgan. Ushbu qiyinchiliklami bartaraf etish maqsadida
mnemokod ishlab chiqildi. Assembler yordamida mnemokodda
tuzilgan dasturni mashina kodiga o‘tkazib bergan. Ushbu texno
logiya hozirgi kungacha qo‘llaniladi. Keyinchalik avtokod ishlab
chiqildi, uni har xil kompyuterda qoilanilishi va dasturlami o'zaro
almashtirish imkoni mavjud bo‘lgan.
1954-yilda J.Bekus boshchiligida Fortran (Formula Trans
lation) birinchi yuqori darajali dasturlash tili yaratildi. Ushbu
dasturlash tili hozirgacha keng qo‘llanilib kelinmoqda.
1965-yilda D.Kemen va T.Kurtslar tomonidan Fortranning
soddalashtirilgan Basic varianti ishlab chiqildi.
1958-1960-yillarda Yevropada ALGOL yaratildi va keyin
chalik unga o‘xshash AlgolW (1967), Algol 68, Pascal (N.Virt,
1970), С (D.Ritchi va B.Kemigan, 1972), Ada (J.Ishbia, 1979 ) ,
C++ (1983) dasturlash tillari yaratildi.
1961-1962-yillarda Dj.Makkarti tomonidan Lisp tili yaratildi.
1970-yilga kelib dunyoda 700 dan ortiq yuqori darajali
dasturlash tillari yaratilgan edi. Shu paytlarda tarkiblangan dastur
lashtirish texnologiyasi yuzaga kela boshladi. Uning asosi
quyidagilardan iborat:
- murakkab masala kichik oddiy masalalarga bo‘laklanadi. Har
bir masalada bitta kirish va chiqish nuqtasi boiadi;
- umumiy boshqaruvchi dastur, bevosita elementar misollar
to‘plamidan tashkil topgan bo‘ladi;
86
- dastur qadam-baqadam ishlab chiqiladi.
Keyinchalik modulli dasturlashtirish texnologiyasi yaratildi,
unga binoan:
- funksional nuqtayi nazar masala mustaqil kichik masalalarga,
ya’ni modullarga bo‘linadi, keyinchalik ular faqatgina kiritiladigan
va chiqariladigan qiymatlar orqali bog‘lanadi;
- modullami qaysi dasturlash tilida yozilganligidan qat’i nazar
ulami bitta dasturga bogiash mumkin.
1970-1980-yillarda dasturlashtirish mustaqil ilmiy soha sifa
tida ajralib chiqa boshladi va unda dasturiy ta’minotni yaratish
usullari o‘rganiladi.
Keyinchalik dasturlashtirish texnologiya darajasiga ko‘tarildi.
Dasturiy ta’minotni yaratish usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• yechimni aniqlashdagi xarajatlami hisoblash usullari;
• algoritmni tuzishda matematik usullar;
• tizim talablarini, uni tashkillashtirishni va bashoratlashni
boshqaruvchi usullar.
1990-yillarda obyektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyasi
yuzaga kela boshladi.
Dasturlashtirish sohasini sanoatlashtirishda dasturlovchi va
tadbirkor Bill Geytsning (Gates William Henry, 1955) hissasi juda
ulkandir. 1972-yilda Bill Geyts o‘zining sinfdoshi Pol Allen bilan
birgalikda «Tref-o-Deyta» firmasini tashkil qilishadi. Ko‘chalarda
avtomashinalar harakatlanishini tahlil qilish maqsadida 8008
mikroprotsessorli kompyuterda ma’lumotlami qayta ishlashishgan.
Keyinchalik, 1975-yilda Garvard universitetining talabasi bo‘lgan
do‘sti Allen bilan birgalikda MITS firmasining Altair kompyuteri
uchun Basic interpretatorini tuzishadi. Eng qiziqarlisi, ular MITS
firmasi bilan tuzgan shartnomasiga binoan ushbu dastur kompyuter
bilan birgalikda sotuvga qo‘yilishi kerak bo‘lgan (1980-yillarda
Bill Geyts QuickBasic tilini yaratdi va u «Microsoft» firmasining
harakati bilan k;eng tarqalgan edi). Keyinchalik Bill Geyts va
P. Allen «Microsoft» firmasini tashkil qilishgan. Unda ham ishlab
chiqilgan dasturiy ta’minotlar bevosita kompyuter ishlab
chiqaruvchilarga litsenziyalar sotish orqali keng tarqalgan.
Ilk bor kompyuterlar uchun dasturlar yaratish hisoblash texni-
kasini ishlab chiqaruvchilar tomonidan bajarilgan. Keyinchalik,
texnikaning rivojlanishi oqibatida, ushbu jarayon yuqori idrokli
jarayonga aylandi. Chunki har bir dasturni tuzishda maxsus ilmiy
bilimlarga ega bo‘lgan va chuqur fikrlash qobiliyatlari mavjud
mutaxassis talab etiladi. Ushbu mutaxassisni biz dasturlovchi deb
nomlaymiz.
Dasturlovchi hozirgi kunda fanlaming ko‘p sohalarini chuqur
bilishi, mantiqiy va abstrakt fikrlash qobiliyati, yangiliklami
qo‘llashda iste’dod sohibi, jarrohday aniqlik va yozuvchidek badiiy
asarlar yaratish qobiliyatlariga ega bo‘lgan shaxsdek bo‘lishi kerak.
Shu bois ham dasturlovchilaming mahsulotlarini san’at asari yoki
ilmiy ishlanma bilan taqqoslash mumkin.
Dasturlash ko‘nikmalarini hosil qilish va mahoratni oshirish
uchun faqatgina har xil masalalar uchun dasturlar tuzish lozim
bo‘ladi.
Dasturlovchi masalani yechishda quyidagilami bajarishi kerak:
- masalani chuqur anglab olish;
- umumiy yechimga olib keluvchi rejani tuzish;
- reja asosida dasturni tuzish;
- natijani tahlil qilish.
Ushbu ishlami amalga oshirish uchun dasturlovchi ko‘p
sohalardan bilimga ega bo'lishi kerak.
Dasturlash tillari quyi va yuqori darajali tillarga tasniflanadi.
Quyi darajali tillarga quyidagilar kiradi:
• mashina tillari - kompyuterning kodlar tizimi;
• mashinaga yo‘naltirilgan tillar - assembler, mnemokod.
Yuqori darajali tillarga quyidagilar kiradi:
• muammoli yo‘naltirilgan tillar - Fortran, Algol, Kobol, Ada
va b.;
• universal tillar - Algol 68, PL\1; Pascal, QBasic, C++, C# va
b.;
Do'stlaringiz bilan baham: |