Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
216
Muhammadga yordam berdi. Aning askarini aziz qildi. Ahzob urushida ko‘p askarni 
yolg‘iz o‘zi yengdi». 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shahar ichiga kirganlarida Makka mushriklari 
Qaynuqo’ tog‘i ustida qarab turishgan edi. Mushriklar o‘zaro gapirishar edi: «Madina 
xalqining kuchlari ko‘p yo‘qdur. Chunki ular bezgak, isitma bo‘lgan kishilardur. Bugun 
Baytullohni shunday odamlar kelib tavof qilishdilar, qarab turaylik». 
Bu so‘zni Rasululloh angladilar ersa aytdilarkim: «Mo’minlar Baytullohni tavof qilib 
aylanganlarida bahodirlardek yelib-yugurib aylansinlar. Shu uchunkim, alarning 
ko‘zlariga askarlarimiz kuchlik, haybatlik bo‘lib ko‘ringay». 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Baytullohni tavof qilish oldida ridolarini ostidan olib 
o‘ng qo‘llarini yelkalari bilan ochiq qo‘ydilar. Buni ko‘rib barcha sahobalar ham shundoq 
qilishib, Rasululloh aytganlaridek, bahodirona yurishib Baytullohni tavof qilishga turdilar. 
Tog‘ boshida qarashib turgan mushriklar musulmonlarning tavof qilishidagi bahodirona 
yurishlarini ko‘rishib, ko‘ngillariga vahima tushdi. Sahobalarni dastlab ko‘rganlarida 
bularni Madina bezgagi qonlarini so‘rib, kuch-quvvatlarini qo‘ymagan, deyishgan edi. 
Baytullohni bu xildagi tavof qilganlarini ko‘rishgach, ul o‘ylaganlari puchga chiqdi. Mana 
shundan boshlab hajga borgan kishilarga Ka’bani birinchi tavof qilishlarida uch marta 
aylanganlaricha bahodirona yurishlari sunnat bo‘lib qoldi. 
Islomning besh asosidan bittasi hajga borishdir. Boy kishilarga umri ichida bir marta haj 
qilish farz bo‘ldi. Boshqalar esa borishga ixtiyorlidurlar. Sharoiti bo‘laturib qudrati yetgan 
kishilar uzrsiz umri ichida haj qilmay qolsalar, Rasulullohning marhamat qilishlaricha, 
unday odamlar islomiyatdan tashqari qolgaylar. Qirq besh yildan beri biz Turkiston 
musulmonlari asorat ostida qolib, o‘z vatanimizda g‘arib bo‘lganligimizdan bu ulug‘ diniy 
vazifamizni bajarolmay kelamiz. Ilm, fan kundan-kunga ko‘tarilib, madaniyat eng o‘sgan 
davr hisoblangan XX asrda inson olamining bir tomoni ongsizlik davrining natijasi 
bo‘lgan mustamlakachilar asoratidan qutilayotgan bo‘lsalar, ikkinchi tomondan onglik 
vahshiylar changali ostida ezilib, qayta boshdin qullik davriga kirmoqdadur. Buning 
sababi, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom aytganlaridek, bu olamning hayoti 
tubsiz dengiz ustida qalqib yurgan kemadagi xalq kabidur. Kema ahllari esa uning qaysi 
qavatida o‘ltirgan bo‘lishiga qaramay, «kemaga tushganlarning joni bir» degandek, 
kemaning qay yeri zararlangan bo‘lsa, uni tuzatib turishlari albatta zarur. 
Agar unday qilmay, har kim o‘zi o‘ltirgan qavatigagina qarab, shunigina nazarga olsalar, 
boshqa qavatlarining buzilib teshilishi bilan ishlari bo‘lmasa, bunday teshilgan kema 
ichida o‘ltirgan kishilar, qaysi qavatida bo‘lishdan qat’i nazar, bir kuni halok bo‘lmasdan 
qolmaydilar. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka shahri ichida 
uch kun turib, xavf-xatarsiz ibodat marosimlarini o‘tkazdilar. O‘tgan yili ko‘rgan tushlari 
ersa to‘g‘ri chiqib, Xudo tarafidan kelgan vahiy ekanligiga gumon qolmadi. 
Bu muddat o‘tgandan keyin shahar tashqarisida turgan Quraysh mushriklari Amr ibn 
Suhaylni yuborib, Makkadan chiqib ketishlarini so‘radilar. Shartnomaga muvofiq 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan shul kuni Makkadan chiqdilar. 
Hazrati Hamzaning Amoma degan sag‘ir qizlari Makkada qolgan edi. Rasululloh 
Makkadan chiqayotganlarini ko‘rib, orqalaridan ergashib yig‘lagani turdi. Hazrati Ali buni 
ko‘rib:
— O‘z amakim qizini mushriklar ichida yetim qoldirib, nechun tashlab ketgayman? — 
dedi va darhol ul qizni ko‘tarib oldi. Kajava ichida o‘ltirgan Payg‘ambarimizning qizlari 
hazrati Fotimaga:
— Ol buni, amakingning qizidur, boqib olgaymiz,— deb topshirdilar. 
Shu bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan chiqqanlaricha sog‘-salomat 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish