www.ziyouz.com
kutubxonasi
320
O‘NINCHI MO’JIZA
Ibn Mojja rivoyat qilur:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni Hazrati Abbos uylariga kirib, hammalarini
bir yerga yig‘ib o‘ltirg‘izdilar. So‘ngra alarning ustilariga ridolarini yopib turib, duo qilib:
— Ey bor Xudoyo, bular ersa menim amakim, amakizodalarim erurlar. Men bularni
yopgandek sen ham yopib, do‘zaxdan ozod qilg‘aysen, — dedilar.
Shunda to‘rt yoq tomlardan, eshik bo‘sag‘alaridan uch qayta «Omin» deb ovoz
chiqdikim, besh-o‘n odam barobar «Omin» degandek eshitildi.
Payg‘ambarimiz amakilari boshliq o‘g‘illari Fazl, Abdulloh, Ubaydulloh, Qusam, Ma’bad,
Abdurahmon, Said, Ummu Habiba — barilari bu mo’jizani quloqlari bilan angladilar».
Boshqa sahobalar ersa bulardan rivoyat qilishdi. Raziyallohu anhum.
O‘N BIRINCHI MO’JIZA
Imom Buxoriy, Imom Termiziy Hazrati Anas ibn Molikdan shundog‘ rivoyat qilurlar:
«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Abu Bakr Siddiq, Hazrati Umar,
Hazrati Usmon raziyallohu anhumlar hammalari birga Uhud tog‘iga kelishib, aning ustiga
chiqdilar ersa, tog‘ titragani turdi.
Anda Rasululloh:
— Ey Uhud, to‘xta. Sening ustingdagi kishilarning birisi Allohning payg‘ambaridur,
ikkinchisi, aning yori Siddiq akbardur, qolgan ikkovlari shahiddurlar,— deyishlari bilan
darhol to‘xtadi.
Endi bu voqeada uch mo‘jiza bordur:
Birinchisi, Rasululloh tog‘ tepasiga chiqishlari bilan aning titrab ketishi;
Ikkinchisi, Rasululloh so‘zlarini anglab darhol to‘xtalishi.
Uchinchisi, kelasi g‘aybdan xabar berishlaridurkim, Hazrati Umar va Hazrati Usmon
ikkovlari ham shahid bo‘ldilar. Birinchilarini Eron asiri Hurmuz kofir, namozda
turganlarida xanjar urib shahid qildi. Ikkinchilarini ersa, o‘zaro chiqqan fitnachilar
uylariga bostirib kirib o‘ldirishdi, raziyallohu anhum.
O‘N IKKINCHI MO’JIZA
Rasululloh qo‘llarida mayda ushoq toshlarning tasbeh aytishlaridur.
Bu voqeani bir necha mashhur hadis olimlari o‘z kitoblarida keltiribdurlar. Imom
Bayhakiy, Imom Tabaroniy Hazrati Abu Zardan rivoyat qilurlar.
«Bir kuni Rasulullohni hilvatda topdim, yolg‘iz o‘ltirur ekanlar. Kelib salom berdim, javob
bergan so‘ngida:
— Ey Abu Zar, nima uchun kelding? — deb so‘radilar.
— YO Rasulalloh, muhabbatingiz tortib keldi, — dedim.
— O‘ltir, — deb iltifot qildilar, yonlariga o‘ltirdim.
O‘zlari gapirmagach, men ham hech narsa so‘ramadim. So‘ngra ko‘p xiyol o‘tmay
Hazrati Abu Bakr Siddiq shoshilgan kishidek ildam yurib kelib salom berdi, javob
berganlaridan so‘ng:
— Ey Abu Bakr Siddiq, seni kim keltirdi? — dedilar.
— Yo Rasulalloh, sizning muhabbatingiz, — dedilar.
— O‘ltir, — deb unga ham ishorat qildilar.
Shunday qilib, ketma-ket Hazrati Umar, Hazrati Usmon ham kelishdi. Alardin ham
shundog‘ so‘radilar ersa, javoblari biz aytgandek bo‘ldi. So‘ngra Rasululloh sollallohu
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |