O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti kimyo fakultеti


Colchicum L (Sariq savrinjon) o`simligi alkaloidlarini o`rganish quyidagi  bosqichlarda amalga oshiriladi



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana17.07.2022
Hajmi1,8 Mb.
#816643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Almardanova SH.T

 
Colchicum L (Sariq savrinjon) o`simligi alkaloidlarini o`rganish quyidagi 
bosqichlarda amalga oshiriladi:
 
a) Colchicum L (Sariq savrinjon) o`simligidan ajratilgan alkaloidlar 
oldindan ma’lum bo`lgan alkaloidlar bilan solishtiriladi.
 
b) alkaloidlar yig`masidan gomoproaporfin alkaloidlari individual ravishda 
ajratib olinadi, hamda ularning tuzilishi o`rganiladi.
 
v) alkaloidlar yig`masidan alohida ajratib olingan luteidinning xosilalarini 
sintezi qilinadi, hamda ularning tuzilishi, fiziologik faolligi o`rganiladi.
 
Ajratib olingan alkaloidlar va ular yordamida sintez qilingan hosilalar 
tibbiyotda og`riqsizlantiruvchi va teri saratoni kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
 
Ma’lumki alkaloidlar organik birikmalarning tabiatda uchraydigan, fiziolik 
faollikka ega bo`lgan, to`rtlamchi azot tutgan sinfiga kiradi. Alkaloidlarni tuzilishi 
va modifikasiyasini o`rganish nafaqat organik kimyoning nazariy asoslari 
rivojlanishiga, balki zamonaviy tibbiyotning ham yangi bosqichga ko`tarilishida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun alkaloidlar sinfiga kirgan fiziologik 
faollikka ega bo`lgan moddalarni ajratish, ularni modifikasiyasini o`rganish va 
kam zaharli hosilalalarini sintez qilish yo`nalishidagi ishlar hozirgacha o`z 
ahamiyatini yo`qotmagan. Tabiiy birikmalar orasidan fiziologik faol birikmalarni 
izlash va uni tibbiyotga tadbiq etish global masalalardan biri bo`lib qolmoqda. 
Shuning uchun biz Markaziy Osiyoda o`sadigan Sariq savrinjon (Colchicum L.) 
o`simligining tarkibini o`rganish, o`simlikdan alkaloidlar sinfiga mansub bo`lgan 
birikmalarni ajratish, ajratilgan alkaloidlarni qismlarga ajratish, ularni yakka 
birikma holida identifikasiya qilish va zaharlilik darajasi kam bo`lgan, ammo 


10 
fiziologik faolligini saqlab qoladigan hosilalarini o`rganish maqsad qilib qo`ydik. 
Shu turga mansub bo`lgan o`simliklarning bosh alkaloidlari hisoblangan kolxitsin 
va kolxamin tibbiyotda keng qo`llaniladi. Adabiyotlardan ma’lumki, kolxitsin va 
kolxamin o`ta zaharliligi bilan ajralib turadi. Shu sababli ularning fiziologik 
faolligi nihoyatda yuqori ekanligiga qaramasdan, ularning tibbiyotda qo`llanilishi 
cheklangandir. Ularning ko`pchilik hosilalari fiziologik faolligi jihatidan kolxamin 
va kolxitsindan kam bo`lmagan holda, zaharlilik darajasi ancha pastdir. 
 
Tabiiy o`simliklardan fiziologik faollikka ega bo`lgan dorivor moddalarni 
ajratib olish va ularning xossalarini o`rganish borasida Respublikamizda amalga 
oshirilayotgan ishlar jahon miqyosida qilinayotgan ishlar orasida o`ziga xos 
muhim o`rinni egallaydi. Ushbu loyihaning muvaffaqiyatli bajarilishi nafaqat 
Respublikamizda, balki butun jahonda echilishini kutib yotgan muammolarni hal 
etishda, shuningdek nazariy ma’lumotlarni boyitishda g`oyatda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Odatda, tabiiy o`simliklardan ajratib olingan, fiziologik faollikka ega 
bo`lgan dorivor moddalar yuqori zaharlilik darajasiga ega bo`ladi. Shuning uchun 
ular yordamida fiziologik faolligini yo`qotmagan, zaharlilik darajasi esa nisbatan 
kam bo`lgan yangi hosilalarni olish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri 
hisoblanadi.
 
Alkaloidlar tabiatiga ko`ra neytral, kuchsiz asosli, kuchsiz kislotali bo`ladi. 
Ularning shu xossalariga ko`ra turli xil ekstragentlar yordamida quyida keltirilgan 
fraksiyalarga ajratiladi:

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish