Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
10.5. Zaxira kapitali auditi 
Zaxira kapitali, agar ustavda ko‘zda tutilgan bo‘lsa, sof foydani 
zaxira qilish yo‘li bilan xususiy kapitalni to‘ldirib borish uchun tashkil 
etiladi. O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchilikka muvofiq
aksiyadorlik jamiyatlari jamiyat Nizomi bilan belgilangan, lekin Nizom 
kapitalidan 15% kam bo‘lmagan miqdorda zaxira kapitali tashkil etish 
huquqiga ega. 
21-son BHMS ga ko‘ra, «Korxona ta’sis hujjatlariga asosan foyda 
hisobidan shakllantiriladigan zaxira kapitali, mulkni qayta baholashdan 
yuzaga keladigan inflyatsiya rezervlari, pul mablag‘laridan tashqari 


192 
tekinga olingan mulklar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 
quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
8510 - «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»; 
8520 - «Rezerv kapitali»; 
8530 - «Tekinga olingan mulk». 
Auditor zaxira kapitali hisobi bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari 
to‘g‘ri ekanligini tekshirishi lozim. 
Korxona 
Nizom 
kapitalini 
xorijiy 
kapital 
ishtirokida 
shakllantirishda qo‘shilgan kapital deb ko‘rsatiladigan kurs farqi hosil 
bo‘lishi mumkin. 
Nizom kapitaliga ulush sifatida haqiqatda kiritilgan, moddiy 
qiymatliklar, nomoddiy va moliyaviy aktivlarni baholash ularni ta’sis 
hujjatlarida va dastlabki kelishuvlarda baholashdan farq qilishi mumkin. 
Auditor, shuningdek, zaxira kapitali to‘g‘ri tashkil etilganligi va 
to‘ldirilganligi, ya’ni: foydadan ajratmalar hisobiga tashkil etilgan zaxira 
kapitali Nizom kapitalining 15% dan kam emasligi, mol-mulkni (asosiy 
vositalarni) qayta baholashdan hosil bo‘lgan barcha inflyatsiya zaxiralari 
zaxira kapitali ko‘payishiga o‘tkazilganligi, bepul kelib tushgan mol-
mulkning barchasi zaxira kapitalning ko‘payishiga o‘tkazilganligini 
tekshiradi. Tekshirish manbasi bo‘lib korxona Nizomi, O‘zbekiston 
Respublikasi hukumatining qayta baholash to‘g‘risidagi qarori, qayta 
baholash bo‘yicha hisob-kitoblar, mol-mulkni bepul olish to‘g‘risida 
shartnomalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, bildirishnomalar 
(avizo) va boshqalar hisoblanadi. 
Zaxira kapitali ishlab chiqarishni rivojlantirish, korxona faoliyati 
tugatilganda ish haqi va soliqlarni budjetga to‘lash, inflyatsiya bo‘yicha 
zararlarni qoplash, aksiyadorlik jamiyati hay’ati qaroriga muvofiq 
Nizom kapitalini to‘ldirish, qayta baholash summalarini qoplash va
aksiyadorlik jamiyatining boshqa yo‘nalishlari uchun foydalaniladi. 
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarida foyda yo‘qligi yoki u yetarli 
emasligida zaxira kapitali imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni 
to‘lash uchun yo‘llanishi mumkin.
Auditor zaxira kapitali mablag‘lari korxona xodimlariga moddiy 
yordam ko‘rsatishga, mehnatga haq to‘lashga yoki mukofotlar to‘lashga 
ishlatilganligi holatlari bilan to‘qnash kelishi mumkin. Shu bois, auditor 
zaxira kapitali ishlatilishini zaxira kapitali schyotidagi yozuvlarni tahlil 
qilish yo‘li orqali ta’sischilar bilan hisob-kitoblar hisobi va 
taqsimlanmagan 
foyda 
schyotlari 
bilan 
korrespondentlanishini 
sinchkovlik bilan tekshirishi lozim. 


193 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish