1.3. Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni
Bozor iqtisodiyoti – bozorning o‘ziga xos qonunlari, funksiyalari va
vazifalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy munosabatlarni alohida
shaklidir. Bu jarayonda bozor munosabatlarining barcha jihatlari,
xususiyatlari amal qiladi.
Bozor subyektlari ya’ni ishlab chiqaruvchilar yoki xaridorlar, mav-
jud tarkib topgan tizimda talab va taklif, pul muomalasi, raqobat, inqiroz
va shu kabi tomonlarga moslashib, o‘z faoliyatini amalga oshirishi shart.
Bu esa ularni mazkur sharoitda yashab qolish yoki rivojlanishini ta’min-
laydi. Aks holda, ular o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erisha olmay bozor
munosabatlarida o‘rinlarini yo‘qotadilar. Demak, korxonalar bozordagi
mavjud holatni va o‘zlaridagi ichki imkoniyatlarni chuqur o‘rganmay
turib faoliyatlarini amalga oshira olmaydilar yoki qo‘yilgan maqsadga
erisha olmaydilar.
Bozor munosabatlarida korxonalar faoliyatini boshlashi yoki davom
ettirishidan oldin, dastavval uning va o‘zining barcha holat hamda
imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishga majbur. Natijada, tavakkalchilikka
asoslangan, lekin ayni paytda ilmiy asosga ega bo‘lgan faoliyat dasturi
ishlab chiqiladi. Dasturga amal qilish esa mablag‘lardan to‘g‘ri va
samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Bozor munosabatlari rivojlanib, tobora takomillashib borishi korxo-
nalarda tahlil qilinadigan, o‘rganiladigan obyektlar sonini ham ko‘pay-
tirib, murakkablashtirib bormoqda. Jumladan, bozordagi infrastruktura
xizmatidan boshlab to korxonadagi ta’minot, ishlab chiqarish, sotish va
boshqa hisob-kitoblar hamda moliyaviy munosabatlargacha, qiymat
yaratilishi va erishilishining barcha bosqichlari va shu kabilar ular uchun
tahlil obyekti bo‘lib qolmoqda, ayniqsa, 2009-yildan boshlangan jahon
28
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi iqtisodiy tahlil ishlarida ham jiddiy kamchi-
liklar mavjudligini va bu borada ko‘plab ishlarni amalga oshirish zarur-
ligini ko‘rsatib berdi.
Ma’lumki, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot o‘zgaruv-
chanlik tavsifiga ega. Korxonalar o‘z faoliyatini har doim uzluksiz uning
talablariga moslashtirib boradi. Bu jarayon korxonada marketing tadqi-
qotlarini ishlab chiqish va unga amal qilishni talab etadi. Demak, tashqi
va ichki muhit ta’siridan kelib chiqqan holda korxonalar o‘z faoliyatini
marketing yo‘nalishida olib borishga majbur. Natija esa, strategiya va
taktikani hamda unga muvofiq keluvchi dasturlar va rejalarni ishlab
chiqishni ta’minlaydi.
Bozor sharoitida ilmiy asosda ishlab chiqilgan biznes-rejalar harakat
uchun qo‘llanmadir. Rejani ilmiy asosda bo‘lishi bevosita iqtisodiy tahlil
ishlari bilan bog‘langandir. Chunki, reja ko‘rsatkichlari bozordagi holat,
o‘tgan yillar tajribasi, belgilangan me’yorlar, yetakchi korxonalar hamda
ichki imkoniyatlar ahvolidan kelib chiqib belgilanadi.
Mazkur tadbir mulk egalari uchun o‘ta muhim hisoblanib, mablag‘-
lardan foydalanishda eng yaxshi deb tanlangan samarali yo‘nalishning
har bir bosqichida amalga oshiriladigan xatti-harakat aniq belgilanib
olinadi. Undan kutiladigan natijalar esa ilmiy asosda hisob-kitob qili-
nadi. Demak, rejalashtirish ishlarining har bir elementi dastavval turli
usullar bilan muqobillik asosida tahlil etiladi. Natijada esa, eng maqbul
faoliyat deb tanlab olingan yo‘nalish uchun mablag‘lardan foydalanish-
da imkon qadar samarali chora-tadbirlar ilmiy asosda ishlab chiqiladi.
Korxonalar ishlab chiqarish va tijorat ishlarini amalga oshira
boshlaganida haqiqiy ma’lumotlar olinib, u reja ko‘rsatkichlari bilan
taqqoslanib ko‘riladi. Bu bilan rejaning naqadar realligiga baho beriladi,
yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy holatlar aniqlanadi hamda qay darajada
imkoniyatlar ko‘zda tutilgani o‘rganiladi. Haqiqiy ma’lumotlar bevosita
bozordagi holat bilan ham bog‘lanadi. Bozordagi o‘zgarishlar va ular-
ning korxona faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’siri tezkorlik bilan tahlil
qilinadi. Shu asosda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi. Demak, bozor
sharoitida iqtisodiy tahlil vositasida barcha jarayonlar aniq faktlar bilan
analitik usulda tahlil qilinib, ularni sintez yo‘li bilan umumlashtirib te-
gishli
qarorlar
qabul
qilinadi hamda korxona faoliyatiga ta’sir o‘tkaziladi.
Iqtisodiy tahlil bozor sharoitida faqatgina haqiqiy holatni o‘rganib
uni ijobiy tomonga o‘zgartirish vazifasini bajaribgina qolmay, balki
uning vositasida korxona faoliyati bilan qiziquvchi tashqi shaxslar uchun
29
ham zarur bo‘lgan ma’lumotlar tayyorlanadi. Bu bilan korxonani moli-
yaviy holati hamda iqtisodiy imkoniyati to‘g‘risida ham to‘la tasavvur
hosil qilinadi. Natijada esa, korxonaga ko‘plab hamkorlar jalb etish
imkoniyati tug‘iladi.
Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub-
yektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va meh-
nat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri
boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi. Ammo, ko‘pgina korxona va
tashkilotlar iqtisodiy mustaqillik hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar
tuzish huquqini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng xo‘jalik yuritishning yangi
sharoitlariga tayyor emasliklari ayon bo‘lib qoldi. Bozor iqtisodiyoti
sohasida boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega bo‘lishning o‘zi
kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, to‘g‘ri xulosalar chiqarish va
ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish
zarur bo‘ladi. Samarali boshqarishda eng muhimi axborot va undan
foydalana bilishdir.
Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri
uni tahlil qilishdir. Tahlil davomida xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda
hamda xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan
foydalaniladi.
Iqtisodiy tahlilning ikki xil yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin:
1. Sanoat korxonalarining xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish.
2. Iqtisodiyot tarmoqlarining boshqa tarmoqlarini tahlil qilish.
Bunda iqtisodiy tumanlar, hududlar va butun iqtisodiyot tarmoqla-
rini tahlil qilish tushuniladi. Shuni aytish kerakki, iqtisodiyot tarmoq-
larini tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o‘rin olmagan
bo‘lib, u siyosiy iqtisod va tarmoqlar
iqtisodiyoti kurslarida o‘rganiladi,
holbuki, korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish iqtisodiy fanlar
qatoridan o‘ziga xos mustaqil o‘rin olgan.
Hozirgi sharoitda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadal-
lashtirishda, iqtisodiyotdagi noqulay yo‘nalishlarni tez bartaraf etishda,
iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta isloh qilishni jadallashtirish
birinchi navbatdagi vazifadir. Iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning
asosiy yo‘nalishlari iqtisodiyotni boshqarish, qayta qurishning mohiyati
va uni amalga oshirish tamoyillari bilan bevosita belgilanadi. Iqtiso-
diyotni boshqarishni tubdan qayta qurishning mohiyati – barcha daraja-
larda, asosan, ma’muriy rahbarlik usullaridan iqtisodiy usullarga, manfa-
atlar orqali boshqarishga, boshqarishni keng demokratiyalashga, inson
30
omilini butun choralar bilan kuchaytirishga o‘tishdir. Hozirgi bosqichda
tub islohotni amalga oshirish bozor iqtisodiyoti afzalliklarini mumkin
qadar to‘laroq ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan yaxlit, samarali va
epchil boshqarish sistemasini vujudga keltirishni taqozo etadi.
Xo‘jalik faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarish ko‘pgina ta’sir
etuvchi omillarga, shartlarga va holatlarga bog‘liq bo‘ladi. Yuqorida
ko‘rsatib o‘tilganidek, korxonalar faoliyatini boshqarishda boshqaruv
funksiyasi asosiy mavqeni egallaydi, shu bilan birga tahlil ham ushbu
funksiyalarning to‘liq faoliyati va darajasi ko‘p jihatdan ularning
uslubiyatiga bog‘liqligi bilan, bundan tashqari boshqaruv obyektida
fanning predmetini o‘z vaqtida aniq tushunishi bilan ajralib turadi.
Bizga ma’lumki, odatda, har qanday fan o‘z predmeti orqali obyek-
tiv borliqning qaysidir tomonlari va qismlarini tushuna oladi. Aynan
bitta obyektni turli xil fanlar o‘zining ixtisoslik tomonlaridan yoki
aloqalaridan kelib chiqib turlicha qarashi mumkin. Ko‘rinib turganidek,
xo‘jalik faoliyati o‘zining mazmuni va strukturasi jihatidan murakkab
obyekt ekanligi bilan ajralib turadi. Shu sababli korxonalarning xo‘jalik
faoliyatini ko‘pgina iqtisodiy fanlar hamda boshqa fanlar o‘rganishi
mumkin. Har bir fan jamiyat, tabiat va idroklash, taraqqiyot haqida
ma’lum bir darajada bilim beradi. Bunday bilim berishda yoki o‘rga-
nishda tabiat va jamiyatni rivojlantirishdagi umumiy qonuniyatlarga,
tamoyillariga amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |