Leksikologiya bilib oling. Leksikologiya


TASVIRIY IFODA − KO‘TARINKI NUTQ VOSITASI



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/64
Sana17.07.2022
Hajmi1,48 Mb.
#815996
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
Bog'liq
LEKSIKOLOGIYA (Namuna)

TASVIRIY IFODA − KO‘TARINKI NUTQ VOSITASI 
 
Bilib oling.
Tasviriy ifoda − narsalar nomining bo‘yoqdor muqobili bo‘lgan birikma. U uslubiy 
chegaralangan, ko‘proq publitsistikaga xos: 1. Yoshlarning aql gimnastikasiga qiziqishlari ortib 
bormoqda(shaxmat yokli matematika). 2. Oltin qanot qushlar uchsin (samolyot). Tasviriy ifoda 
tushunchani bildirishi bilan so‘zga teng, lekin bo‘yoqdorligi bilan farqlanadi. 
Eslatma. 
Bitta predmetga ikki va undan ortiq tasviriy ifoda qo‘llanilishi mumkin: Maqol− so‘z 
ko‘rki, otalar so‘zi, fikr qaymog‘i 
Eslatma. 
Ikki predmetga bitta tasviriy ifoda qo‘llanilishi mumkin: Bahor elchisi− qaldirg‘och, 
boychechak 
Tasviriy ifodaga ham omonimlik xos. 
15.2-mashq. 
Nuqtalar o‘rniga berilgan ifodalarga mos so‘zlar qo‘ying. 
1. Xotira va qadrlash kuni arafasida Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida barpo 
etilgan „Shon-sharaf muzeyi“da birinchi o‘zbek generali – (1) ning o‘n tonnalik haykali qad 
rostladi.
2. Bu kun nafaqat II jahon urushi qatnashchilari, balki − (2) afg‘onchilar holidan ham xabar olindi.
3. Insoniyat tinchligi uchun jonini qurbon qilganlar poyiga kelajak bunyodkorlari (3) −
gulchambarlar qo‘yishdi.
4. Davlatimiz sarhadlarida tinim bilmay sergak turgan tinchlik himoyachilari – (4) va kun-u tun 
halovatimizni ta’minlayotgan osoyishtalik posbonlari – (5) hamisha hurmat-e’tiborga 
loyiqdirlar.
5. Yurtimiz tinch ekan, musaffo osmonda tinchlik elchilari − (6) qanot qoqib uchaveradilar. 
Tavsiya etilgan so‘zlar: Sobir Rahimov(1), baynalmilal jangchilar(2), yoshlar(3), har- 
biylar(4), ichki ishlar xodimlari(5), kabutarlar(6). 
15.3-mashq. Adabiy bilimingizga tayanib, berilgan ifodalarga aniqlang. Ro‘yxatni davom ettirish 
bo‘yicha musobaqalashing. 
1) g‘azal mulkining sultoni→Navoiy 
2) millatni birlikka chorlagan shoir→ Turdi Farog‘iy 
3) o‘zbek romanchiligi maktabining asoschisi→ Qodiriy 
4) o‘zbek she’riyatida vafo va sadoqat timsoli→ Zulfiya 
5) qisqa hikoyalar ustasi→ Abdulla Qahhor 
6) vaqtga haykal qo‘ygan shoir→ G‘afur G‘ulom 
15.5-mashq.
 
Testlarni yeching va javobingizni izohlang. 
I. She’riy parchadagi tasviriy ifodaning sinonimlari berilgan qatorni toping. 
Onaginam! 
O‘zing tortma davralardan el chorlaganda, 
„Tiriklikning bayrami“, deb sozlanganda tor. 


Muallif: Fazliddin O‘taganov 
91 965 55 99 
O‘zing so‘lg‘in lablar bilan pichirlaganday: 
„Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor“. 
H. Xudoyberdiyeva 
A) Volidayi muhtaramam, onajonim, boshimdagi parvonam. 
B)
Fasllar kelinchagi, uyg‘onish fasli, yasharish fasli. 
C) Xalqdan yashirinma, boshqalardan berkinma, panaga chekinma. 
D) Orzu-armonlar, dunyoda bor-yo‘qlar, ajdod-avlodlar. 
II. Gapda ajratib ko‘rsatilgan tasviriy ifodalar qaysi so‘zlarga to‘g‘ri keladi? 
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda tinchlikni saqlash, tabiatni muhofaza qilish 
jamg‘armalariga eng ko‘p xayriya mablag‘i futbol qiroli va „temir musht“ egasi tomonidan amalga 
oshirilgan ekan. (Gazetadan) 
A) Messi, Muhammad Ali. 
B) Maradona, Klichko. 

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish