G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


Barglarning qarama–qarshi joylashishi



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

Barglarning qarama–qarshi joylashishi
- bu holda poyaning har 
bir bо‘g‘imida ikkitadan barg bо‘lib qarama-qarshi joylashadi. Ikkala 
bargning о‘rta chizig‘i bitta vertikal tekislikda yotadi (rayhon, 
chinnigul v.b.) (58-rasm). 
Shunday qilib barglarning poyada joylashuvi о‘simlik turi uchun 
irsiy belgi bо‘lib, ba’zida turkum hatto oilaga ham xos bо‘ladi. 
Novdalar о‘sganda barglarning poyalarda joylashishi о‘zgarishi 
mumkin. Bu vaqtda barglarning bandi va barg plastinkasi bir-birlariga 
halaqit bermasdan, soya qilmasdan, quyosh nuridan tо‘liq foydalanish 
uchun joylashishga harakat qiladi. 
 
 
58 -rasm. Barglarning poyada joylashish tiplari:
A – spiralsimon (navbat bilan), B –V– qarama – qarshi,
G – xalqasimon, D – tupbargli (rozetka). 
A B V G D 
127


17-§ Barglarning morfologik va anatomik tuzilishi 
О‘simliklarning birinchi barg organi - urug‘palla barg bо‘lib, asosiy 
novdaning uchki kurtagi va apeksi paydo bо‘lishidan avval murtak 
shakllanish oldida meristematik tananing defferensiatsiyasi natijasida 
paydo bо‘lgan. Barcha qolgan barglar asosiy va yon novdalarining 
apeksidagi meristematik bо‘rtmalaridan paydo bо‘ladi. 
Barg
kelib chiqishi jihatidan yon organ bо‘lib, deyarlik yassi ва 
ҳалқасимон shaklga egadir. Barg о‘simliklarning uchki meristemasi 
uzoq vaqt saqlanadigan boshqa organlarga – novda, ildizga nisbatan 
о‘sishi cheklangandir. Barglar о‘zidan hech qachon boshqa organlarni 
hosil qilmaydi. Ba’zi о‘simliklarning barglarida qо‘shimcha kurtaklar 
va ildizlar paydo bо‘lishi mumkin (begoniya, briofillyum v.b.), lekin 
barglardan hech qachon yana yangi barglar paydo bо‘lmaydi. Barglar 
faqat novdaning о‘q organi bо‘lgan I, II, III va h.k. tartibidagi 
poyalardagi kurtaklardan paydo bо‘ladi. 
Bargning yassi shaklda, yashil rangda bо‘lishi uning havodan 
oziqlanishiga yoki fotosinteziga moslashganligi bо‘lsa, ikkinchi 
muhim vazifasi transpiratsiyaga (suv bug‘lanishining tartibga solish) 
moslashganligidadir. 
Barg - barg plastinkasidan, barg bandidan, barg asosidan murakkab 
barg va bargchalardan iborat. Novdaning о‘sish konusidagi barg 
bо‘rtmalari uzunasiga va eniga о‘sadi. Bо‘rtmalarning pastki qismida 
bargning asosi, yuqorigi qismidan barg yaprog‘i bilan uning asosi 
oralig‘ida poyasimon yumaloq, yarim oy va boshqa shakllarga ega 
bо‘lgan bargbandi paydo bо‘ladi. Kо‘p vaqtda barg asosida ikkita 
bо‘rtma paydo bо‘lib yonbargchalarga asos solinadi va tez sur’atlar 
bilan о‘sa boshlaydi. Bargning uchki qismining о‘sishi natijasida 
avval barg yaprog‘ining о‘rta qismi, keyinchalik uning yon tomonlari 
о‘sadi. Barg bandi juda uzun (tog‘ terak) yoki juda kalta (tol) bо‘lishi 
mumkin. Bunday barglarga bandli barglar deyiladi. Ba’zida barglar 
bandsiz poyaga birikadi va о‘troq barglar deyiladi (boshoqdoshlar). 
Ba’zi о‘simliklarning barglarini asosi uzunasiga va eniga о‘sib 
naysimon shaklga ega bо‘ladi va barg navi deb ataladi. Barg navi 
poyani qisman yoki butunlayiga о‘rab olishi mumkin 
(boshoqdoshlarda, soyabonguldoshlarda). Barg navi barg qо‘ltig‘idagi 
kurtaklarni tashqi ta’sirdan saqlaydi, tayanch vazifasini bajaradi va 
fotosintezda qatnashadi (59-rasm). 
128


Aksariyat hollarda barg asosida juft yon о‘simtalar – yonbarglar 
hosil bо‘ladi. Yonbarglarning shakli va о‘lchami ularning vazifaslari 
bilan bir xil bо‘ladi, turli о‘simliklarda turlicha bо‘ladi.
Yonbarglar erkin yoki barg bandiga birikkan bо‘ladi, ular bargning 
ichki tomoniga joylashagan bо‘lishi mumkin, bunday yonbarglarni 
qо‘ltiqli yonbarglar deyiladi (masalan: rdest о‘simligida) (59-rasm). 
Kо‘p hollarda yonbarglar barglardan avval shakllanadilar, 
pardasimon о‘rama barg kо‘rinishida bо‘lib, kurtak qobig‘ini asosiy 
qismini tashkil etib, himoya vazifasini bajaradilar. Bunda ular 
yashamaydiganlar, kurtak ochilgan vaqtda tо‘kilib ketadiganlar, 
barglari tо‘liq о‘sgan, yetuk novdalarda yonbarglar uchramaydi 
(masalan: qayinda, duda, jо‘kada va boshqa daraxt va butalarda). 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish