37
·
har bir yo‘nalishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ularning
ta’sirini hisoblash va shu omillarni ishning
samaradorligini oshirishga
safarbar qilish;
·
biznes-rejaning bajarilishi natijasida korxonaning moliyaviy
barqarorligini ta’minlanishi, uning iqtisodiy qudratini yaxshilanishi, har
bir xo‘jalik subyektining raqobatbardoshliligini oshirilishi uchun mavjud
ichki va tashqi imkoniyatlarni o‘rganish;
·
moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklardan samarali va oqilona
foydalanganlikka baho berish;
·
korxonaning iqtisodiy va moliyaviy potensialiga, uning to‘lovga
qobiliyatliligiga baho berish hamda bu natijaga tezkor chora-tadbirlarni
qo‘llash yo‘llarini ishlab chiqish;
·
xo‘jalik hisobi tamoyillariga, tijorat hisob-kitoblariga amal
qilishlikni muntazam tekshirib turish;
·
korxonalarda mavjud bo‘lgan samaradorlikni oshirish yo‘lida
ularning imkoniyatlarini aniqlash;
·
korxonaning tijorat sirini saqlagan
holda uning moliyaviy ah-
volini keng jamoatchilikka ko‘rsata bilish va tashqi investorlarni
korxona faoliyatini yaxshilashga jalb etish;
·
korxonani boshqarishning eng qulay va nafli usullarini ishlab
chiqish, ilg‘or g‘oya va tajribalarni o‘rganilayotgan hodisaga qo‘llash
yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib berish, tegishli axborotlar manbayini yetkazib
berish;
·
eng to‘g‘ri va oqilona, kelgusida ish yuritish va korxonalarni
boshqarish bo‘yicha xulosalar berish;
·
korxonalarni rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish
uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosini aniqlash;
·
rejaning bajarilishiga obyektiv baho berish hamda uni bajarishda
korxonalarga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan
omillar va
sabablarni bir-biridan ajratgan holda aniqlash;
·
korxonalarning xo‘jalik faoliyati jarayonida erishishi mumkin
bo‘lgan natijalarni oldindan aniqlash;
·
korxonalarni rivojlantirishga asos bo‘ladigan innovatsion
g‘oyalarni iqtisodiy jihatdan asoslash;
·
korxonaning istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy
ko‘rsatkichlar asosini aniqlash;
·
qabul qilingan boshqaruv qarorlarini maqbulligini o‘rganish
(boshqaruvning iyerarxik tuzilishidagi barcha bosqichlar bo‘yicha).
38
Bozor iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlil»ning vazifasi ushbu
yuqorida ta’kidlangan vazifalar bilan cheklanmaydi.
Bozor sharoitida
korxonalar faoliyati shu darajada serqirraki, tahlil jarayonida uning
hamma jihatlarini o‘rganish lozim bo‘ladi. Shu sababli ham, iqtisodiy
tahlilning vazifasi ham ko‘p qirralidir. Biz
esa shu kabi vazifalarning
ayrimlarini sanab o‘tdik xolos. Ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tahlilning
vazifasi bozor munosabatlari shakllanayotgan bugungi sharoitda ham,
kelajakda ham korxonalar xo‘jalik faoliyatini uzluksiz yaxshilab borishi
uchun iqtisodiy dastak sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: