www.ziyouz.com
kutubxonasi
269
PAYG'AMBARIMIZNING NOMALARI VA ELCHILAR
PAYG‘AMBARIMIZNING PODSHOLARGA YOZGAN
NOMALARI
Yuqorida bayoni o‘tgan Hudaybiya sulhi hijratning oltinchi yilida bo‘lmish edi. Bu sulh
tuzilgandan so‘ngra, orada aloqalar boshlanib, Arabiston yo‘llari tinchlandi. So‘ngra
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh amri bilan chegaradosh mamlakatlarning
podsholariga noma yozmoqchi bo‘ldilar.
Anda odamlar:
— Yo Rasululloh, podsholar odati, muhrsiz xatni qabul qilmag‘aylar. O‘z nomingizga
muhr o‘ydirmoq kerak, — dedilar.
Anda Rasululloh oltindan muhr o‘ydirdilar. Buni ko‘rib sahoba boylari ham oltindan muhr
yasatdilar. Rasululloh muhr uzuklarini qo‘llariga taqib edilar, shunga qarab boshqa
sahobalar ham uzuklarin qo‘llariga taqishdi. Shu chog‘da Allohdan vahiy yetib:
«Ey Muhammad, oltin taqinmoq, ipak kiyim kiymoq erkak ummatlaringga haromdur,
ammo xotinlarga haloldur», dedi.
Darhol hammalari oltin uzuklarini qo‘llaridan chiqazib tashladilar. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam muhrlariga uch kalima: birinchi «Muhammad», buning ustiga «Rasul»,
buning ustiga «Alloh» yozilgan edi. Uchovi qo‘shilib «Muhammadur Rasululloh» bo‘ldi.
Bu muborak muhr uzuk hamisha qo‘llarida taqilgan holda turar edi. Yuqoridagi vahiy
kelishi bilan, erkaklarga oltin taqinchoq harom bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bu muhrni kumushdan yasatdilar. Vafotlaridan keyin Hazrati Abu Bakr Siddiq
taqdilar. Bu kishidan keyin Hazrati Umar, so‘ngra Hazrati Usmon taqmish edilar. Lekin
eng oxirgi umri yetib, vafot bo‘lar yilida bu muhr Aris qudug‘iga tushib ketib yo‘qoldi.
Buni ko‘p izlashib topisha olmadilar. Shu yili Hazrati Usmon raziallohu anhu ham
fitnachilar tomonidan shahid bo‘ldi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muhr uzuklarini so‘l qo‘lga solish odatlari bor edi.
O‘rta barmoq bilan jimjiloq o‘rtasidagi barmoqlariga taqar edilar. Arabiston tuprog‘iga
chegaradosh bo‘lgan podshohlarga noma yuborish oldida bir kuni sahobalarni yig‘ib:
— Ey odamlar! Yer ustidagi barcha insonlarning baxt-saodati uchun alarga meni Alloh
payg‘ambar qilib yubordi. Ko‘rishgan kishilarga bu xabarni o‘zim bayon qildim.
Ko‘rishmaganlarga ersa o‘lgunimcha o‘zim ko‘rishsam, Alloh amrini ayturman,
uzoqdagilarga noma yozib yuborurman. Butun odam avlodini Islom diniga da’vat qilish
Alloh tomonidan buyurilgan mening vazifamdur. Bu nomalarni mening tarafimdan
yozilgan joylarga yetkuringlar. Alloh sizlarni rahmat qilsin, bu xizmatni qiluvchilardan
Xudo rozi bo‘lsin. Iso payg‘ambarning shogirdlariga o‘xshab yo‘lning uzoq-yaqinini sizlar
talashmanglar. Bu xizmat ustida alar qilgandek ixtilof qilmanglar, — dedilar.
Anda sahobalar:
— Yo Rasulalloh, Iso alayhissalomning shogirdlari xavoriylar qanday ixtilof qilmish
edilar?— deb so‘rashdilar.
Rasululloh aytdilar:
— Iso payg‘ambar ham Alloh amri bilan podshohlarga shu yanglig‘ noma yozmish edi.
Nomalarni atrofga yetkazish xizmatini xavoriylar shogirdlariga (eng yaqin shogirdlariga)
topshirdilar. Yaqinroq joyga yozilgan nomani olgan shogirdlari rozi bo‘lib, bu xizmatni
darhol bajarishga kirishdilar yiroq yerlarga yozilgan nomani olganlar og‘ir ko‘rib,
bormasga bahona izlashdilar. Bunday bo‘lgach, hazrati Iso Alloh taologa bu ishni arz
qildilar. Ertasi qarasalar, Xudoning qudrati bilan noma ko‘targan kishilarning tillari noma
yuborilgan xalq tilidan bo‘lmishdur. O‘z tillari esa butunlay unutilmishdur. Bu mo‘jiza
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |