Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

G‘ATAFON G‘AZOTI
Bu voqea shundog‘ edikim, G‘atafon qabilasining arablari Du’sur otliq bir kishini o‘zlariga 
rais saylashib, Madinani bosib olmoqchi bo‘ldilar. Bu xabar Rasulullohga yetdi. U 
bosmachilar qo‘zg‘olib, ish ulg‘aymasdin oldini olmoq lozim bo‘ldi. Shuning uchun to‘rt 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
111
yuz ellik kishi bilan alar ustiga tezlikda yurish qildilar. Buni anglashib, dushmanlarga 
qattiq qo‘rqinch tushdi. O‘ltirgan joylaridan turishib, tog‘ boshlariga qochishdilar. Ammo 
Payg‘ambarimiz shu yurganlaricha Zu Amr degan suv ustiga kelib, shu joyda qo‘shin 
qurdilar. Shu kuni qattiq yog‘in bo‘lib, barilarining kiyimi ho‘l bo‘lgan edi. Shu orada 
havo ochilib, kun qizishga boshladi. Rasululloh boshliq hamma askarlar xo‘l kiyimlarini 
yechishib, quritmoqchi bo‘ldilar. Ularni yog‘ochlar (daraxtlar) ustiga osishib, ostida 
salqinlab yotishdilar. Butun askar tarqalib, Rasululloh ham bir daraxt soyasida yolg‘iz 
yotgan edilar. Ustilarida qorovul bo‘lg‘udek odam yo‘q edi. Chunki Allohdin vahiy kelib: 
«Vallohu ya’simuka minannas»: Ya’ni, «Alloh seni kishilarning ziyonidan saqlaydi», 
degan oyat nozil bo‘lgan edi. Shu oyat tushgandin keyin payg‘ambarimiz: «Bundin 
so‘ngra meni ko‘rimoqqa hojat yo‘qdur. Alloh o‘zi saqlamoqqa va’da berdi. Endi bundin 
keyingi kunlarda g‘animlar tomonidan hech qanday ziyon-zahmat ish menga yetmaydi», 
dedilar. 
Bu so‘zni onglashgandin so‘ngra, sahobalar Payg‘ambarimizdan ko‘ngillari tinchib, 
daraxtlar ostiga tarqashib ketgan edilar. Tog‘ boshidan qarab turgan mushriklar raisi 
Du’sur buni ko‘rib, ko‘ngliga shayton kirdi. Rasulullohning yolg‘iz qolganliklaridan 
foydalanib, qasd olmoqchi bo‘ldi. Saqlaguvchi Allohdin xabari yo‘q, yashirin yo‘llar bilan 
yurib, Rasululloh ustilariga keldi, qilich urmoq qasdi bilan qo‘l ko‘targan edi, shu chog‘da 
Rasululloh uyqudin uyg‘onib qoldilar. Qarasalar, bir kishi qo‘lida qilichini yalanglab: «Ey 
Muhammad, endi seni mening qo‘limdan kim qutqara olgay?» dedi. Anda 
Payg‘ambarimiz: «Alloh qutqargay» dedilar. 
Shu bilan oyoq-qo‘li qo‘rqinchlik qaltirab, qilich qo‘lidan tushdi. Darhol Rasululloh qilichni 
qo‘llariga olib: «Endi seni kim qutqara olur?» dedilar. Ul ham «O‘zingdan o‘zga 
qutqaruvchi yo‘qdur», deb kechirim o‘tindi. Rasululloh ham uni afv qildilar. Bunday 
olijanoblikni ko‘rgach, darhol iymon keltirdi. Orqada qolgan qavmlarini dinga dalolat 
qilgach, alar ham dinga kirdilar. Bir zum ilgari qanday qattiq dushmanlikda turgan qora 
yurak kishilar Rasulullohning go‘zal qiliqlarini ko‘rib, ko‘ngillari iymon nuri bilan yoridi. 
Alarning dushmanliklari bir damda do‘stlikka aylandi. 
«Yo muqallibal qulub, sabbit quluvbana ala dinik». Ma’nosi: «Ey bor Xudoyo, dilimizni 
Islom dini uzra turg‘izib, haq yo‘ldin ko‘nglimizni toydirmagil» demakdir. 
Odam bolasi o‘z ixtiyori bilan haq yo‘ldin toymaguncha, Alloh taolo uni haq yo‘ldin 
chiqarmas. Ul Zot, jannat yo‘lini va ham do‘zax yo‘lini bandalariga ko‘rsatdi, bu yo‘llarni 
alarga tanitsin, deb payg‘ambarlar yubordi, alar kelib Alloh amrini bandalariga 
yetkazdilar. Qaysi yo‘lga kirish, qaysi yo‘lga kirmaslik kerak, buning ixtiyorini 
bandalarining o‘zlariga qo‘ydi. Endi banda o‘z ixtiyori bilan jannatga kira oladi va o‘z 
ixtiyori bilan do‘zaxga tushadi. Do‘zaxga tushganlar hech kimdan ko‘rishga haqlari 
yo‘qdur. Endi, agar banda yaxshilikka yotsa Allohga shukr qilsin. Agar yomonlik topsa, 
buni o‘zidan ko‘rsin. Islom dinining e’tiqodi shuldur, So‘zdin so‘z tug‘ilur, o‘quvchilarga 
foydasi bo‘lgay, deb bu haqiqatni yozdim. 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish