O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti kimyo fakultеti


Bitiruv malakaviy ishining ilmiyligi



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana17.07.2022
Hajmi1,8 Mb.
#816643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Almardanova SH.T

Bitiruv malakaviy ishining ilmiyligi. 
O`rganilayotgan mavzuning ilmiyligi 
propargil o`rnini bosuvchi geterotsiklik aminlarning sintez jarayonlari hozirda 
yetarlicha chuqur o`rganilmaganligi bilan bog`liq. Ularning tuzilishi, kimyoviy 
xossalarini har tomonlama o`rganish, shuningdek, ular orasidan biologik faol 
moddalarni izlash muhim ilmiy va amaliy vazifadir. Ma'lumki, xavfli o'smalarni 
kimyoterapiyada qo'llaniladigan tropolon alkaloidlari guruhining tabiiy birikmalari 
- kolxitsin va kolxamin juda zaharli hisoblanadi. Kolxaminning toksik 
xususiyatlarini kamaytirish uchun uning propargil hosilasi sintez qilish. 
 



I. BOB. KOLXAMINNI PROPARGIL SPIRTI BILAN HOSILASINI 
SINTEZI VA TADQIQOTI.
1.1 Alkaloidlarning umumiy tavsifi 
Markaziy Osiyoda o`suvchi Colchicum turiga kiruvchi o`simliklarda 
tropolon alkaloidlar kolxamin, kolxitsin bilan bir qatorda izoxinolin alkaloidlari 
ham uchraydi. Ushbu turga kiruvchi o`simliklardan alkaloidlarni ajratish va 
ularning tadqiqoti muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ularning tuzilishi va 
fiziologik aktivligini o`rganish nazariy organik kimyoning va tibbiyot 
amaliyotining rivojlanishiga o`z hissasini qo`shadi. Ulardagi alkaloidlarning xilma-
xil tuzilishligi, muhim fiziologik xossalari va ulardan yangi alkaloidlarni izlash 
dolzarbligicha qoladi.
 
Azot saqlagan asos xossasiga ega bo`lgan organik moddalar alkaloidlar deb 
ataladi. Alkaloid so`zining ma’nosi arabcha so`z bo`lib-alkali-ishqor-ishqorsimon 
birikma degan ma’noni bildiradi. Alkaloidlar o`simlik organizmida uchraydi va 
hayvon organizmiga kuchli fiziologik ta’sir ko`rsatadi, asosan asab sistemasiga. 
Ularning ko`pchiligi kuchli zahar, lekin juda kichik dozada ko`pgina alkaloidlar 
juda muhim dorivor preparatlar hisoblanadi. Ularning asos xarakterda ekanligi va 
tuz hosil qilishi XVIIII asrning boshlarida ko`pgina alkaloidlarni individual holda 
ajratib olish imkonini berdi
2
. Morfin Sertyurner, 1806 yilda xinin va kolxitsin 
Pellte va Kavantu 1820 yil, nikotin Bosselt va Reyman 1828 yil, atronin-Meyn 
1831 yil, teobromin 1842 yil Voskresenskiy tomonidan ajratib olindi. Ilgari 
alkaloidlar individual ajratib olingunga qadar o`simliklarning ekstrakti ishlatilgan. 
Juda oldin alkaloid saqlaydigan o`simliklarning soni zahar sifatida 
qo`llanilgan. Masalan strixning alkaloidi nayza uchiga surtilib ishlatilgan. 
Alkaloidlar xilma-xil kimyoviy tuzilishi va fiziologik aktivligi tufayli 
oragnik birikmalarning juda katta sinfini tashkil etadi. Ularning tuzilishini va 
fiziologik aktivligi o`rganish nazariy organik kimyoni va tibbiyot amaliyotiga juda 



katta hissa qo`shdi, ularni hozirgi kunda o`rganish fanga va amaliyotga 
aaaaaayangi natijalar bermoqda. Juda ko`p alkaloidlar XIX asrda individual holda 
ajratildi, lekin ularning tuzilishi XX asrda isbotlandi, hamda ularning sintezi 
alkaloidlar murakkab bo`lganligi tufayli XX asrning ikkinchi yarmida amalga 
oshirildi. 
Alkaloid saqlaydigan o`simliklar asosan bir necha tur oilalar hisoblanadi. 
Lolaguldoshlar, Lolaguldoshlar, murakkabgullilar, oilalar hisoblanadi. Alkaloidlar 
o`simliklarda hamma organlarida uchramaydi. 
Ular o`simlikning aniq bir qismida bo`ladi. Masalan nikotin tamakining 
bargida, xinin-xin daraxtining ildizida uchraydi. Bir turga kiruvchi o`simliklar bir 
necha alkaloidlarni saqlaydi. Alkaloidlar o`simliklarda tuz holida uchraydi. 
O`simliklardan alkaloidlar ajratib olishning bir necha usullari bor. Alkaldoid 
saqlagan o`simliklar yig`ilgandan keyin soya joyda quritiladi va ezib 
maydalangandan keyin ishqor yoki ammiak bilan ishlanadi, keyin erkin alkaloid 
suvli eritmadan efir, xloroform yoki boshqa organik erituvchi bilan ajratib olinadi, 
undan keyin alkaloid kislotali muhit bo`lgan suvli eritmaga o`tkaziladi. Ko`pgina 
alkaloidlar pikrin va fosformolibdat kislotalar kam eruvchan tuzlar hosil qiladi va 
tipin va HgJ

3
bilan cho`ktiriladi. 
Markaziy 
Osiyoda, 
xususan, 
Surxondaryo 
viloyatida 
ushbu 
oila 
o`simliklarining oq va sariq savrinjonlari uchraydi. Ushbu oila o`simliklarining 
alkaloidlarini tuzilishi turli-tumanligi, muhim fiziologik faollikka ega bo`lishi 
hamda yangidan-yangi vakillarining kashf etilishi hozirgi kunda ham ushbu oila 
o`simliklarining mahalliy sharoitlarda o`rganilishi dolzarb vazifalardan biri 
ekanligini ko`rsatadi. Ishning ahamiyatli tomoni Markaziy osiyoda o`sadigan 
dorivor o`simlik bo`lgan kolxikumdan tibbiyot uchun muhim bo`lgan alkaloidlar 
kolxamin va kolxitsinni ajratib olinadi. Biroq bu alkaloidlarning zaharlilik darajasi 
yuqori bo`lgani uchun tibbiyotda kam ishlatiladi. Shuning uchun ushbu 
alkaloidlarning asosida fiziologik faollikka ega bo`lgan, ammo zaharlilik darajasi 
kam bo`lgan hosilalarni sintez qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 



Tabiiy o`simliklardan fiziologik faollikka ega bo`lgan dorivor moddalarni ajratib 
olish va ularning xossalarini o`rganish borasida Respublikamizda amalga 
oshirilayotgan ishlar jahon miqyosida qilinayotgan ishlar orasida o`ziga xos 
muhim o`rinni egallaydi. Ushbu loyihaning muvaffaqiyatli bajarilishi nafaqat 
Respublikamizda, balki butun jahonda echilishini kutib yotgan muammolarni hal 
etishda, shuningdek nazariy ma’lumotlarni boyitishda g`oyatda muhim ahamiyat 
kasb etadi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish