www.ziyouz.com
kutubxonasi
368
boshqalarga qaraganda yuzdan biri ham kelmaydi. Xudoni sifat qilishdan bandalari ojiz
qolgandek, Rasulullohni sifat qiluvchilar ham ojizdurlar.
Ko‘zlarining nurini Xudo shundoq quvvatlik qilmish edikim, Me’roj kechasida Xudo
jamolini ko‘rishga toqat qildilar. Holbuki, Muso alayhissalom Tur tog‘iga tushgan bir
jilvaga tog‘ singari toqat keltirolmay, behush bo‘lib yiqildilar.
Alloh taolo Qur’onda «Ma zag‘ol basaru va ma tag‘o» degan oyati bilan Rasulullohni
sifatladi. Ya’ni, Me’roj kechasida ko‘rgan narsasidan Muhammad ko‘zi qamashmadi.
Qamashgan ko‘z ersa, ko‘rgan narsasini aniqlay olmaydi. Muhammad ko‘zi Me’roj
kechasida nima narsani ko‘rdi ersa, aniqlab ko‘rdi, demakdur.
Rasululloh nimaga qarasalar, o‘shal narsani haqiqati bilan ko‘rar edilar. Kecha-kunduz
barobar bo‘lib, tun qorong‘usi ko‘z nurlariga to‘sqinlik qilolmas edi. Oldidagi narsani
qanday ko‘rsalar, orqadagi narsani ham shunday ko‘rar edilar. Ko‘rishda oldi-orqalari
barobar edi. Imom Buxoriy, imom Muslim har ikkovlaridan bu to‘g‘rida rivoyat bordur.
Bu ishlar ersa Rasulullohning mo’jizalaridandur. Har qanday ko‘zi o‘tkir odam Hulkarga
qarasa, besh-olti yulduzdan oshiq ko‘rolmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
undan o‘n yulduz sanar edilar.
Rasululloh yigirma uch yillik payg‘ambarlik davrlarida Jabroil alayhissalom bilan yigirma
to‘rt ming marta ko‘rishdilar. Ammo o‘z suratida ikki qayta ko‘rdilar. O‘tgan
payg‘ambarlarning hech birovlari Jabroil alayhissalomni o‘z suratida ko‘rolmadilar va ular
oldiga uch mingdan ortiq kelmagan ekanlar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘zlari uzoqni ko‘rgandek, quloqlari ham
yiroqdan eshitar edi. Tovushlari ersa uzoqqa yetar edi. Soyalari yerga tushmadi.
Quyoshda, oydin kechalarda hech ko‘lankalari ko‘rinmas edi. Hojatga o‘ltirsalar oldi va
orqalaridan chiqqan narsalarini yer yutib, hech kimarsa uni ko‘rolmas edi.
Rasulullohning otalari Abdullohdan meros qolgan dodaklari Ummu Ayman shundoq
rivoyat qilur:
— Bir kecha uyqudan uyg‘onib, ko‘p chanqab ketgan ekanman, qarasam, uy burchagida
bir ko‘zada suv turgan ekan. Uning xushbo‘y, xushmazaligidan chanqog‘im qongancha
ichdim. Ertalab Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘zani to‘kib qo‘ygil, deb menga
buyurdilar.
— Yo Rasulalloh, u nima edi? Men uni ichib qo‘yganman, — dedim.
Rasululloh kulib:
— Ey Ummu Ayman, endi umring ichida qorin og‘rig‘i ko‘rmaydursan. Bu kecha turib u
ko‘zachaga men kichik hojat chiqargan edim, — dedilar.
Rasululloh aytganlaridek Ummu Ayman qorin og‘rig‘i va boshqa kasallardan umrida kasal
bo‘lmadi.
Hazrat Oisha onamiz:
— Yo Rasulalloh, siz hojatga borasiz, ammo o‘ltirgan joyingizda hech narsa ko‘rmaymiz,
— dedi.
Anda Rasululloh:
— Yo Oisha, payg‘ambarlardan chiqqan narsa yer ustida qolmaydi, uni yer yutib
yuboradi, — dedilar.
Banka qo‘yish, qon olish ilgarigi arablarda ham bor edi. Rasulullohning qonlari
ko‘payganlikdan boshlari og‘rib edi. Abu Tiyba degan kishi kelib qon oldi. Olib bo‘lgandan
keyin Payg‘ambarimizning ammalari Safiya o‘g‘li Zubayr ibn Avvomning o‘g‘li Abdulloh
ibn Zubayr hozir edi.
— Qonni kishi ko‘rmagan joyga to‘kib kel, — deb unga buyurdilar ersa, Rasululloh
qonlarini yerga to‘kishga ko‘zi qiymay o‘zi ichdi.
Rasululloh undan:
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |