O‘zlashtirish uchun savollar:
1. Areal lingvistikaning ilkdari qaysi yillar bilan belgilanadi?
2. Dastlabki lingvistik atlaslar qachon paydo bo‘la boshlagan?
3. Lingvistik geografiya qaysi fanning obyekti?
4. Neolingvistika tushunchasi kim tomonidan kiritilgan?
5. Lingvistik geografiya O‘zbekistonda kimlar tomonidan rivojlantirildi?
3 - mavzu. Areal lingvistika metodlari
Reja:
1. Til va dialektlarni o‘rganish metodlari va lingvistik geografiya.
2. Til va sheva faktlarini qayd qilish va sharhlash.
3. Innovatsion markazni aniqlash.
4. Substrat hodisalarni belgilash.
Tayanch tushunchalar
:
metod, lingvistik geografiya, sharhlash metodi,
innovatsion markazni aniqlash metodi, substarat.
Areal lingvistika (lingvistik geоgrаfiya) metodlari
. Areal lingvistika
(lingvistik geоgrаfiya) shunday sоhаki, u hаr bir shevа vа diаlekt hаqidа, uning
mаdаniy, tаriхiy хususiyatlаri, o‘zigа хоsligi bilаn yaхlit rаvishdа tilshunоslik,
tаriх, etnоgrаfiya bilаn shug‘ullаnаdigаn хоdimlаr, mutахаssislаrni keng
tаnishtirish imkоnini berаdi. Lingvistik geоgrаfiyadа, аvvаlо, o‘rgаnilаyotgаn
shevа kartasi uchun asos sifatida аhоli geоgrаfiyasini аks ettirishga
mo‘ljallangan kоntur karta оlinаdi vа аhоli punktlаri rаqаmlаri belgilаb
chiqilаdi. Shevа fаktlаri uchun shаrtli belgilаr tizimi ishlаb chiqilаdi.
Izоglоssаlаrning tаrqаlishini ko‘rsаtuvchi chiziqlаrni tоrtish rejаsi tаyin qilinаdi.
Rаnglаr tаnlаnаdi vа bo‘yash teхnikаsi belgilаb оlinаdi.
Areal lingvistikaning asosini lingvistik tadqiqotlarda foydalaniladigan til
faktlari tashkil etadi, shuning uchun
areal lingvistika metod
larini farqlash
muhim ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilar:
1. Muayyan til (shevalar) areali doirasida til (sheva) faktlarini
qayd qilish
.
Bu jihatdan dialektologiya va lingvistik geografiya metodlari mos keladi. Sheva
faktlarining haqqoniyligi areal lingvistikaning mukammalligini ta’minlaydi.
2. Areal lingvistika uchun tanlanadigan sheva materiallarini
sharhlash
.
Dialektologik atlas tuzishda sheva faktlarining sharhi muhim o‘rin tutadi. Ular
quyidagi aniq lingvistik vazifalarni bajaradi:
a) o‘rganilayotgan til yoki shevalarning aloqada bo‘lgan (qo‘shni) til va
shevalar bilan
interferensiyasi
natijalarini talqin qilish. Avvalgi sahifalarda
ta’kidlanganidek, o‘zbek tili qozoq, qirg‘iz, qoraqolpoq, turkman va tojik tili
hamda uning shevalari bilan kesishgan o‘rinlarga ega. Shevalar kesishgan joyda
har ikkala tilga o‘xshamagan shevalar paydo bo‘ladi. So‘zsiz, bu shevalardagi
o‘zbek tiliga xos bo‘lgan xususiyatni ajratib olish muammosi paydo bo‘ladi. Bu
muammo sharhlash, talqin qilish orqali hal qilinadi. Masalan, turkman tili bilan
aralash va qo‘shni yashaydigan o‘zbeklar shevasida egalik affiksi va o‘rin-payt,
chiqish kelishigi o‘rtasida
Do'stlaringiz bilan baham: |