Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

SAKKIZINCHI MO’JIZA
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qilur: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir qancha askar bilan g‘azot safariga chiqdilar. Bir 
manzil yo‘l yurgach, ikki tog‘ oralig‘idagi keng bir joyga kelib tushdik. Rasululloh hojat 
qilmoqchi bo‘lib, bir tomonga qarab yurdilar ersa, idishda suv ko‘tarib keyinlaridan 
keldim. Yer tekis bo‘lib, yalangligidan kishiga dalda bo‘lg‘udek biror narsa u yerda 
ko‘rinmadi. Soyning ikki chetida bir tupdan ikkita daraxt turgan edi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam bu tomondagi bir tup daraxt oldiga bordilar ersa, aning shoxidan tutib: 
— Alloh izni bilan yurgil, — deb yetakladilar. 
Tuya yetaklagandek uni o‘rtaga keltirdilar. Yana birini ham shunday qilg‘ondan keyin: 
— Xudo qudrati bilan qo‘shilinglar, — deganlarida, bu ikki daraxt bir-biriga 
chaplashgandek bo‘lib qalinlashdilar. 
Rasulullohning odatlari ochiq joyda hojat qilmas edilar. Bu ulug‘ mo’jizani ko‘rib, Xudo 
qudratiga hayron qolib o‘ltirdim. Keyin qarasam, Rasululloh hojatdan bo‘shanmish edilar, 
u ikki daraxt ham bir-biridan ajralmish. Muborak boshlari bilan o‘ng va so‘l yoqqa imo 
qildilar ersa, har qaysisi o‘z joyiga borib o‘rnashdi». 
TO‘QQIZINCHI MO’JIZA
Jobir ibn Samura degan sahoba rivoyat qilur: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: 
— Makkada bir tosh bor edi. Payg‘ambar bo‘lishimdan ilgari bu tosh oldidan har vaqt 
o‘tar bo‘lsam: «Assalomu alaykum, yo Rasulalloh», deb menga salom berur edi. U toshni 
shu kunlarda ko‘rsam ham taniydurman». 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
319
Bu tosh ersa Makka shahrida Hazrati Abu Bakr Siddiq qo‘ralariga qarshi ko‘cha yuziga 
qo‘yilmish edi. Odamlar buni ziyorat qilur emishlar. Bu kunlarda ersa, ikki Haramga ega 
bo‘lib turgan kishilar bu esdalik muborak mo‘jiza toshni yo‘qotish qasdida qaysi 
chuqurga eltib tashladi ekan? 
Rasululloh zamonlaridan qolib, shundan buyon saqlanib kelgan ikki Haramdagi turgan 
tarixiy joylarni vayron qilgan bu kishilar mazkur esdalik muborak toshni albatta 
qo‘ymagan bo‘lsalar kerak. 
Makka qabristoni «Jannatul mu’allo»dur. Madina mozori «Jannatul baqi’» atalur. Bunda 
esa onalarimiz Hazrati Xadicha, Hazrati Oisha, Payg‘ambarimiz amakilari Hazrati Abbos, 
Hazrati Usmon, imomi Hasan raziyallohu anhumlar bor edilar. Bulardan boshqa Madina 
mozorida o‘n olti ming sahoba bor, deb rivoyat qilurlar. 
Mana shularning qabr gumbazlarini buzib yer bilan tekis qilibdilar. Nega bundog‘ desalar, 
ziyoratga kelgan kishilar bulardan madad talab qilib hojatlarini so‘raydilar, bu esa kufr 
emishdur. Vahhobiylar ersa, o‘z mazhablaridan boshqa musulmonlarni mushrik 
hisoblagaylar. Bu so‘z ersa Islom sharafiga bek ulug‘ xiyonatdur. Qur’oni karim sha’niga 
eng katta jinoyatdur. Bir kishini kofir qilmoq, uning qonini nohaq to‘kkandan 
yomonroqdur. Xudodan o‘zga narsaga sig‘inib, Allohni eskarmasdan, shuning o‘zidangina 
hojatini talab qilish shariatda durust emasdur. Bu ishga hammamiz ham iqrordurmiz. 
Chunki mahluqdan hech kimarsa inson bo‘lsin, yo farishta bo‘lsin, Allohdan madad 
topmaguncha o‘z kuchi bilan boshqa bir mahluqqa albatta yordam qila olmagay. Lekin 
xohi tirik, xohi o‘lik mozor, mashoyix, kiromlar ziyoratiga borib, bularni orachi qilib 
Allohdan hojat talab qilsalar, nima ziyoni bordur? Buning durustlig‘ida shar’an hech 
qanday shak yo‘qdur. 
Payg‘ambarlar, aziz avliyolar, boshqalarni Xudo oldida shafoat qilgaylar, bu ersa oyat va 
hadis bilan sobitdur. Islom ahlida bu ishga qarshilik qilguvchilar yo‘qdir. Dunyo 
podshohlari oldida zarrachalik ulug‘ martabalik kishilar ham muhtojlarning hojatlarini 
chiqarib, gunohliklarini podshodan tilab jazodan qutqaza oladilar. 
Ma’lumdurki, Qur’onning mingta oyati ersa tarix bayoni uzra kelmishdur. Tarixiy ishlarni 
saqlamoq, Islom yo‘lida ilmiy-amaliy xizmat ko‘rsatgan zotlarga hurmat ko‘rsatmak 
butun inson olamida eng yaxshi ko‘rilmish ishlarning birisidur. Hozirgi yigirmanchi asr 
madaniyati ustida boshqalar Yer olami ma’lumotiga qanoat qilmasdan, yuqorigi olam 
atalgan oy, kunga qarab intilmoqdadurlar. Imkoniyat ichidagi borliq narsalarning sababi 
topilgan taqdirda uning vujudga chiqishi aniqdir. 
1907 yilda Islom olamidagi musulmonlardan Arafotga yig‘ilgan hojilar soni ikki milyonga 
yetgan edi deb, ishonimlik kishilardan eshitgan edik. O‘shal zamon gazetalari 
xabarlaricha, yolg‘iz Namangon uezdiga qarashlik yerlardan mingdan ortiqroq kishi haj 
safariga chiqqan edilar. Bu kunlarda esa (1959 y.), hajga butun sovet tuprog‘idagi 
musulmonlardan yigirmadan ortiq emasdur. 
Bayt: 
Bilmas ersa hech kimarsa bu musibat bo‘lg‘usi, 
Bildi ersa qayg‘udin har kunda ming qiynalg‘usi. 
Imom Termiziy Hazrat Ali karamallohu vajhadan rivoyat qilur: 
«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga yurib, Makka shahri atrofini 
aylanishdik. Bizga to‘g‘ri kelgan daraxtlar, toshlar oldidan o‘tganimizda: «Assalomu 
alaykum, yo Rasulalloh», deb ochiq so‘zlab, salom berishur edi. Ayniqsa, Jabroil 
alayhissalom Payg‘ambarimizga birinchi vahiy keltirgan kuni Hiro tog‘idan uyga 
kelgunlaricha yo‘lda yo‘liqqan daraxtlar, toshlar hammasi salom qilishdi. Rasululloh 
alarning salomlariga javob qaytardilar». 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish