G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

bо‘g‘imlar
deyiladi. 
Ba’zi о‘simliklar guruhlarining (bug‘doydoshlarda, qirqbо‘g‘im-
doshlarda, chinniguldoshlarda) poyalarida bо‘g‘imlar juda yaxshi 
ajralib turadi. Ba’zi о‘simliklarda esa bо‘g‘imlar unchalik yaxshi 
bilinmaydi. Agar barglar asosi bilan bо‘g‘imlarni tо‘liq о‘rab tursa, 
bunday bо‘g‘imlarga yopiq bо‘g‘imlar deyiladi, tо‘liq о‘ramasa ochiq 
bо‘g‘imlar deyiladi. Ikkita bо‘g‘imlar oralig‘idagi masofa bо‘g‘im 
oralig‘i deyiladi. Odatda, novdalarda bir necha, ba’zida juda kо‘p 
bо‘g‘imlar va bо‘g‘im oraliqlari mavjud bо‘lib, ular novdalar bо‘ylab 
takrorlanib boradi, ya’ni novdalar metamerlik tuzilishga ega 
bо‘ladilar. 
О‘simliklarning murtakdan hosil bо‘lgan novdasi uning asosiy 
novdasi bо‘lib, birinchi tartibli novda deyiladi, uning uchki tomonida 
novdaning barcha metamerlari hosil bо‘ladigan kurtak joylashgan. 
Uchki kurtak saqlanar ekan undan yangi metamerlar paydo bо‘lib 
novda bо‘yiga о‘sish xususiyatiga ega bо‘ladi. Uchki kurtaklardan 
tashqari novdalarda yon kurtaklar ham mavjud bо‘lib, bо‘g‘imlarning 
yuqorisida barg qо‘ltig‘ida paydo bо‘ladi. Demak, novdaning har bir 
121


metameri bargli, kurtakli bо‘g‘imdan va undan pastda joylashgan 
bо‘g‘im oralig‘idan tashkil topgan. 
Yon kurtaklardan yon novdalar shakllanadi va о‘simliklarda 
shoxlanish vujudga keladi. Shoxlanish о‘simliklarning havo muhiti 
bilan aloqa hajmini kengaytiradi. Natijada novdalar tizimsida asosiy 
(I-tartibli), yon (II-tartibli) undan uchinchi tartibli va hakozo tartibli 
novdalar paydo bо‘ladi. Har bir tartibli novda о‘zining о‘suvchi uchki 
kurtagiga va uning о‘sish konusiga ega bо‘lib, u kurtak saqlanar ekan, 
novdalar о‘sishini davom ettiradilar. 
Kurtak.
Kurtak – boshlang‘ich hali yozilmagan novdadir. U 
vegetativ novdaning о‘sish konusi bilan tamomlanuvchi asosiy 
о‘qdan, unda navbatma-navbat (birining ustiga ikkinchisi) joylashgan 
turli 
yoshdagi 
boshlang‘ich 
bargchalardan 
(boshlang‘ich 
metamerlarining yig‘indisidan) tashkil topgan. Tashqi (pastki) 
bargchalar markazga tomon turlicha uzunlikda о‘sib, ichkarida 
joylashgan boshlang‘ich bargchalarga va о‘sish konusiga egilib, uni 
qoplab turadi. Bо‘g‘im oralig‘i chо‘zilib ulgurmaganligi sababli 
kurtakda bо‘g‘imlar juda qisqa bо‘lib joylashgan. Yosh 
bargchalarning qо‘ltiqlarida yon kurtakchalar paydo bо‘ladi (55-
rasm).
О‘simliklarda vegetativ kurtaklardan tashqari vegetativ – generativ 
kurtaklar ham bо‘lib, bularda vegetativ metamerlar bilan birgalikda 
о‘sish konusi boshlang‘ich gul yoki tо‘p gulga aylangan bо‘ladi. 
Bunday kurtaklar kо‘pincha о‘t о‘simliklarga xos bо‘lib, daraxtsimon 
о‘simliklarda ham uchrab turadi. Ba’zi kurtaklar siren, marjon daraxti, 
faqat generativ yoki gul kurtaklari bо‘lib, tо‘p gullarni hosil qiladi.
122


Ularda yashil assimilyatsiya qiluvchi barg boshlang‘ichlari 
rivojlanmasdan (olcha) faqat gul rivojlanadi va g‘uncha deb ataladi. 
Kurtaklarni tashqi tomonidagi tangacha barglar ichki meristematik 
qismlarni qurib ketishdan va bahordagi haroratning birdan pasayib 
ketishidan saqlaydi. Ba’zi daraxtlarning kurtaklarini tangacha barglari 
qalin etli, zich va qalin tuklar bilan qoplangan bо‘ladi, yoki smola, 
balzam kabi moddalarni ajratib himoya vazifasini bajaradi (56-rasm). 
Bunday kurtaklarni yopiq kurtaklar deb ataladi (eman, juka, marjon 
daraxtlari). Ba’zi о‘rtacha iqlimga joylardagi daraxtlarning kurtaklari 
tashqi tomondan maxsus shakli о‘zgargan tangacha barglar bilan 
qoplanmagan bо‘lib ochiq kurtaklar deyiladi (qayin, qizil sebarga va 
boshqalar) (56-rasm). Ba’zi о‘simliklarda kurtaklar paydo bо‘lgandan 
keyin kо‘p yillar davomida harakatga kelmaydi shuning uchun ularni 
tinimdagi kurtaklar deyiladi. 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish